Vol. 32 (2023):
Miasto Przyszłości +62 811 2928008 .
262
Miasto Przyszłości
Kielce 2023
Impact Factor: 9.2
ISSN-L: 2544-980X
Ekolingvistika – Tilshunoslikda Yangi Soha Sifatida
Suvonova Ruxsora
1
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tilning ekologik masalalariga oid
dastlabki fikr-mulohazalar
bayon etildi. O„zbek tili lingvoekologiyasining tadqiqot manbalari haqida so„z yuritildi. Til sofligini
saqlovchi omillar xususida so„z borgan. Til taraqqiyotini belgilovchi omillar to„g„risida ham to„xtalib
o„tildi.
Kalit so‘zlar:
lingvoekologiya, til ekologiyasi,
lingvistik omillar, ekstralingvistik omillar,
parazit so„zlar.
Jahon tilshunosligida sotsiolingvistika,
psixolingvistika, lingvoekologiya, lingvokulturologiya kabi
yangi yo„nalishlar rivojlanayotgan bir vaqtda bu kabi sohalar har bir tilda o„zining tahlilini kutayotgan
zamonaviy mavzular bo„lib kelmoqda. Bugungi
dunyo tillari, shu jumladan, o„zbek tili taraqqiyotida
ham bu yo„nalishlar yetarlicha tadqiq etilmagan. Hozirgi kunda tillararo chatishuvlar, o„zaro muloqot
jarayonida til me‟yorlarining buzilishi va dunyo tillarining yo„qolib borishi kabi muammolar yuqorida
sanab o„tilgan sohalarning rivoji uchun asos bo„la oladi. Tillardagi ekologik muammolarni hal etish
esa har bir til uchun zaruratga aylanib ulgurdi.
Dunyo tilshunosligida lingvoekologiya termini “til ekologiyasi”, “ekolingvistika”, “lingvistik
ekologiya” hamda “ekologik lingvistika” kabi terminlar bilan bir paytda iste‟molda qo„llanilmoqda.
Ekolingvistikaning rivoji amerikalik tilshunos olim E.Xaugenga borib taqaladi. U 1972-yilda
ekolingvistika masalalariga oid dastlabki fikr-mulohazalarini e‟lon qiladi. Keyinchalik 1990-yilda
M.Xellideyning soha tadqiqiga oid asari chop etiladi va ekolingvistika fanining rivojiga turtki bo„ldi.
2
A.Fill, X.D.Paluanova
3
, N.N.Jabo, L.A.Brusenskaya, E.G.Kulikova kabi olimlar ham til ekologiyasi
haqida atroflicha tadqiqot olib borishgan. Alvin Fill o„zining ekolingvistika muammolariga oid ilmiy
qarashlarini o„z asarida berib o„tadi va uning kirish qismida atama to„g„risida qisqacha ta'riflar
keltiradi. A.Fillning ushbu kitobi butun dunyoda ekolingvistikaning o„sishiga zamin yaratdi.
Ekolingvistika – ekologiya va lingvistika fanlari bilan doimiy aloqada bo„lib,
rivojlanib boruvchi
fandir. “Ekologiya organizmlar va ular bilan atrof-muhit o„rtasidagi o„zaro munosabatlarni
o„rganadigan fan sifatida ham talqin qilinadi”
4
va lingvistika bilan birga tilga bo„lgan munosabatlarni
atroflicha o„rganadi. Tilshunoslik sohasiga birinchi marta “ekologiya” atamasi esa Jon Trim tomonidan
kiritilgan. Ekologiya biologik turlarning bir-biri bilan o„zaro ta‟sir aloqasini o„rgangani kabi, til
ekologiyasi ham tilllarning bir-biri bilan o„zaro ta‟sir aloqasini va ularning boshqa (tillar bilan) tashqi
omillar natijasidagi aloqasini o„rganadi. Tabiatdagi ekologik muammolar inson sog„ligini
yomonlashtirdi. Til ekologiyasi muammolari esa ushbu tilning imkoniyatlariga putur yetkazadi. Shu
jihatlardan
olib qaralganda, ekolingvistika har qanday lingvistik va ekstralingvistik omillardan tilni
saqlashdir. Hozirgi o„zbek adabiy tili taraqqiyotini belgilovchi omillar esa ikki xildir:
1.
Lingvistik (lisoniy) omillar. Bularga muayyan tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatlari -
fonemalar tizimi, lug„at boyligi,
morfema tiplari, so„z yasash modellari, grammatik qurilishi, leksik,
1
Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti
talabasi
2
Qo„ldoshev N.A Ekolingvistika: o„zbek tilida til va nutq sofligining lingvokulturologik tadqiqi: Filol. fan.
bo„yicha falsafa d-ri (PhD) …diss. avtoref. – Farg„ona. 2021. – 6 b.
3
Paluanova X.D. Ekologik terminlarning derivatsion-semantik xususiyatlari (o„zbek, qoraqalpoq, ingliz va rus
tillari misolida): Filol. fan. d-ri …diss. – Toshkent. 2016
4
Ergashev A., Umumiy ekologiya,
Toshkent,2003