Vol. 32 (2023):
Miasto Przyszłości +62 811 2928008 .
263
Miasto Przyszłości
Kielce 2023
grammatik birliklarning semantik va funksional xususiyatlari, ular o„rtasidagi aloqa va munosabatlarni
belgilovchi qoida-qonuniyatlar kiradi. Adabiy til taraqqiyoti, birinchi navbatda, ana shularga tayanadi.
2.
Ekstralingvistik (nolisoniy) omillar. Bularga tildan tashqari mavjud bo„lgan faktorlar kiradi:
ijtimoiy tuzum formalari, tarixiy jarayonlar, xalqlar va millatlar o„rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy
va ma‟rifiy aloqalar, ilm-fan rivoji, ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy tafakkur, inson
ruhiyati, his-tuyg„ulari, til va yozuvga oid qonun va farmonlar shular jumlasidandir.
5
Ekologik lingvistika jahon tilshunosligida yetarli darajada ishlab chiqilgan o„z mexanizmiga ega. Olim
A.Fill bu sohada qo„llanuvchi asosiy terminologik birliklarning quyidagi differentsiatsiyasini taklif
qilgan:
6
1)
ekolingvistika (ekolinguistik – ecolinguistics) lingvistika va ekologiyani birlashtiruvchi ilmiy bilim
sohalari uchun umumiy termin hisoblanadi;
2)
til, tillar ekologiyasi (ekologie der Sprache(n) – ecology of language(s) til nisbati, o„zaro ta‟siri va
o„zaro xarakati (tilni saqlab qolish va uning ko„p xilligini saqlash)ni o„rganadi;
3)
ekologik lingvistika (ekologische linguisik – ecological linguistics) tomonidan tilga ekologik
terminlar va ekologiya tamoyillari (masalan, ekotizm tushunchasi) ekstrapolyatsiya qilinadi;
4)
lingvistik (til) ekologiya (sprachekologie – language ecology, linguistic ecology) tomonidan til va
“ekologik” masalalarning o„zaro aloqasi va bir biriga bog„liqligi tadqiq etiladi.
Jamiyat a‟zolari o„rtasida nutqni buzuvchi ayrim hodisalar bugungi kunda tez ommalashmoqda.
Kishilar nutqida bu kabi “parazit”, varvar, vulgar, jargo hamda agnonimlarning haddan ziyod ko„p
qo„llanishi, til sofligining buzilishiga olib kelmoqda. Til me‟yorlarining buzilishiga jiddiy e‟tibor
qaratilmaslik, shu tilning ham yo„q bo„lishiga indamay qarab turishdek bir gap. Ayniqsa, yoshlar
nutqida qo„llanuvchi til ekologiyasi sofligini buzuvchi so„zlarning ko„payishi, jamiyat hayotining
aynan shu kabi so„zlar bilan to„ldirilishi, nafaqat o„zbek tili, balki, dunyo tillari uchun ham dolzarb va
ahamiyatlidir. Shu sababli ham bugungi kunda ekolingvistika tez sur‟atlarda rivojlanmoqda. Dunyo
tilshunosligida hozirga qadar o„rganilgan til ekologiyasining makroekolingvistika yo„nalishida
glottonaziya, til genotsidi, destruksiya kabi masalalari jiddiy tadqiq etilganini ko„rishimiz mumkin.
Biroq, hali til ekologiyasi bilan bog„liq yechimini kutayotgan muammolarni atroflicha o„rganish,
lingvoekologiya haqida yangicha qarashlarni takomillashtirish davr talabi bo„lib kelmoqda.
Jahon tillari bilan bir qatorda o„zbek tili o„z ichki imkoniyatlarini yanada kengroq tahlil etish, milliy
tilni asrash, tildagi “parazit” so„zlar sonini kamaytirish, tillar chatishuvini oldini olish, tilning sofligiga
putur yetkazuvchi elementlardan tilni tozalash, ona tilimizning tabiiyligini saqlash hamda kelajak
avlodga asl holida yetkazib berish har bir o„zbek tilshunos tadqiqotchilarining vazifasidir. O„zbek tili
tabiatidan kelib chiqqan holda, tildagi milliy va ijtimoiy, shuningdek, til soflik me‟yorlari doirasida
aniqlik va to„g„rilik prinsiplarini o„rganish ham o„z tadqiqini kutayotgan mavzulardandir. O„zbek
tilshunosligida ekolingvistika tadqiqotining amaliy ahamiyatidan biri shuki, o„zbek tili komunikantlari
o„rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tadqiq etishda, til elementlariga, folklor namunalariga, dialektik
birliklarga, xalqona iboralarga ham tayangan holda tilimizdagi me‟yorni saqlashga intilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |