OVOZ XUSUSIYATINI ANIQLASH
Ovoz xarkterini, jamoaga qobiliyati bor-yo‘qligini, ayniqsa, ba’zi bir ovoz
diapazoni hali uncha katta bo‘lmagan xonandalarning ovozini quyidagicha
aniqlash mumkin.
Ma’lumki, har bir ovozda (kuylashni bilmagan kishilarda ham)
zo‘riqmasdan, erkin, to‘liq va tabiiy holda chiqadigan ma’lum tovushlar bor. Mana
shu tovushlar orqali ovoz tembrini, uning ba’zi xususiyatlarini, ya’ni musiqaviy
xotirasini, musiqani eshita bilish qobiliyatini – sluxini aniqlash mumkin. Buni
kuylashga o‘ng‘ay tovushlar – primar tovushlar deb ham yuritiladi. Ovozi uncha
rivojlanmagan yosh bolalar ovozini va eshitish qobiliyatini ham shu tovushlar
orqali aniqlanadi. Keyinchalik ularning ovoz diapazonini kengaytirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |