Vladimir Vladimirovich Putin (rus: Влади́мир Влади́мирович Пу́тин; 7-oktabr, 1952, hozirgi Sankt-Peterburg shahri) — Rossiya davlat arbobi. Rossiya Federatsiyasining ikkinchi va toʻrtinchi Prezidenti, sobiq Rossiya Bosh Vaziridir. U Boris Yelsin qaroriga binoan 1999-yilning 31-dekabridan prezident vazifasini bajaruvchi boʻlib, 2000-yil 7-mayda prezidentlik lavozimiga oʻtirdi. 2004-yili u ikkinchi muhlatga saylandi; 2008-yilning 7-mayida prezidentlik lavozimini Dmitriy Medvedevga boʻshatdi.[4]
Putin 2012-yilgi Rossiya prezidentlik saylovida 64% ovoz yigʻib, uchinchi muhlatga saylandi.[5] U prezidentlik lavozimini 2012-yil 7-mayida egallagan. Forbes jurnali uni Dunyoning eng qudratli kishisi deb baholagan.
Biografiyasi
Sankt-Peterburg universitining yuridik fakultetini tugatgan (1975). Oʻqishni tugatgach, Davlat xavfsizlik organlariga ishga yuborilgan. Germaniya Demokratik Respublikasida ishlagan (1985—90).
1990-yildan Sankt-Peterburg universiteti rektorining yordamchisi,
Sankt-Peterburg shahar kengashi raisi maslahatchisi. SanktPeterburg shahri meriyasida tashqi aloqalar boʻyicha qoʻmita raisi (1991—94), ayni paytda Sankt-Peterburg hukumati raisining birinchi oʻrinbosari (1994—96),
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Ish boshqaruvchisi oʻrinbosari (1996—98),
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti maʼmuriyati rahbari oʻrinbosari — Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Bosh nazorat boshqarmasi boshligʻi (1997—98), Rossiya Federatsiyasi Prezidenti maʼmuriyati rahbarining birinchi oʻrinbosari (1998 yil may — iyul),
Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati direktori (1998 yil iyul — 1999 yil avgust), ayni vaqtda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi kotibi (1999 yil mart — avgust).
Rossiya Federatsiyasi hukumat raisi (1999 yil avg . — 2000 yil may), ayni paytda 1999 yil 31 dekabrdan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi.
2000 yildan 26 martdan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti (2004-yil 14 martda ikkinchi muddatga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti etib saylandi).
2012-yil 7-maydan eʼtiboran yana Rossiya Federatsiyasi Prezidenti.
Shaxsiy hayoti
Oilali. 1983-yil 28-iyul kuni Lyudmila Aleksandrovnaga nikohlangan. Oʻzaro nikohdan ikki farzandi Mariya (1985-yil Sankt-Peterburgda tugʻilgan) va Katerina (1986-yil Drezdenda tugʻilgan) ismli qizlari bor. 6-iyun kuni „Rossiy 24“ telekanaliga intervyu bera turib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning turmush oʻrtogʻi ularning nikohi yakuniga etganini eʼlon qilishdi.[7] Ushbu qadamni izohlab, Vladimir Putin bu „umumiy qaror“ boʻlganini maʼlum qildi. Oʻz navbatida, Lyudmila Putinaning qayd etishicha, soʻnggi vaqtlarda er-xotinlar „deyarli koʻrishishayotgani yoʻq, har birining oʻz hayoti bor“.
Do'stlaringiz bilan baham: |