O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
"BIOLOGIYA" fakulteti
"BIOLOGIYA" yo'nalishi
"osimliklar fiziologik faol moddalar" fanidan
tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu:Vitaminlar haqida tushuncha. Suvda eriydigan vitaminlar metabolizmi va biologik funktsiyalari
Bajardi:4kurs Sirtqi boʻlim talabasi
Erkinova Diyora
Tekshirdi:Tursunova Sh
Toshkent-2022
Mavzu:Vitaminlar haqida tushuncha. Suvda eriydigan vitaminlar metabolizmi va biologik funktsiyalari
Reja:
1. Vitaminlar haqida umumiy tushuncha.
2. Vitaminlarning tasnifi.
3. Organizmda vitaminlar metabolizmi va muvozanatining buzilishi.
4. Suvda eriydigan vitaminlar metabolizmi va biologik funktsiyalari.
5.XULOSA
6.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. Vitaminlar haqida umumiy tushuncha.
Vitaminlar haqidagi talimot vitaminologiya hozirgi vaqtda mustaqil fan tarmogidir. Vaholanki, bundan 100 yil oldin organizmning normal hayot kechirishi uchun oqsil, uglevod va yoglar, mineral moddalar va suvning qabul qilinishini yetarli deb hisoblaganlar. Lekin amaliyot va tajribalarning korsatishicha, organizmning normal rivojlanishi va osishi uchun bu moddalarning ozi yetarli emas ekan. Ovqat tarkibida qandaydir moddalarning yetishmasligi bilan sodir boladigan kasalliklar epidemik xarakterga ega bolgan. XIX asrda singa kasalligidan letal holatlar 70-80% ga yetgan. Ayni shu vaqtda beri-beri kasalligi Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaponiya davlatlarida keng tarqaldi. Yaponiyaning 30% ga yaqin aholisi shu kasallikka chalingan.
Yapon shifokori K.Takaki gosh, sut va yangi sabzavotlarda beri-beri kasalligini oldini oladigan modda bor, degan xulosaga kelgan. Keyinchalik golland shifokori K.Eykman Yava orolida ishlab, u yerning aholisi asosan tozalangan guruch bilan ovqatlangani, tovuqlarga ham tozalangan guruch berilganda odamlardagi kabi beri-beri kasaliga oxshagan turining rivojlanishini korsatib bergan.
K.Eykman tovuqlarni tozalanmagan guruch bilan boqishganda, ularning sogayishini kuzatgan. Bu malumotlar asosida guruch postlogida davolash xususiyatiga ega bolgan nomalum modda bor degan xulosaga kelgan. Haqiqatan ham, guruch postlogida odan organizmidagi normal hayotni taminlaydigan moddalar borligini isbotlab berdi.
Vitaminlar haqidagi talimotning rivojlanishi N.Lunin nomi bilan ham bogliqdir. Olim ovqat tarkibida oqsil, uglevod, yog, tuz va suvdan tashqari hayot uchun zarur bolgan almashtirib bolmaydigan qandaydir nomalum modda bor, degan xulosaga kelgan. K.Funk birinchi bolib kristall holda ajratib olingan beri-beri kasalligi rivojlanishining oldini olgan organik moddani topgan va oz tarkibida aminoguruhlarni saqlagani uchun bu nomalum moddalarni Vitaminlar deb atashni taklif etgan (lat. vita hayot deganidir). Darhaqiqat, vitaminlarning kopchiligi ozining tarkibida aminoguruhlarni saqlamasa ham vitaminlar deb nomlanishi biologiya va tibbiyotda mustahkam saqlanib qolgan.
Vitaminlar shartli ravishda vitaminlar va vitaminsimon moddalarga bolinadi. Vitaminsimon moddalar biologik xossalari bilan vitaminlarga oxshaydi, lekin odatda kop miqdorda talab etiladi. Hamma organizmlar uchun bir birikmaning ozi vitamin bolib hisoblanmaydi. Masalan, askorbin kislotasi odam va dengiz chochqasi uchun vitamin hisoblanadi, chunki ularda sintezlanmaydi, kalamush quyon va itlar uchun esa askorbin kislotasi vitamin hisoblanmaydi, chunki u bu hayvonlarning toqimalarida sintezlanadi.
Odam organizmida ovqat va ichak bakteriyalari vitaminlar manbai hisoblanadi. Ichak bakteriyalari kop vitaminlarni ozlari sintezlaydilar va vitaminlarning organizmga tushishida muhim manba hisoblanadi.
Bazi aminokislotalar, bir nechta yuksak toyinmagan osimlik yog kislotalari (linolat 2 ta, linoleat 3 ta, araxidonat 4 ta qoshbogi bor) odam uchun vitaminlar kabi almashinmaydigan ozuqa komponenti hisoblanadi, ammo organizmda yetarli miqdorda sintez qilinmaydi va ular organizmga tashqaridan kiritilishi kerak. Lekin ularni funktsiyalariga kora vitaminlar qatoriga kiritib bolmaydi. Vitaminlarni bunday moddalardan ajratib turuvchi ikkita xarakterli belgilari bor: 1) ular toqima strukturalari tarkibiga kirmaydilar; 2) energiya manbai sifatida xizmat qilmaydilar.
Boshqa ozuqa moddalaridan farqli ravishda vitaminlar kofermentlarning hosil bolishida ishtirok etadi, ularsiz fermentlar oz funktsiyalarini yoki biokimyoviy jarayonlarning boshqarilishini meyorda bajara olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |