Vitaminla r



Download 314,12 Kb.
bet2/3
Sana06.07.2022
Hajmi314,12 Kb.
#744003
1   2   3
Bog'liq
8 BIOLOGIYA ISHLANMA

3.

Darsning mazmuni:

Suvda va yog'da eruvchi vitaminlar, singa, beri-beri,avitaminoz, raxit, asedoz kabi kasalliklarning kelib chiqishi.





4.

Kutiladigan natijalar.

O'qituvchi faoliyati.

O'quvchi faoliyati.




Mavzuga oid yangi ma'lumotlarni o'quvchilarga yetkazishda yangi texnologiyalardan foydalanish.

Vitaminlarning odam organizmidagi roli haqida muhim ma'lumotlarga ega bo'ladilar.



Darsning texnologik bosqichlari.

N

Darsning bosqichlari.

Vaqt
(minut)

O'qituvchi faoliyati

O'quvchi faoliyati

1.

Tashkiliy qism

3

1) Sinfni darsga tayyorlaydi
2) Salomlashadi
3) Davomatni aniqlaydi
4)Ko'rgazmali qurollarni darsga tayyorlaydi



1) Salomlashadi
2) Darsga tayyorlanadi

2

O'tilgan mavzuni so'rash va xulosalash

15

O'qituvchi o'tilgan mavzuni 3 ta metod yordamida so'rab oladi.
1.Aqliy hujum metodi
2).otiqcha so'zni toping,
3.Tushunchalar tahlili metodi
o'quvchilarning bergan javoblarini xulosalaydi, yakunlaydi va yangi mavzuning nomini aytadi.

O'quvchilar nazorat topshiriqlariga faol qatnashishga harakat qiladilar.Nazorat topshiriqlarini bajaradilar ,natijalari bilan tanishadilar.



3

Yangi mavzuning bayoni

15

Ko'rgazmali og'zaki va suhbat usulida tushuntiriladi
Reja



O'qituvchi ma'ruzasini tinglaydi va kerakli ma'lumotlarni daftarga yozishadi.



4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10

O'qituvchi o'quvchilarga yangi mavzu yuzasidan ozlashtirilgan bilimlarini 2 ta nazorat baxo bilan baxolaydi.
1) jadval bilan ishlash
2)xotira mashq
3.test topshiriqlari

O'quvchilar berilgan nazoratlarni yozadilar va bajaradilar.



5

Darsni yakunlash

2

1) Xulosa qilinadi
2) Uyga vazifa beriladi
3) O'quvchilarni darsda erishgan natijalari izohli e'lon qilinadi.
4)baholash.

1) Yangi mavzu o'qituvchi yordamida xulosalaydi
2) Olgan baxolari bilan tanishadilar
3) Natijalarni kundalik daftarga qo'ydiradilar

3.Bosqich : Otilgan mavzuni so'rash va xulosalash.
1-guruh
Blits savollar .
1.Moddalar almashinuvi deb ninaga aytiladi?
2.Oqsillar nimalardan tuzilgan ?
3. Makroelementlarga misol keltiring?

2-guruh
1.Qaysi jarayon ayniqsa yoshlarning o’sishi va rivojlanishini ta’minlaydi?


2.Sifatli oqsillarga ega mahsulotlarni ayting?
3.Mikroelmentlarga misol keltiring?
3-guruh
1.Moddalarning parchanishi va yemirilishi jarayoniga nima deyiladi?
2.Sifatsiz oqsillar qysi o’simlik mahsulotlari tarkibida uchraydi?
3.Shirinliklar tarkibida qaysi organik moddalar ko’p bo’ladi?
4-guruh
1.Organizmda oddiy kimyoviy moddalardan murakkab kimyoviy moddalar hosil bo’lishiga nima deyiladi?
2.Odam me’yorida ovqat iste’mol qilib , suv ichmasa tana massasining necha foizi kamayguncha yashaydi?
3.Muskullar faoliyati uchun zarur energiya manbai qaysi organik moddalar hisoblanadi?


Y angi mavzu bayoni.


Mavzu:Vitaminlar haqidagi ta’limot – vitaminologiya hozirgi vaqtda mustaqil fan tarmog’idir. Vaholanki, bundan 100 yil oldin organizmning normal hayot kechirishi uchun oqsil, uglevod va yog’lar, mineral moddalar va suvning qabul qilinishini yetarli deb hisoblaganlar.. Lekin amaliyot va tajribalarning ko’rsatishicha, organizmning normal rivojlanishi va o’sishi uchun bu moddalarning o’zi yetarli emas ekan. Ovqat tarkibida qandaydir moddalarning yetishmasligi bilan sodir bo’ladigan kasalliklar epidemik xarakterga ega bo’lgan. XIX asrda singa kasalligidan letal holatlar 70-80% ga yetgan. Ayni shu vaqtda “beri-beri” kasalligi Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaponiya davlatlarida keng tarqaldi. Yaponiyaning 30% ga yaqin aholisi shu kasallikka chalingan. Yapon shifokori K.Takaki go’sh, sut va yangi sabzavotlarda “beri-beri” kasalligini oldini oladigan modda bor, degan xulosaga kelgan. Keyinchalik golland shifokori K.Eykman Yava orolida ishlab, u yerning aholisi asosan tozalangan guruch bilan ovqatlangani, tovuqlarga ham tozalangan guruch berilganda odamlardagi kabi “beri-beri” kasaliga o’xshagan turining rivojlanishini ko’rsatib bergan. K.Eykman tovuqlarni tozalanmagan guruch bilan boqishganda, ularning sog’ayishini kuzatgan. Bu ma’lumotlar asosida guruch po’stlog’ida davolash xususiyatiga ega bo’lgan noma’lum modda bor degan xulosaga kelgan. Haqiqatan ham, guruch po’stlog’ida odan organizmidagi normal hayotni ta’minlaydigan moddalar borligini isbotlab berdi. Vitaminlar haqidagi ta’limotning rivojlanishi N.Lunin nomi bilan ham bog’liqdir. Olim ovqat tarkibida oqsil, uglevod, yog’, tuz va suvdan tashqari hayot uchun zarur bo’lgan almashtirib bo’lmaydigan qandaydir noma’lum modda bor, degan xulosaga kelgan. K.Funk birinchi bo’lib kristall holda ajratib olingan “beri-beri” kasalligi rivojlanishining oldini olgan organik moddani topgan va o’z tarkibida aminoguruhlarni saqlagani uchun bu noma’lum moddalarni “Vitaminlar” deb atashni taklif etgan (lat. vita – hayot deganidir). Darhaqiqat, vitaminlarning ko’pchiligi o’zining tarkibida aminoguruhlarni saqlamasa ham “vitaminlar” deb nomlanishi biologiya va tibbiyotda mustahkam 
Vitaminlar shartli ravishda vitaminlar va vitaminsimon moddalarga bo’linadi. Vitaminsimon moddalar biologik xossalari bilan vitaminlarga o’xshaydi, lekin odatda ko’p miqdorda talab etiladi. Hamma organizmlar uchun bir birikmaning o’zi vitamin bo’lib hisoblanmaydi. Masalan, askorbin kislotasi odam va dengiz cho’chqasi uchun vitamin hisoblanadi, chunki ularda sintezlanmaydi, kalamush quyon va itlar uchun esa askorbin kislotasi vitamin hisoblanmaydi, chunki u bu hayvonlarning to’qimalarida sintezlanadi.
Odam organizmida ovqat va ichak bakteriyalari vitaminlar manbai hisoblanadi. Ichak b akteriyalari ko’p vitaminlarni o’zlari sintezlaydilar va vitaminlarning organizmga tushishida muhim manba hisoblanadi.
Eruvchanligiga qarab yog’da va suvda eriydigan vitaminlar tafovut etiladi.
I. Suvda eruvchan vitaminlar:B1 vitamini – tiamin, antinevrit.B2 vitamini – riboflavin, o’sish vitamini.B6 vitamini – piridoksin, antidermatin, aderminB12 vitamini – kobalamin, antianemik.PP vitamini – niatsin,nikotinamid, antipellagrik.Bc vitamini – folat kislota, antianemikB3 vitamini – pantotenat kislota, ntidermatit. H vitamini – biotin, antiseborrit, bakteriyalar va achitqi o’sish omili.C vitamini – askorbin kislota, apillyarlarni mustahkamlovchi.II. Yog’da eruvchan vitaminlar:A vitamini – retinol, antikseroftalmik.D vitamini – kaltsiferol, antiraxitik.E vitamini – tokoferollar, antisteril, ko’payish vitamini.K vitamini,naftaxinon,antigemorragik.


Download 314,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish