Virusologiya
Virusologiya (viruslar va ...logiya) —
viruslar haqidagi fan, biologiyaning bir
tarmogi. Virusologiya tarixi 1892 yilda
rus olimi D. I. Ivanovskiyning tamakida
mozaika kasalligini vujudga keltiradigan
mikroblarni aniqlashidan boshlanadi.
1893 yilda nemis bakteriologlari F. Leffler
va P. Frosh qoramollarda oqsil (yashchur)
kasalligini, 1901 yilda amerikalik Rid va
boshqa sariq isitmani paydo qiladigan
mikroblarni oddiy bakteriologik filtrdan
oʻtib ketishini aniqlashdi. "Virus"
tushunchasi birinchi marta golland M.
Beyerink (1898) va nemis genetigi E.
Baur (1904) ishlarida uchraydi. 1911 yilda
amerikalik F. T. Rous tovuklarda xavfli
oʻsma paydo qiluvchi virusni topadi.
Bakteriya viruslari (bakteriofaglar)ning
topilishi, vaksina virusini toʻqimalar
kulturasida undirish, virus zarralarini
kumush bilan boʻyash metodlarining
ishlab chiqilishi, tamaki mozaikasi
virusini kristall holida ajratib olib, uning
oqsil tabiatini, virus tarkibiga nuklein
kislota kirishining aniklanishi
Virusologiyaning rivojlanishida katta rol
oʻynadi. 20-asr oʻrtalarida viruslarning
tuzilishi elektron mikroskop yordamida
va rentgenstruktura analizi metodi bilan
tekshirila boshlandi. Virusologiya
tekshirish obʼektiga koʻra qishloq xoʻjaligi,
veterinariya va tibbiyot Virusologiyasiga
boʻlinadi. Virusologiyaning rivojlanishi
molekulyar genetika bilan uzviy bogʻliq.
1952 yil virus DNKsi,1956 yil virus RNKsi,
1955 yil virus zarralarining RNK va
oqsildan oʻz-oʻzidan toʻplanishi hodisasi
aniqlandi,1957 yil viruslar
interferensiyasi, DNK-sintezi kashf etildi.
Zamonaviy Virusologiya umumiy va
maxsus Virusologiya ga boʻlinadi.
Umumiy Virusologiya viruslarning
tuzilishi prinsiplari, koʻpayishi,
xoʻjayinhujayra oʻrtasidagi
munosabatlarning kelib chiqishi,
viruslarning tabiatda tarqalishini
oʻrganadi. Molekulyar Virusologiya
viruslar nuklein kislotalari tuzilishi va
funksiyasini, virus genlarining
ekspressiyasi mexanizmlarini,
organizmning viruslar qoʻzgʻatadigan
kasalliklarga chidamligi tabiati va
viruslarning molekulyar evolyutsiyasini
oʻrganadi. Maxsus Virusologiya odam,
hayvon va oʻsimlik viruslari guruhlarini
tadqiq qiladi.
Oʻzbekistonda Virusologiya sohasidagi
tadqiqotlar 20-asr oʻrtalarida boshlangan.
D. X. Vahobov, A. Yu. Abdukarimova, N. K.
Tursumetova, M. Z. Isamuhamedov,
Virusologiya Mirzahmedov va
boshqaning ishlari gʻalla, gʻoʻza, sabzavot
va boshqa ekinlar viruslarini ajratib olish,
virus kasalliklarini aniqlash va ularga
qarshi kurash choralarini ishlab
chiqishga bagʻishlangan. Soʻnggi yillarda
viruslarni interferon hosil qilish faolligini
oshirish (A. Sayitqulov), gepatit virusi
shtammlari va oqsillarining struktura
hamda funksiyalarini oʻrganish va virusli
kasalliklarning zamonaviy tashhisini
ishlab chiqish (A. M. Ivanova) borasida
bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Oʻsimlik viruslarini oʻrganish sohasidagi
ilmiy tadqiqotlar ishlari Oʻzbekistan fanlar
akademiyasi Mikrobiologiya institutipya,
OʻzMUning biologiya, tuproqshunoslik
fakultetida, tibbiyot Virusologiyasi
sohasidagi ishlar Virusologiya instituti va
tibbiyot oliy oʻquv yurtlari kafedralarida
olib boriladi.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
Adabiyotlar
Soʻnggi tahrir 1 yil avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Virusologiya&oldid=2063722
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |