5. Viruslarni hujayra (to’qima) lar kulturalariga (ekinlariga) yuqtirish Ko’pgina viruslar faqat o’simliklarnigina emas, ulardan ajratib olingan probirkalarda o’stiriladigan hujayralarni ham kasallantiradi. Kallus to’qimalari yoki kallus hujayralari suyuq yoki qattiq oziqa muhitlarida o’stiriladi. Maxsus muxitlarda o’simlik meristemalari kulturalarini olingan bo’lib, ularni hozir virussiz o’stirish ishlarida qo’llaniladi.Ba’zi kallus hujayralari g’ovak to’plamlar hosil qiladi. Tamakining kallus xujayralarini TMV bilan kasallantirish uchun virusni ular bilan gomogenizatorda aralashtirib amalga oshirish mumkin. Bu usulda 50 dan 90% gacha hujayra suspenziyasiga virus yuqtirish mumkin 100 soatdan so’ng bir hujayraga 107 cha virus zarrasi to’g’ri keladi. O’simlik viruslarini yuqtirish uchun bargni fermentlar yordamida matseratsiya qilingan hujayra po’sti saqlangan hujayralar ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda hujayra po’stisiz protoplastlar virus yuqtirishda ishlatilmoqda. Protoplastlarni olish uchun tamaki barg hujayralarini pektinaza va tsellyulaza fermentlari yordamida ishlov berib olish mumkin. Ular o’z xayot faoliyatlarini, bir necha kungacha saqlaydilar. Protoplastlarni poliornitin ishtirokida TMV ni RNK si bilan yoki butun virus bilan xam kasallantirish mumkin, 20 minutdan so’ng bir hujayraga 106 virus zarrasi to’g’ri keladi. Protoplastlarga kartoshkani virusi, bodring mozaikasi virusini va shunga o’xshash bir qancha viruslarni yuqtirilgan.
6. Tomat o’simligi viruslarini diagnostika qilish Tabiatda tomat o’simligida eng ko’p tarqalgan viruslarga quyidagi viruslarni keltirish mumkin: Tamaki mozaikasi virusi Nicotina virus Tomatni zarxallanishi virusi (virus bronzovosti toma tov) –Lycopersicum virus 3 I.Tomatni bepushtliligi virusi (virus aspermii tomatov) Bodring mozaikasi- Cucumus virus. Beda mozaikasi virusi -virus mozaiki lyutsernn Medicago. Bu viruslardan tashqari tomat kartoshkani M, X, U — niruslari bilan kasalanadi. Mvirus odatda latent (yashirin) holatda bo’ladi. Tomatda yana qo’qongulni sariq kasalligi (jeltuxa) virusi uchraydi. Tomatda viruslarni aniqlashni Vlasov(19 ) quyidagi ugulini taklif etadi. TMV ni tashqi simptomlari o’simlikni ko’chatlik davridan to vegetatsiyasining oxirigacha bo’ladi, zarxallanish (bronzovost) va boshqa viruslar simptomlari o’simlikning meva hosil qilish davrida yaxshi kuzatiladi. Kasal o’simliklarni aniv^lab yulib tashlash va kasallikning rivojlanish dinamikasini o’rganish uchun kuzatuvii o’simlik rivojlanishining erta davrlarida boshlagan mn’qul. Issiqxona sharoitida hamma o’simliklar kuzatuvdan ugkaziladi, chunki kuzatuv maydoni ham kichik, ham kasallik kar yer, har yerda uchraydi. Ochiq dala sharoitida kasallangan o’simliklarni shiqlash uchun ikki bir-biri bilan kesishadigan diagonal bo’ylab har tekshiruv namunasi 10 tadan o’simlikda olib ooriladi. Bir gektar maydonda 20 ta namuna tekshiriladi (1 i.shunada 10 ta o’simlik), jami 200 ta o’simlik bo’ladi. Demak 1 ga da ja’mi 200 ta o’simlik kuzatiladi. 3 gektarda 40 namuna, 5 gektarda 60 namuna 10 gektarda 80 namuna va yana 10 gektarga qo’shiladigan ch yuraveradi. Tomatdagi yashirin viruslarni (latent) aniqlash uchun (M., TMV ni) guruxli namunalaridagi virus aniqlanadi. Tomatning 10—15 o’simtasini yuqori, o’rta va quyi yaruslaridagi barglardan bittadan namuna olib ularni aniqlagich usimliklar yordamida yoki serologiya usullari bilan analiz qilib ko’riladi. Agar virus topilsa namunadagi o’simliklar . o’rnini kamaytirib kasal o’simlikni aniqlab olish mumkin