Gepatit В virusi (HBV) - Gepatit В virusi gepadnaviruslar (Hepadnaviridae) oilasiga, kiradi, bu
- oilaga hayvonlar, kemiruvchilara va qushlarda kasallik qo'zg'atuvchi yana
- 3 ta virus ham kiradi. Gepatit virusining zarrachasini 1970-yi li D.Deyn
- bemor najasidan elektron mikroskop yordamida topgan, shu sababli Deyn
- zarrachasi deb nomlangan.
- . Gepatit В ning manbai bemor
- va virus tashib yuruvchilar hisoblanadi. Yer sharida 500 mln. dan ortiq
- virus tashib yuruvchilar bor. Virus, asosan, parenteral yo‘l bilan, yaxshi
- sterillanmagan tibbiyot asboblari (shprits, igna, skalpel tish davolashda
- ishlatiladigan asboblar va boshqalar) hamda jinsiy aloqa orqali yuqadi.
- Odam uchun 0,001 ml plazmayoki qon yuqumli miqdor hisoblanadi. Virus
- odam organizmidagi barcha biologik suyuqliklarda bo'ladi, shuning uchun
- onadan bolaga yo'ldosh orqali, ko‘krak sutidan ham o ‘tadi. Tibbiyot
- xodimlari bu infeksiya bo‘yicha xavfli guruhga kiradi.
- Yashirin davri uzoq, 30 kundan 180 kungacha. Gepatit В virusining
- organizmga kirish darvozalari qon tomirlar bo‘lganligi safcabli, virus
- infeksion jarayonning boshidan qonga tushadi va butun organizmga
- tarqalib, gepatotsit hujayralariga yopishadi. Ammo virus repToduksiyasi
- gepatotsit hujayrasini lizisga olib kelmaydi, ya’ni gepatit В virasi gepatotsit
- hujayrasiga to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri sitopatik ta’sir ko'rsatmaydi. Shuning uchun
- jigardagi asosiy patologik jarayon, virusni gepatotsit hujayrasiga
- kirishidan boshlanmasdan, balki immunotsitlarni hujayraning tashqi
- membranasida virus antigenlarini aniqlash vaqtidan boshlanadi. Shunday
- q ilib, gepatit В virusida gepatotsit hujayralarining zararlanishi
- immunopatologik sabablarga asoslangan.
- Gepatit В patogenlik shakllarining xilma-xilligi (o‘tkir, o'rtacha o‘tkir,
- surunkali, persistensiyalovchi) kasallik qo‘zg‘atuvchi anti genlarining
- gepatotsit hujayralari bilan o ‘zaro ta’sirlashishiga bog‘liq. Natijada bir
- tom ondan, produktiv yoki integrativ infeksiya rivojlansa, ikkinchi
- tomondan immun javob shakli va immunopatologik namoyon bo'lish
- darajasi ro‘y beradi. Masalan, gepatit В kasalligining o ‘tkir shaklida T -
- xelperlar faolligi bostiriladi, surunkali shaklida esa T-s-upressorlar
- jarayoniga jalb qilinadi. T-supressorlar faolligining doirrtiy ravishda
- bostirilishi natijasida autoimmun reaksiyalar rivojlanishiga sharoit
- tug‘iladi, bu reaksiyalar o'zining hujayra antigenlariga va birinchi navbatda
- jigar lipoproteiniga qaratilgan bo‘ladi. T-xelperlari ingibitsdyasi tufayli
- virus antigenlarini aniqlab olish sustlashadi, bu esa oxir-oqibsitda antitelo
- hosil bo‘lishini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |