Virusli gepatit



Download 4,29 Mb.
bet9/42
Sana06.07.2022
Hajmi4,29 Mb.
#746622
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Bog'liq
Pediatriya TT 2

Ma’ruza matni


Mavzu: O’tkir ichak infeksiyalari

1. Dizenteriya ta’rifi, etiologiaysi, belgilari, diagnostikasi;


2. Dizenteriya davosi, hamshiralik parvarishi, profilaktikasi;


3. Salmonellyoz ta’rifi, etiologiaysi, belgilari, diagnostikasi;


4. Salmonellyoz davosi, hamshiralik parvarishi, profilaktikasi;
Dizenteriya

Dizenteriya (ichburug’) asosan ichak distal qismining zararlanisho’i bilan xarakterlanadigan o’tkir yuqumli kasallikdir. Dizenteriya yunoncha diz- buzilish va enteros-ichak degan so’zlardan tashkil topgan bo’lib ichak faoliyatining buzilishi degan ma’noni bildiradi.


Etiologiyasi


Dizenteriya qo’zg’atuvchisi Shigella avlodiga kiradigan bakteriyalar bo’lib, ularning turli olimlar nomi bilan ataladigan turlari mavjud. Masalan: Grigoryev – Shig, Shtutser – Shmits, Lardj – Saks, Fleksner va Zonne bakteriyalari. Bulardan faqat Grigoryev- Shig turi o’zidan ekzotosin, qolganlari esa endotoksinlar ishlab chiqaradi. Dizenteriya bakteriyalari quyosh nuriga, yuqori haroratga va dezinfektsiyalovchi eritmalar ta’siriga chidamsiz bo’ladi. Sovuq harorat ta’siriga esa ancha chidamli bo’lib, oziq – ovqat mahsulotlarida 15- 30 kun, suvda 9 – 10 kun, tuproqda 3 oygacha yashay oladi.

Epidemiologiyasi


Infeksiya manbai bemor odam va bakteriya tashib yuruvchilardir.Bemorlar va bakteriya tashuvchilar shigellalarni axlat bilan birga tashqariga chiqaradi.So’hgra ular har xil yo’llar bilan (suv,oziq-ovqat,sabzavot,idish-tavoq,kiyim-kechak va pashshalar orqali) sog’lom odamga yuqadi. Dizenteriyaga ko’pincha emlanmagan, nimjon, raxit va gipotrofiya bilan kasallangan bolalar chalinadi.
Klinikasi

Kasallikning yashirin davri 1 kundan 7 kungacha davom etishi mumkin (ko’pincha 2-3 kun).Kasallik o’tkir boshlanadi, tana harorati 38-39* gacha ko’tariladi.Bola bezovtalanadi,ishtahasizlik,uyqusining buzilishi kuzatiladi.Bola bosh og’rishi va qorindagi asosan chap yonbosh sohasidagi xurujsimon og’riqqa shikoyat qiladi.Kasallikning boshida najasi suyuq bo’lib, o’z ko’rinishini o’zgartirmaydi.Lekin kasallikning 1- sutkasining oxiri, ko’pincha 2-3 kunlarida najas miqdori kamayib, najas ko’rinishi va najas hidi yo’qoladi.Najas qon laxtalari aralash holda loyqqasimon shilliq bo’lakchalaridan iborat bo’ladi, yani “Rektal tupuk” kuzatiladi.Kasallikning o’tkir davrida dizenteriya uchun tenezmlar – najas qilishdan oldin qorin sohasida og’riq bo’lishi xarakterlidir.Og’riqli istaklar bir vaqtning o’zida orqa chiqaruv sfinkterida va sigmada spazm bo’lishi natijasida yuzaga keladi.Ba’zan istaklar yolg’on (soxta) bo’lishi mumkin – bola tuvakka o’tiradi,kuchanadi,qornida og’riq paydo bo’lganligidan shikoyat qiladi,lekin najas ajralmaydi.Najas qilish vaqtida yolg’on chaqiriqlar va kuchanishlar tez-tez kuzatilishi to’g’ri ichak shilliq qavatining tushishiga olib keladi.Bulardan tashqari bemorni ko’rganimizda teri qoplamalari oqargan,ko’z pastki qovoqlari ko’kimtir rangda,ba’zan burunlab uchburchagida yengil sianoz kuzatiladi. Dizenteriya qanday tarzda o’tishidan qat’iy nazar, ya’ni yengil, o’rta, og’ir va o’ta og’ir turlari bola sog’lig’i uchun juda havfli hisoblanadi.


Hozirgi kunda dizenteriyaning bir necha tasnifi mavjud bo’lib, shulardan klinikada qo’llaniladigani M. G. Danilevich va N. F. Filatov tasnifidir. Bunda yengil, o’rtacha og’ir va og’ir turlari, kasalliklning kechishiga qarab, o’tkir ( 1 – 1,5 oygacha), choziluvchan ( 1,5 – 2 oygacha ) va surunkali xillari (3- 4 oydan ziyod) tafovut qilinadi. Dizenteriyaning yengil turida bemorning umumiy ahvoli unchalik o’zgarmaydi, tana harorati odatdagidek bo’lib, faqat ayrim hollarda 37*- 37,5* C atrofida ko’tarilishi mumkin. Bemorning ichi sutkasiga 5 – 8 martagacha ketadi, axlat bo’tqasimon bo’lib,tarkibida shilliq moddalar kam, qon esa bo’lmaydi.Tenezmlar kuzatilmaydi. Kasallikning o’rtacha og’irlikdagi turida organizmning umumiy zaharlanish alomatlari aniq ko’zga tashlanadi. Tana harorati 38* - 39* C gacha ko’tariladi, bemor qayt qiladi, ishtahasi yo’qoladi, qorin sohasida vaqti - vaqti bilan og’riq paydo bo’ladi (ayniqsa hojatdan oldin ). Bemorning ichi sutkasiga 10- 12 martagacha ketishi kuzatiladi, axlatda shilliq modda va qon bo’ladi.Tenezmlar kuzatiladi.
Dizenteriyaning og’ir turida esa bemor umumiy ahvolining o’ta og’irlashishi, kasallikl umumiy belgilarining ko’zga yaqqol tashlanishi kuzatiladi. Bemor bir necha bor qayt qiladi, tana harorati yuqori holatda ( 39*- 40* C ) bir necha kun saqlanadi, intoksikatsiay belgilari paydo bo’ladi, kuchli toksikoz belgilari, hatto tutqanoq belgilar yuz berishi mumkin. Ichning ketishi to’xtovsiz ( sutkasiga 30-50 martagacha ) tus oladi, axlatda shilliq modda va qon bo’ladi. To’g’ri ichak shilliq qavatining tushishi kuzatiladi.
Bolalarda kuzatiladugan asoratlar:To’g’ri ichakning chiqib qolishi,to’g’ri ichak shilliq qavatida yaralar paydo bo’lishi va kamdan-kam holatlarda yaralarning teshilishi,go’dak bolalarda ensefalitlar,pnevmoniya,stomatitlar,otit va gingivitlar kuzatiladi.
Davosi

Dizenteriya qo’zg’atuvchisi maxsus ta’sir etadigan vositalar sifatida zaharlanishga qarshi ishlatiladigan moddalar bilan bir qatorda ( bolaning yoshiga qarab) monomitsin yoki polimiksin M sulfat va furazalidon kabi dorilar ham qo’llaniladi. Kasallik asoratlar bilan kechgan vaqtda penitsilin preparatlari ( ampitsilin, oksatsilin, ampioks ), shuningdek, sefalosporinlar buyuriladi. Antibiotiklarni uzoq vaqt va va tartibsiz qo’llaganda dizbakterioz yuzaga kelishi mumkinligi nazarda tutib, bu dorilar bilan birgalikda ichish uchun vitaminlar buyuriladi.


Kasallikni davolashda parhezning ahamiyati kattadir. Dizenteriyada parhez bolaning umumiy ahvoli va organizmning zaharlanishi darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Intoksikatsiya juda og’ir bo’gan hollarda bolaga faqat suv, choy, qotgan non, godaklarda sog’ilgan ona suti, kefir beriladi. Agar intoksikatsiya qaytalanib turuvchi qusish bilan birgalikda kechayotgan bo’lsa, sog’ilgan ona suti har ikki soatda 10- 20 ml dan beriladi. Kasallikning 3-4 kunlariga borib ona suti miqdori 30-40 ml gacha yetkaziladi. Qayt qilish to’htagandan keyin 5 kun o’tgach bolani emizish mumkin. Ovqat hazm qilish jarayonlarini yahshilash maqsadida bolaga pankreatin va abomin beriladi.
Dizenteriyaning yengil va o’ratacha og’irlikdagi turlarida ovqat miqdori 20-30 % gacha kamaytiriladi. Taomlar asosan yengil hazm bo’ladigan, yog’siz bo’lishi shart. Keyinchalik beriladigan ovqatlar to’laqonli hamda ular tarkibida yetarli miqdorda oqsillar, vitaminlar (retinol, askorbin kislotasi, riboflavin va b.) bo’lishi lozim. Dizeteriyaning o’tkir davrida yo’qotilgan suyuqliklar o’rnini to’ldirish, shuningdek, tuzlar va ovqat hajmining organizmdagi yetishmovchiligini qoplash maqsadida qora choy, Renger – Lokk, glukoza eritmasi yoki sabzavotlar qaynatmasi tayyorlanadi. Suyuqliklarning birkunlik miqdori 1 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun 180 ml / kg; 1 yoshdan 2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun 100 -200 ml / kg; kattaroq yoshdagi bolalar uchun esa 60 -80 ml / kgni tashkil qiladi. Bu miqdordan 30- 80 % gacha vena qon tomiriga yuborilishi mumkin. Shuningdek, bu godaklarga plazma, gemodez, poliglukin va boshqalar har kg vaznga 10 ml miqdorida yuboriladi. Agar bolaning ahvoli og’ir bo’lsa, kortikosteroid gormonlar – gidrokartizon 3-5 mg / kg yoki prednizolon 1-2 mg /kg 5-8 kun davomida qo’llaniladi, kundalik miqdori shundan so’ng har 1-3 kunda 30 % ga kamaytirib boriladi. Gipertermiyaga qarshi 50 % li analgin eritmasi ( bolaning har bir yoshiga 0,1- 0,2 ml dan ) tavsiya etiladi. Dizenteriyani davolashda vitaminlar, fermentlardan tashqari biopreparatlari, ya’ni bifidumbakterin, laktobakterin, bifikol, kolibakterin kabi preparatlar ham tayinlanadi ( disbakterioz oldini olish maqsadida).

Suvsizlanish belgilarini aniqlash va oral regidratasiya o’tkazish


Eksikoz-organizmning suvsizlanishi bo’lib, tez-tez ich ketishi va ketma-ket qayt qilishi natijasida kelib chiqadi. Toksikoz-organizmning zaharlanishi bo’lib, bakteriyalarning toksinlari qonga tushib,qon orqali organ va sistemalarga, markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishidan kelib chiqadi.
Eksikozda tana massasining yo’qotilgan suyuqlik hajmi natijasida kamayishiga qarab 3 ta darajaga bo’linadi.
Eksikozning I darajasida (engil) – tana vazni 5% gacha kamayadi, bola besaranjom bo’lib, chanqash, shilliq pardalarning quruqlashishi kuzatiladi.
Eksikozning II darajasida (o’rta og’ir) – tana vazni 5-10% gacha kamayadi.Badan terisi, shilliq pardalari, ko’z skleralari quruq bo’lib qoladi, katta liqildoq ichiga tortib turadi, akrosianoz, oyoq-qo’llarning sovuq qotishi,to’qimalar turgori pasayib, yurak tonlari bo’g’iqroq eshitiladi, taxikardiya paydo bo’ladi,arterial bosim pasayib ketadi, diurez kamayadi.
Eksikozning III darajasida ( og’ir) – tana vazni 10-15% gacha kamayadi.Terisi, shilliq qavatlari, ko’z shox pardasi ancha quruqlashadi, ovozi bo’g’ilib chiqmay qolishi ham mumkin, qo’l-oyoqlari muzdek bo’lib turadi.Bolada holsizlik, harakatsizlik, hansirash, ba’zan esa gipertermiya, bezovtalik, talvasa, teri mramorligi, sianoz, turgorining tezda pasayishi,oligo yoki anuriya kuzatiladi. Arterial bosimning pasayib ketishi natijasida gipovolemik shok rivojlanadi.
Eksikozni davolashda bolaning yoshi va eksikozning darajasiga qarab suyuqliklar yuboriladi.

Suvsizlanish
darajasi



Sutka davomida yuboriladigan suyuqlik miqdori ml/kg

Bolaning yoshi

1 yoshgacha

1-5 yosh

6 – 10 yosh

Yuborish usuli

I – darajali e-z
(ehgil)
5% gacha

130 - 170



100 - 125



75 - 100


peroral


II– darajali e-z
(o’rta og’ir)
5-10% gacha

175-200


130 - 170



100


60% peroral
40% vena ichi

III-darajali e-z
(og’ir)
10-15% gacha

200-220



170


130


20% peroral
80% vena ichi

Profilaktikasi


Dizenteriyani oldini olishda, huddi boshqa yuqumli ichak kasalliklaridagi kabi sanitariya – gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur. Kasallarni o’z vaqtida aniqlash va ularni sog’lomlardan ajratish, ular bilan muloqotda bo’lgan bolalar ustidan nazorat o’rnatilishi lozim. Bolalarning axlatiga e’tibor beriladi va kuzatuv natijalarini maxsus daftarga yozib boriladi. Agar bolalar jamoasida yana kasallanish hollari kuzatilsa, barcha bolalar bir yo’la bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Yengil turdagi dizenteriya bilan og’rigan bolalarni uy sharoitida ham davolasa bo’ladi. O’rtacha og’irlikdagi va og’ir turdagi dizenteriya bilan og’riganlar esa, albatta shifoxonaga yotishlari shart. Bemor kasalxonadan chiqishidan oldin bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi, agar bu tekshiruvning natijasi salbiy bo’lsagina, uyga javob beriladi. Dizenteriysni boshdan kechirgan, lekin bakteriologik tekshiruv natijasi salbiy bo’lgan bemorlar kasallik belgilari butunlay yo’qolgandan so’ng oradan 3 kun o’tgach kasalxonadan chiqariladi. Bu kasallikni boshdan kechirgan bolalar butunlay tuzalib ketganlaridan so’ng, hech qanday bakteriologik tekshiruvlarsiz bolalar jamoalariga qabul qilinadi, lekin ularni nazorat qilib turish kerak. Yuqumli ichak kasalliklarining oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, sanitariya –gigiyena tartiblarini joriy qilish, ota- onalar, butun aholi o’rtasida sanitariya - targ’ibot ishlarini uzluksiz olib borishlari zarur.

Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish