Viruslar va ularning tuzilishi, tarqalishi, ko’payishi


Bakteriyalar - (Bacteriophyta) bo’limi



Download 5,81 Mb.
bet2/4
Sana06.02.2023
Hajmi5,81 Mb.
#908332
1   2   3   4
Bog'liq
Viruslar va Bakteriyalarning tuzilishi, tarqalishi va ko’k–yashil suv o’tlar

Bakteriyalar - (Bacteriophyta) bo’limi.

Bakteriyalar Yer sharidagi sodda tuzilgan eng qadimgi va oddiy ko`z bilan ko`rib bo`lmaydigan organizmlar hisoblanib, hujayrasida mag`iz rosmana shakllanmaganligi va ko`payishda oddiy bo`linish yo`li bilan borishi xarakterlidir, jinsiy ko`payish uchramaydi. Ularning ko`pchiligida plastidalar bo`lmaydi, shuning uchun ular geterotrof oziqlanadi. Hujayra po`sti ham murein degan moddadan tashkil topgan. Bakteriyalar bir hujayrali, ba’zan ipsimon yoki shoxlangan, koloniyali organizmlar bo`lib, ularning shakli jihatidan 3 guruhga ajraladi, masalan:


Sharsimon – koqklar.
Tayoqchasimon – batsillalar.
Buralgan – vibrionlar, spirillalar.





Bakteriyalarning morfologik xususiyatlari



Mikroorganizmlarning asosiy shakllari
.
1- koqk; 2- diploqoqk; 3- sarsina; 4-streptoqoqk; 5- stafeloqoqk koloniya shakllari; 6- tayoqchasimon bakterii(bir hujayrali va sepochka kletoq); 7- spirilla; 8- vibrion; 9- bakteriyalarni yopiq va ochiq shakli; 10- bakteriyalarni o’sishi va rivojlanishi; 11- bakteriya chereveobraznoy formi; 12- bakteriyani yulduzcha ko’rinishidagi hujayrasi; 13- aktinomitset; 1- miksobakteriyaning mevatanasi; 15- bakteriyalarni butun tana bo’ylab xivchin hosil qilgan turi Caryophanon; 16- sianobakteriyalarda sporlari; 8, 15, 17,18- bakteriya xivchinlarini joylashishi; 19- bakteriya kapsulasi; 20 –Sphaerotilus, 21- bakteriya, obrazuyushaya shipi; 22- Gallionella sp.
Koqklar yakka, ko`pincha ikkitadan – diploqoqk, to`rttadan – tetrakoqk, zanjirsimon – streptoqoqklar, uzum boshiga o`xshash – stafilakoqk yoki paketsimon ko`rinishdagi – sartsinalar kabi holatlarda uchraydi. Odatda bakteriyalar tayoqchasimon shaklda bo`lib, ularga tugunak bakteriyalarni misol qilib kursatish mumkin.



Bakteriyani tuzilishi
Tayoqchasimon bakteriyalarning ba’zi turlari faol harakatlanish xususiyatiga ega. Harakatlanish noziq va ingichka xivchinlar yordamida sodir bo`ladi. Buralgan bakteriyalarga vibrionlar, spirillalar va spiroxetalar kiradi.
Ko`rinishi vergulsimon buralgan bakteriyalar vibrion, buqilishi 2 martta qaytarilgan bo`lsa spirillalar, juda ingichka bo`lib, chekkasining bir necha martta buqilishi bo`lsa spiroxetalar deb ataladi.
Bakteriya asosan oddiy bo`linish yo`li bilan ko`payadi, ya’ni sharoit qulay bo`lsa bakteriyalar hujayrasi 20-30 daqiqada bo`linib turadi. Nazariy hisoblash bo`yicha uzunligi 2 mkm eni 1 mkm bo`lgan bakteriya hujayrasi har 30 daqiqada bo`linish natijasida 1 sutkada 636 mln. hujayralar hosil qiladi. Ushbu hujayralarning uzunligi 33 metrgacha yetadi. Sharoit o`zgarmasa ana shu hujayralar 3 kundan so`ng hosil qilgan hujayralari bilan Yer shari ekvatori bo`ylab 14 martta aylantirib chiqishi mumkin.
Bakteriyalarning ko`pchiligi suv, ozuqa moddalari yetishmasa va boshqa noqulay sharoitda spora hosil qilish xususiyatiga ega. Sporalar tashqi omillar ta’siriga ancha chidamli bo`lib, bir necha yilgacha o`z hayotini saqlab qoladi. Ular asosan shamol, suv yordamida tarqaladi. Shuning uchun ham suv, tuproq, ozuqa mahsulotlari, turar joylarda bakteriyalar ko`p uchraydi. Shuningdek, bakteriyalarning erkin kislorodsiz muhitda yashovchi- aerob va kislorodsiz-anaerob muhitda yashovchi turlari ajratiladi.
Bakteriyalar tabiatda va inson hayotida juda muhim rol o`ynaydi. Ularning foydali va zararli tomonlari bor. Foydali tomonlariga organik moddalarning parchalanishi va chirishi, achish jarayonlari kiradi. Turli achish jarayonlaridan amalda sut mahsulotlarining tayyorlashda, bodring va karamlarni tuzlashda, yem-xashak o`simliklaridan silos bostirishda foydalaniladi. Shuningdek spirt va sirkalar olishda, tolalarni ajratib olishda bakteriyalarning turlaridan foydalaniladi.
Avtotrof bakteriyalar organik moddalarni to`plash xususiyatiga ega. Buning uchun ular quyosh energiyasi yoki kimyoviy energiyadan foydalanadi. Ba’zi turlari tuproqda yashagan holda erkin azotni o`zlashtira oladi. Tugunak bakteriyalar yiliga 200 kg gacha azot to`playdi. Bakteriyalar faoliyati natijasida tabiatda azotning aylanishi amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda bakteriyalar ko`pincha biologik faol moddalarni (antibiotiklar, aminoqislotalar, vitaminlar va boshqalarni) tayyorlashda juda katta ahamiyatga ega. Basillus thuringiensis o`simlik zararkunandalariga qarshi kurashda foydalanilmoqda.
Zararli tomonlariga odamlarda va hayvonlarda turli xavfli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi va tarqatuvchi parazit bakteriyalarni va saprofit bakteriyalarni ko`rsatish mumkin.

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish