VIRTUAL VA BULUTLI TEXNOLOGIYALARNI XUSUSIYATLARI, BELGILARI, IMKONIYATLARI PhD., Abdullayeva O.S (Namangan muhandislik qurilish instituti) magistr Otabayeva S.Sh (Namangan muhandislik qurilish instituti) (Ilmiy –amaliy tadqiqotlar, innovatsiyalar, texnika va texnologiya sohasidagi yutuqlar sho’basi. Tel: 998916007225)
Biz tobora kuchliroq va resurslarga boy dasturlardan foydalanmoqdamiz, ular ishlashi uchun tobora ko'proq va kuchli uskunalarni talab qiladi. Biz katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlashga majburmiz va bu ma'lumotlarni biron bir joyda saqlash kerak. Bulut esa bizga ma’lumotlarimizni saqlash uchun joy ajratib beradi. Hozirgi kunga kelib bulutli texnologiyalar kundalik hayotimizni bir qismiga aylanib qoldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Masalan telegramda birorta ma’lumotni qiziqarli deb hisoblasak, o’zimiz uchun bulutga saqlab qo’ysak bo’ladi.
Hоzirgi vаqtdа kаttа bulutli hisоblаsh tехnоlоgiyаlаri mа‘lumоtlаrni qаytа ishlаsh mаrkаzlаridа jоylаshgаn mingdаn оrtiq sеrvеrlаrdаn ibоrаt. Ulаr bir vаqtdа milliоnlаb fоydаlаnuvchi tоmоnidаn ishlаtilаyоtgаn bir nеchа о‘n ming ilоvаlаrni mаnbаlаr bilаn tа‘minlаydi. Kоrхоnаlаr uchun хususiy ЕRР, CRM vа bоshqа sеrvеrlаrni hаrid qilish vа qо‘shimchа qurilmаlаrni sоzlаsh judа qimmаt turаdi, bundаy hоlаtdа bulut tехnоlоgiyаlаri kоrхоnаlаr uchun qulаy vоsitа hisоblаnаdi. Bulutlar har qanday ommabopligi, soddaligi va ko'pincha bepul foydalanish haqida gapiradi. Ayniqsa Oliy ta’lim tizimida elektronlashtirilgan Hemis platformasi, Xalq ta’limi tizimida Kundalik platformasi joriy qilindi.
HEMIS axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi. Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini oʻtaydi hamda oliy taʼlim muassasalaridan olinadigan turli xil maʼlumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qogʻoz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi.
Kundalik axborot tizimi xalq taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va o’quvchilarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi. Xalq taʼlim muassasalaridan olinadigan turli xil maʼlumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qogʻoz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi. Bu platformani xar bir muassasa uchun yagona admini tayinlanadi. Admin muassasa uchun xodimlarni, talabalarni, o’quvchilarni va xatto ota onalarini kiritadi. Shundan so’ng o’quv soatlarini, bayram kunlarini va ta’til kunlarini kiritib chiqadi va dars jadvalini yaratadi har bir o’qituvchini bog’lab chiqadi. O’qituvchi, talaba, o’quvchilar hamda ota-onalari uchun alohida parol va loginni beradi. O’z shaxsiy kabineti orqali o’qituvchilar dars reja va topshiriqlarni berib, har kunlik baholab boriladi. O’sha ular uchun jurnal xisoblanadi, talaba va o’quvchilar bunda baholarini kuzatib boradi, qancha dars soat qoldirgani, qaysi fandan bahoni o’zlashtirmaganini kuzatib boradi. Huddi shunday ota-onalar ham o’z f arzandlarini o’zining login paroli orqali ko’rib,kuzatib borishi mumkin. (1 shakl)
Virtual va bulutli texnologiyalarni xususiyat va imkoniyatlarini Hemis va Kundalik platformasi orqali tanishdik.Bulutli muhitda boshqarish juda muhim sifatdir. An'anaviy tizimlar bilan taqqoslaganda, bulutli muhitda yuqori darajadagi boshqaruvga erishish uchta omil bilan murakkablashadi: cheklangan odamlarning aralashuvi, ish yuklari oralig'ida sezilarli o'zgarish va umumiy infratuzilmaning xilma-xilligi. Ko'pgina hollarda, dasturchilarga bulutli xizmatlarga asoslangan dasturlarni yaratishda yordam beradigan ma'lumotlar bazasi yoki tizim ma'murlari bo'lmaydi; platformalarni boshqarish asosan avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Tizimlarni doimo aralash kontekstda yuklash bilan qiyoslash qiyin, chunki bu kontekstda muqarrar ravishda yuzaga keladi. Vaqt o'tishi bilan bir xil iste'molchining ish yuki sezilarli darajada o'zgarishi mumkin: bulutli xizmatlarning elastik taqdim etilishi ushbu xizmatlarni qisqa vaqt ichida odatdagidan ancha ko'proq resurslarga ehtiyoj sezadigan foydalanuvchilar uchun iqtisodiy jihatdan qulay qiladi. Bundan tashqari, xizmatlarni sozlash qobiliyati birgalikda infratuzilmani "virtualizatsiya" usuliga bog'liq. Bu ko'p darajali resurslarni boshqarish uchun an'anaviy rollar va majburiyatlarni qayta ko'rib chiqishni talab qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlisga murojaatnomasi. “Namangan haqiqati” gazetasi. 2020 yil 30 dekabr,102(19411)