Virtual qabul



Download 14,53 Kb.
Sana29.05.2022
Hajmi14,53 Kb.
#615334
Bog'liq
hhhhhyyyyyy


VIRTUAL QABUL

TuzilmaTa`limYangilik Faoliyat Hujjatlar QabulTalaba Bo`glanishuz

Rahimjonova Durdona Sobirovna-Tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Home Event Event details

Sanasi


29 yanvar 2017 yil

Kiritdi


Mavzu: Tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja: Kirish I bob. Tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari I.1. Tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning pedagogik muammo sifatida I.2. Pedagogik texnologiyalarning ta`lim jarayonida qo`llashning imkoniyatlari I bob yuzasidan xulosa II bob. Tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari II.1. Pedagogik texnologiyalardan foydalanishning metod va vositalari II.2. Tarbiyachilarning mashg`ulot jarayoniga pedagogik texnologiyalarni qo`llay olish qobiliyati II bob yuzasidan xulosa III bob. Tarbiyachialarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo`yicha tajriba-sinov ishlari metodikasi III.1. Tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo`yicha tajriba-sinov metodikasining mazmuni III. 2. Tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo`yicha tajriba-sinov natijalari tahlili III bob yuzasidan xulosa Umumiy xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Ilova Glossariy Kirish Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro`-e`tibori avvalombor farzandlarimizning unib-o`sib, ulg`ayib, qanday inson bo`lib hayotga kirib borishiga bog`liqdir. Biz bunday o`tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak . Kadrlar tayyorlash milliy modelida oily ta`lim maxsus o`rin egallaydi hamda uzluksiz ta`lim tizimining mustaqil turi hisoblanadi. Oliy ta`limning maqsadi respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy rivojini ta`minlashga, o`zi tanlagan mutaxassislik bo`yicha bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil ishlashga layoqatli, yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iborat. Davlat ta`lim standartlari asosida raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi. Bo`lajak kadrlarda chuqur va mustahkam bilimlarni shakllantirish, milliy istiqlol g`oyalariga saoqatni, Vatanga muhabbatni, bu yo`ldagi fidoyilikni tarbiyalashni davom ettirish ham oily ta`lim asosiy vazifalaridandir. Hozirgi kunda ta`lim sohasida yetuk salohiyatli va yuksak ma`naviyatli kadrlarni tayyorlashda kasbiy madaniyatga ega bo`lgan mutaxassislarni yetishib chiqishi jamiyat istiqbolini yuksaltirishning negizi hisoblanadi. Shuning uchun ham tarbiyachi-pedagoglarda kasbiy madaniyatni shakllantirish jamiyatning, millatning ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi qudratli kuch, inson va jamiyat rivojlanishining negizi sifatida O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh omili hisoblanadi. Kasbiy madaniyatli mutaxassislarni tayyorlash iqtisodiy-ijtimoiy hayot tizimining shakllanishi, o`zgarishi yoki inqirozga yuz tutishiga kuchli ta`sir ko`rsatadi. Uning rivojlanib borishi natijasida jamiyat ravnaq topadi. Chunki, kasbiy madaniyatga ega bo`lgan mutaxassislar jamiyat va millat ravnaqining boy poydevori sanaladi. Mustaqil O`zbekistonda kasbiy madaniyatli kadrlarni tayyorlashga kuchli e`tibor berilishining boisi ham ana shunda. Kasbiy madaniyatni shakllantirish – bu har bir kadrning ichki kasbiy, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini kujassamlashtirish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo`lida xizmat qilish, O`zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning qadriyatlari, tili, madaniyati, diniy e`tiqodi, urf-odat va an`analarini hurmat qilish demakdir. “Ta`lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ta`lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, unga ilg`or pedagogik texnologiyalarni joriy etish zarurligi qayta-qayta ta`kidlanadi. Chunki mamlakatimiz tez sur`atlar biln taraqqiy etib, jahon hamjamiyatida iqtisodiy-siyosiy mavqeyi kundan-kun ortib bormoqda. Lekin ijtimoiy sohada, ayniqsa, ta`lim-tarbiyada umumiy taraqqiyotdan orqada qolish hollari sezilmoqda. Ta`lim-tarbiya jaryonini texnologiyalashtirish bilan bunday holga barxam berish mumkin. Pedagogik texnologiya – bu ta`lim samarasini oshirishga xizmat qiladigan muhim ta`lim vositalaridan hisoblanadi. Pedagogik texnologiyalarning turi ko`p, ammo ulardan foydalanishning o`z o`rni va vaqti bo`ladi. Ularning har birini tuzilishiga qarab ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bugungi kunda ta`lim muassasalarining o`quv-tarbiyaviy jarayonda pedagogik texnologiyalardan foydalanishiga alohida e`tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilar: Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta`limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da rivojlantiruvchi ta`limni amalga oshirish masalasiga alohida e`tibor qaratilgan. Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o`quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi. Uchunchidan, pedagogik texnologiya pedagogni ta`lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo`lgan texnologik zanjirni oldindan loyixalashtirib olishga undaydi. To`rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo`llashga asoslanganligi sababli ularning qo`llanilishi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablarini amalga oshirishni ta`minlaydi. Pedagogik texnologiyaning asosiy negizi – pedagoglarning belgilangan maqsaddan kafolatlangan holda natijaga hamkorlikda erisha olishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog`liq. O`quv-tarbiya jarayonida pedagogik jarayonni to`g`ri tashkil etilishi pedagogning bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslaxatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa tinglovchilardan ko`p mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab qiladi. Har qanday pedagogik texnologiyalarning o`quv-tarbiya jarayonida qo`llanilishi shaxsiy jihatdan kelib chiqqan holda tinglovchini kim o`qitayotganligi va pedagog kimni o`qitayotganiga bog`liq. Pedagogik texnologiya asosida o`tkazilgan mashg`ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolarga o`z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini oshirib, ularni fikrlashga, o`z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Hozirgi kunda sodir bo`layotgan innovatsion jarayonlarda ta`lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o`zlashtirish va o`zlashtirgan bilimlarni o`zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslarga aylanadi. Shuning uchun ham ta`lim muassasalarinin o`quv-tarbiyaviy jarayonidazamonaviy o`qitish uslublarini – interfaol uslublar, pedagogik texnologiyalarning o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta`limda qo`llanilishiga oid bilimlar, tajriba talaba yoki o`quvchilarning bilimli va yetuk malakaga egaligini ta`minlaydi. Tadqiqotning maqsadi: Tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning metodik ish tizimini ishlab chiqish. Tadqiqotning vazifalari: 1. Tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariya va amaliyotdagi holatini о`rganish. 2. Tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishga ta`sir etuvchi omillar va pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash. 3. Tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning mazmunini ishlab chiqish 4. Tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish jarayonining darajasini belgilovchi mezonlarni ishlab chiqish. 5. Tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishga oid amaliy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Mavzuning o`rganilganlik darajasi: Kishilik tarixi taraqqiyotidan yaxshi ma`lumki, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanib hamda keng ko`lamga ega bo`lib borishi bilan birga yosh avlod ta`limi va tarbiyasini tashkil etish, bu borada yuqori natijalarni qo`lga kiritishga alohida e`tibor qaratilgan. Yosh avlod kamolotini ta`minlashda muhim rol o`ynovchi subyektlar sirasida o`qituvchi va uning roli behad qadrlangan. Asrlar davomida o`qituvchi shaxsiga nisbatan alohida hurmat ko`rsatilib qolmasdan, o`z navbatida uning ma`naviy-axloqiy sifatlarga ega bo`lishi yuqori baholangan va unga yuksak talablar qo`yilgan. Ana shunday talablar mohiyati ilk yozma manbaa sanalauvchi “Avesto”, Islom dinining muqaddas manbaalaridan biri bo`lgan “Hadis”, shuningdek, ulug` mutafakkirlar – Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa`diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat bva boshqalar tomonidan yaratilgan asarlar mazmunida ham o`z ifodasini topgan. Shaxs, uning kamoloti hamda ma`naviy-axloqiy qiyofasi borasida yaratilgan asarlarda ilgari surilgan qarashlar bevosita o`qituvchi sahxsi va uning qiyofasi mohiyatini ham yoritishga xizmat qiladi. Bu borada U.Mahkamov, O.Musurmonova, S.Nishonova, J.Tulenov, F.Shayxova, E.Yusupovlar tomonidan yaratilgan asarlar alohida ahamiyat kasb etadi. A.Aliyev, X.Abdukarimov, A.A.Verbitskiy, V.K.D`yachenko, B.R.Jo`rayeva, S.M.Markova, V.S.Merlin, L.M.Mitina, V.A.Slastenin, N.E.Kurkova, D.O.Himmatilliyev va boshqalarning ishlarida uzluksiz pedagogik ta`lim tizimida o`qituvchi shaxsini kasbiy shakllantirish, o`quv-tarbiya jarayonida kasbiy madaniyatni milliy qadriyatlar asosida shakllantirish, pedagogik turkum fanlarini o`qitish jarayonida bo`lajak o`qituvchilarning pedagogik madaniytini tarbiyalash, shuningdek, pedagogik mahoratni qaror toptirish masalalari yoritilgan bo`lsa, M.Yu.Mahkamova, B.X.Rahimov, E.I.Passov va T.Qudratovlar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarida bo`lajak o`qituvchilarda muloqot va nutq madaniyatini shakllantirish borasida so`z yuritiladi. Maktabgacha tarbiya pedagogik bilim yurtlarida o`qituvchilarning kasbiy yo`nalganligini shakllantirish masalasi K.S.Shodiyeva tomonidan tadqiq etilgan. Ta`lim muassasalarining faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish jarayonining muvaffaqiyatini ta`minlovchi pedagogik texnologiyalar o`z navbatida o`qituvchilar, shu jumladan, bo`lajak o`qituvchiarning ham kasbiy malakalarini oshirish, ularda yuksak insoniy sifatlarni tarbiyalashning muhim omili sifatida e`tirof etilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 y.) ni amalga oshirishning ikkinchi bosqichida ``o`quv-tarbiyaviy jarayonni ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlashning muhimligi`` alohida qayd qilingan. Shuning uchun ham mamlakatimiz o`quv yurtlarida pedagogik texnologiyaga qiziqish ortib unga turlicha qarashlar va bu tushunchani o`ziga xos talqin qilishlar, shuningdek, pedagogik texnologiyani o`quv jarayoniga joriy etishga ham turlicha yondashuvlar sodir bo`lmoqda. T.S. Nazarovaning qayd etishicha, pedagogik texnologiya 70-yillarning boshlarida AQSHda yuzaga kelgan bo`lib, uning asoschilari taniqli olimlar B.Blum, D.Kratvol, N.Gronlund, J.Kerrol, Dj.Kerrolla, Dj.Blok, L.Anderson va boshqalardir. Respublikamizning taniqli olimlari R.X.Jo`rayev, U. N.Nishonaliyev, N.S.Sayidaxmedov, B.L.Farberman, Rossiya pedagog-olimlari, V. P. Bespalko, V.S.Bezrukova, M.V.Klarin va boshqa olimlar: M.J.Aristanov va J.S.Haydarov o`z ilmiy tadqiqotlarida ``pedagogik texnologiya`` tushunchasining mohiyatini va ahamiyatini ochib berishga munosib hissa qo`shganlar. V.P. Bespalko, “Pedagogik texnologiya – bu o`qituvchi mahoratiga bog`liq bo`lmagan holda pedagogik muvafaqqiyatni kafolatlay oladigan o`quvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir”, - deb ta`rif bergan. Rossiya olimlaridan V.M. Monaxov: “Pedagogik texnologiya – avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo`lgan tartibli amallar tizimidir”, degan qisqacha ta`rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e`tiborni qaratadi. “Pedagogik texnologiya – o`quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turg`unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining subyektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi”, deydi. M.V. Klarin fikricha, “Pedagogik texnologiya – o`quv jarayoniga texnologik yondoshgan holda, oldindan belgilab olingan maqsad ko`rsatkichlaridan kelib chiqib, o`quv jarayonini loyihalashdir”. Nurali Saydahmedov va Abdurahmon Ochilovlarning fikricha, “Pedagogik texnologiya – bu o`qituvchi (tarbiyachi)ning o`qitish (tarbiya) vositalari yordamida o`quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta`sir ko`rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ulardan oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensive shakllantirish jarayonidir”. O`. Topilovning fikricha, “Pedagogik texnologiya – vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan hamda kutilgan natijaga erishishni ta`minlovchi pedagogik jarayonlarning barcha bosqichi va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizim”. Yapon pedagog olimi T. Sakomoto bergan ta`rifni keltiramiz: “Pedagogik texnologiya – bu majmuli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir majmuga keltirishdir”. Birlashgan Millatlar tashkilotining nufuzli idoralaridan YUNESKOning ta`rifi bo`yicha, “Pedagogik texnologiya - bu bilim berish va uni egallashda texnika va inson resurslarini o`zaro uzviy bog`liq holda ko`rib, butun ta`lim jarayonini loyihalashda va amalda qo`llashda majmuiy yondashuv tamoyilidan foydalanishdir”. Pedagogik texnologiyaning yuqorida qayd etilgan xususiyatlaridan va majmular nazariyasining qonuniyatlaridan kelib chiqib, unga quyidagi kengaytirilgan ta`rifni beramiz. Mavjud manbalar mazmuning tahlili shuni ko`rsatatdiki, ularning aksariyatida mutaxassislarni kasbiy tayyorlashda muammolar borligi va ularni hal qilish muhim vazifalardan ekanligi ko`rinib turibdi. Maktabgacha ta`lim muassasalarida tarbiyachilarni kasbiy madaniyatini shakllantirish yuzasidan olib borilgan ishlar yetarli darajada asoslanmagan. Shu nuqtai nazardan, bo`lajak tarbiyachilarning yetuk mutaxassis sifatida kasbiy madaniyatini namoyon eta olishlariga erishish davr talabidir. Shu bilan birga, tarbiyachilarning kasbiy madaniyatini shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning mohiyati, zarurati shu kungacha yoritilmagan. Mazkur talab mohiyatidan kelib chiqqan holda tadqiqot muammosi sifatida “Tarbiyachilarni kasbiy madaniyatini shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish” deb nomladik. Tadqiqot obyekti: Tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish jarayoni. Tadqiqot predmeti: Tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish mazmuni, shakl, metod va vositalari. Tadqiqotning nazariy asoslari: О`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, О`zbekiston Respublikasining “Ta`lim tо`g`risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Prezident I.A.Karimovning qobiliyatli yoshlarni izlab topish va ularni qо`llab-quvvatlash tо`g`risidagi yondashuvi, Sharq mutafakkirlarning kasbiy madaniyatni rivojlantiris va uni shaxsda namoyon bo`lish borasidagi qarashlari. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning metodik ish tizimi ishlab chiqiladi, omillar aniqlanadi, mezonlar ishlab chiqiladi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo`yicha yaratilgan modeldan. Pedagogika institutlarining ``Maktabgacha ta`lim`` yo`nalishi talabalarida va Respublika, shahar o`qituvchilar malakasini oshirish kurslarida kasbiy madaniyati shakllantirishda amaliy jihatdan foydalanish mumkin. Tadqiqotning ilmiy farazi: Tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishda muvaffaqiyatga erishish mumkin, agarda: maktabgacha ta`lim muassasasida pedagogik texnologiyalardan foydalanish uchun ma`um shart-sharoitlar yaratilsa; tarbiyachilar kasbiy madaniyatini oshirishda respublika uzluksiz ta`lim tizimida qo`lga kiritilayotgantajribalar o`rganilib, umumlashtirilsa; tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi shakl, metod va vositalar belgilansa; tarbiyachilar kasbiy madaniyatini oshirishga oid turli metodik tavsiyalar ishlab chiqilsa va amaliyotga tatbiq etilsa. Magistrlik dissertatsiyaning strukturaviy tuzilishi. Dissertatsiya kirish, III bob, 6 paragraf, har bir bob yuzasidan xulosalar, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar rо`yxati, ilovalar hamda glossariydan iborat. Ilmiy rahbar: p.f.n., dotsent N.N.Djamilova Magistrant: D.S.Rahimjonova

Bizni ijtimoy tarmoqlarda kuzating


BARCHA YANGILIKLAR

OMMAVIY TADBIRLAR YIG`ILISHLAR UCHRASHUVLAR MATBUOT KONFERENCIYALARI SEMINARLAR DAVRA SUHBATLARI RASMIY TASHRIFLAR BRIFINGLAR E`LONLAR TALABALAR UCHUN PROFESSOR-O`QITUVCHIGA AMALIYOT BO`YICHA E`LONLAR VA YANGILIKLAR XALQ TA`LIMI YANGILIKLARI KORONAVIRUSDAN SAQLANING XALQARO UCHRASHUVLAR

TA`LIM VA TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI (MAKTABGACHA TA`LIM)

Rahimjonova Durdona Sobirovna-Tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishРахматуллаева Дилафруз Асқаровна-``Мактабгача таълим муассасасида 6-7 ёшли болаларни мактабга тайёргарлик мониторингини ташкил этиш``

SO`NGI XABARLAR

Iqtidorli yoshlar uchun imkoniyat: Prezident granti — abituriyentlikdan to magistraturagacha!

2022-05-07

SHARAF LENTALARI TARQATILDI

2022-05-07

Qozog'iston Respublikasi Abay nomidagi KazMPU tomonidan Pedagogika yo‘nalishi talabalari o'rtasida Tabiiy fanlar bo‘yicha II Xalqaro olimpiada o‘tkazildi

2022-05-06

SHARAF LENTALARI TARQATILDI

3


0

7 may 2022 yil

Qozog'iston Respublikasi Abay nomidagi KazMPU tomonidan Pedagogika yo‘nalishi talabalari o'rtasida Tabiiy fanlar bo‘yicha II Xalqaro olimpiada o‘tkazildi

6


0

6 may 2022 yil

Iqtidorli yoshlar uchun imkoniyat: Prezident granti — abituriyentlikdan to magistraturagacha!

4


0

7 may 2022 yil

SHARAF LENTALARI TARQATILDI

3


0

7 may 2022 yil

Qozog'iston Respublikasi Abay nomidagi KazMPU tomonidan Pedagogika yo‘nalishi talabalari o'rtasida Tabiiy fanlar bo‘yicha II Xalqaro olimpiada o‘tkazildi

6


0

6 may 2022 yil

Iqtidorli yoshlar uchun imkoniyat: Prezident granti — abituriyentlikdan to magistraturagacha!

4


0

7 may 2022 yil

SHARAF LENTALARI TARQATILDI

3


0

7 may 2022 yil

Ona kitob o‘qisagina bolasi ham o‘qiydi

8


0

5 may 2022 yil

Abdulla Avloniy nomidagi maxsus stipendiya bo‘yicha e’lon

0

5 may 2022 yil



Muloqot madaniyatini rivojlantirish bo'yicha psixologik trening o'tkazildi

4


0

6 may 2022 yil

Ona kitob o‘qisagina bolasi ham o‘qiydi

8


0

5 may 2022 yil

Abdulla Avloniy nomidagi maxsus stipendiya bo‘yicha e’lon

0

5 may 2022 yil



Muloqot madaniyatini rivojlantirish bo'yicha psixologik trening o'tkazildi

4


0

6 may 2022 yil

Ona kitob o‘qisagina bolasi ham o‘qiydi

8


0

5 may 2022 yil

CALL MARKAZ:(+998) 71 202 44 21

UNIVERSITET HAQIDA

Bizning ta`lim dargohimiz oddiy institutdan tayanch universitet darajasigacha bo`lgan, salkam 80 yillik sharafli yo`lni bosib o`tdi.

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.

Mo`ljal: Chilonzor metro bekati, Avtobuslar: 99, 131, 34, 116, 78, 18, 86, 128A

+998 71 202 44 21

info@tdpu.uz

Sayt xaritasi

Biz bilan bog`laning

FOYDALI HAVOLALAR



Hukumat portaliO`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 14,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish