9- sinfda Ona tili fanidan o’tkazilgan onlayn darslar bo’yicha yozilgan tezislar.
№
Sana
Fan
Mavzu
Tezislar
Uyga vazifa
1
2-aprel. 2020-yil
Ona tili
Muhokama matni
Mavzu: Muhokama matni Muhokama matni yuzasidan tushuncha berishdan avval , matn turlari xususida to`xtalib o`tildi. Mavzu haqida o`quvchilarga tushuncha va bilim berildi,shuningdek,darslikda keltirilgan topshiriqdagi matn asosida tushuntirildi. Matn Alibek Rustamovning “So`z haqida so`z” kitobidan olingan. Matnda keltirilgan ayrim so`zlar izohi aytib o`tildi. M: shab - tun; ro`zi shab - kun-u tun; dehqon – forschada yer egasi. Kitobda berilgan qoida o`quvchilarga tushuntirildi. Muayyan voqea-hodisa yoki narsa, shaxs haqida muhokama yuritish, mulohaza bildirish maqsadida tuzilgan matn muhokama matni sanaladi. Muhokama matni ko`proq ilmiy asarlarda, shuningdek, badiiy, so`zlashuv va boshqa nutq shakllarida qo`llanadi.Darslikdagi 212-214-mashqlar o`z shartiga muvofiq bajarildi. Uyga vazifa 215-mashq berildi. Alisher Navoiyning “Oldiga qo`yganni yemoq hayvonning ishi, Og`ziga kelganni demoq – nodonning ishi” hikmati ustida o`ylab matn tuzish.
215- mashq
2
6-aprel.2020-yil
Ona tili
Matn turlari
Mavzu: So`roq va undov belgilarining qo`llanishi. O`qituvchi bolalarning fanga bo’lgan qiziqishini oshirish maqsadida badiiy bo’yoqdor so’zlardan, ta’sirchan fikrlardan foydalanishga harakat qildi. So’roq belgisining nimalarga o’xshatilishi haqida qiziqarli ma’lumotlarni aytib o’tdi. Turli misollar keltirish orqali har ikkala tinish belgisining ishlatilishini tushuntirib o’tdi. Darslikda mavjud bo’lmagan ma’lumot, ya’ni so’roq va undov belgisining gap ichida qavsga olib berilshi orqali qanday ma’no ifodalanishini tushuntirib o’tdi.Uyga vazifa:234-mashq. Behzod Fazliddinning berilgan fikriga munosabat bildiring va matn tuzing. Unda so’roq va undov belgilaridan foydalaning.