Ma’muriy huquq» atamasi arabcha «ma’muriy» – boshqaruv,
lotincha «administratio» so‘zidan olingan bo‘lib, «boshqaruv huquqi»
ma’nosini anglatadi. Shu sababli, fanning mazmun-mohiyatini ochib
berishdan avval, «boshqaruv», «davlat boshqaruvi» tushunchalarini anglab
olish lozim.
Boshqaruv davlat paydo bo‘lmasdan oldin vujudga kelgan bo‘lib,
kimni, nimani yoki qandaydir faoliyatni «yo‘naltirish, unga rahbarlik
qilish» ma’nosini anglatadi.
Boshqaruv mazmunini ochib beruvchi «tizim» tushunchasi esa
quyidagi xususiyatlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi:
a) boshqaruvning maqsadi va vazifalari;
b) boshqaruv subyekti va obyekti;
d) boshqaruv funksiyalari;
e) boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi;
f) tizim elementlarining yagonaligi, mustaqilligi va o‘zaro aloqasi;
g) faoliyatning ma’lum bir shakl va uslublari.
Boshqaruv to‘g‘risida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
1) boshqaruv – turli xil (biologik, texnik, ijtimoiy) tashkil etilgan
tizimning funksiyasi bo‘lib, uning yaxlitligini ta’minlaydi, ya’ni tizim
oldida turgan vazifalarning amalga oshirilishiga erishiladi, uning tuzilmasi
va faoliyatining o‘rnatilgan tartibi saqlab turiladi;
2) boshqaruv u yoki bu tizim elementlarining o‘zaro munosabatlari
manfaatiga xizmat qiladi;
3) boshqaruv yaxlit tizimning ichki sifatini tashkil etadi, uning asosiy
elementlari bo‘lib esa, o‘zini o‘zi tashkil etish (boshqarish)ga asoslanuvchi
va doimiy munosabatda bo‘luvchi subyekt (boshqaruvchi element) va
obyekt (boshqariluvchi element) hisoblanadi;
4) boshqaruv nafaqat tizimni tashkil etuvchi elementlarning o‘zaro
ichki munosabatini, balki mavjud turli xil iyerarxik darajadagi tizimlarning
xususiyatiga ko‘ra ham ichki, ham tashqi boshqaruv funksiyalarini amalga
oshirishni nazarda tutadi;
5) boshqaruv o‘z mohiyatiga ko‘ra subyektning obyektga nisbatan
boshqaruvchilik ta’sirini anglatib, tizimni tartibga solish va faoliyatini
ta’minlash uning mazmunini tashkil etadi. Boshqaruv – maqsadga muvofiq
tartibga solingan ta’sir etish bo‘lib, subyekt va obyekt o‘rtasidagi munosa-
batda qo‘llaniladi hamda subyekt tomonidan bevosita amalga oshiriladi;
6) boshqaruv obyektining subyektga, ya’ni boshqariluvchi elementning
boshqaruvchi elementga bo‘ysunganida mavjud bo‘lishi mumkin.
Huquqshunos olimlar boshqaruvning ikki turini ko‘rsatib o‘tadi:
– jamiyatni boshqarish (ijtimoiy boshqaruv) – ijtimoiy hayotga yoki
uning bir qancha yoxud ayrim sohalariga ta’sir etish, ijtimoiy ishlarni
boshqarish;
– davlatni boshqarish – davlat hayotini uning olib borayotgan
siyosatiga moslashtirish maqsadida davlat yoki uning institutlarining
maqsadga muvofiq ta’sir etishidir.
Davlat boshqaruvi – ommaviy ehtiyoj va manfaatlarni anglash, ularni
baholash va tarkibiy qismlarga ajratish, aniq maqsadlar qo‘yish, ma’lum
bir qarorlar ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash
uchun mavjuddir. Shu sababli, davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga
oshirishning ijtimoiy mexanizmi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hodisa-
larning, ya’ni «ehtiyoj – manfaat – maqsad – qaror – harakat – natija»-
ning yagona zanjiri sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat boshqaruvi tushunchasiga turlicha yondashish mumkin. Ko‘p
hollarda davlat boshqaruvi qonun chiqarish va odil sudlov faoliyati
doirasidan tashqarida bo‘lgan davlat va davlat-hokimiyat subyektlarining
faoliyati sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat boshqaruvi murakkab, harakatchan tizimga ega bo‘lib, uning
har bir elementi ijtimoiy hayotni tartibga solishga ta’sir ko‘rsatadi. Yuridik
adabiyotlarda davlat boshqaruvining tizimlilik xususiyatiga alohida e’tibor
beriladi. Chunki, bu faoliyatga boshqaruv aktlarini qabul qiluvchi va amal-
ga oshiruvchi boshqaruvchilar (davlat xizmatchilari va mansabdor shaxs-
lar), shuningdek, fuqarolar hamda moliyaviy, tashkiliy va moddiy resurslar
jalb qilingan. Davlat boshqaruvining tizimliligi belgilangan maqsad va
vazifalarga erishish hamda boshqaruv funksiyalarini samarali amalga oshi-
rishni ta’minlaydi. Davlat boshqaruviga berilgan barcha ta’riflarda uning
asosiy mazmuni davlatning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga
qaratilgan maqsadga muvofiq amaliy ta’sir etishi ko‘rsatib o‘tilgan.
8
Davlat boshqaruvining mazmun-mohiyatini yoritib berishda uning
quyidagi xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish lozim:
1) davlat boshqaruvi – ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirishga
qaratilgan hamda qonun chiqarish va odil sudlov faoliyatidan shakli,
uslublari va mazmuniga ko‘ra ajralib turadigan alohida faoliyat turi hisob-
lanadi. Davlat boshqaruvi – bu qonunlar va boshqa normativ (qonunosti)
hujjatlarni qo‘llash bo‘yicha olib boriladigan ijrochilik va farmoyish berish
faoliyatidir;
2) davlat boshqaruvi – huquqni qo‘llash bilan bir vaqtda ma’muriy
huquq ijodkorligi (huquq o‘rnatish) faoliyatini amalga oshiradi. Davlat
boshqaruvi organlarining huquq ijodkorligi shunda namoyon bo‘ladiki,
ular vakolatlari doirasida boshqa huquq subyektlari (boshqaruv obyekti)
uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalarini ishlab chiqadilar va
tasdiqlaydilar, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar,
ma’muriy yurisdiksiyaviy (huquqni himoya qilish) faoliyatni yuritadilar;
3) davlat boshqaruvi – qonunlarni ijro etish, shuningdek, fuqarolar-
ning huquq va erkinliklarini himoya qilish zarurati vujudga kelgan hamma
joyda amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi davlat va jamiyat hayotining
muhim sohalari – xo‘jalik-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va ma’muriy-
siyosiy sohalarda amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi nafaqat davlatga
qarashli bo‘lgan obyektlarni, balki nodavlat notijorat va boshqa
tashkilotlarni ham qamrab oladi (bunda davlat boshqaruvi tartibga solish
va kontrol-nazorat faoliyati sifatida namoyon bo‘ladi);
4) davlat boshqaruvi – bu ijro etuvchi hokimiyat faoliyatining obyek-
tiv qonuniyatlariga asoslangan va davlat manfaatlari, fuqarolar huquqlari
va erkinliklarini, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan
doimiy va rejali faoliyatdir. Davlat boshqaruvi jarayonida davlat vazifalari
va funksiyalari amalga oshiriladi;
5) davlat boshqaruvi – davlat tomonidan tuziladigan va yagona davlat
boshqaruvi organlari tizimini tashkil etadigan ijro etuvchi hokimiyat
organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat nomidan va davlat ko‘rsat-
masiga binoan, harakat qiladigan ushbu organlar xususiyatiga ko‘ra davlat-
hokimiyat vakolatiga ega bo‘ladi va shu vakolat doirasida faoliyat yuritadi;
6) davlat boshqaruvi – qonuniylik prinsipiga amal qiladi, ya’ni ijro
etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati qonunlar va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarga asoslanadi. Boshqaruv faoliyati davlat organlari tomo-
nidan faqatgina ularga berilgan vakolat doirasidagina amalga oshiriladi;
7) davlat boshqaruvi – vertikal (subordinatsiyaviy, iyerarxik) hamda
gorizontal aloqalar va munosabatlar asosida tashkil etiladi. Boshqaruv
Do'stlaringiz bilan baham: |