Atmosferaning ifloslanishi deganda – uning tarkibidagi tabiiy holda mavjud bo’lgan gazlar muvozanatining tabiiy va sun’iy omillar natijasida vujudga kelgan har xil gazlar, qattiq zarrachalar, chanlar, radiaktiv changlar, suv bug’lari va boshqalar ta’sirida buzilishini hamda sifatining o’zgarishini tushunamiz. Atmosferada gazsimon moddalardan tashqari shakli, kattaligi, kimyoviy tarkibi va fizik xossalariga ko’ra bir – birdan farq qiluvchi mayda zarrachalar – aerozollar (tutun, chang, to’zon va b.) mavjud. Agregat holatiga ko’ra atmosferani ifloslovchi birikmalarni 4 guruhga bo’lish mumkin : qattiq, suyuq, gazsimon va aralash birikmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |