Vikipediya, ochiq ensiklopediya Oʻzbek Adabiyoti •Milodiy VII asrgacha



Download 260 Kb.
bet1/2
Sana16.10.2019
Hajmi260 Kb.
#23616
  1   2
Bog'liq
Avesto


Avesto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya Oʻzbek Adabiyoti

•Milodiy VII asrgacha

•VIII-XIII asrlar (Qadimgi)


•XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)

•XVI-XIX asrlar (Mumtoz)


•XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)

•1905-30 yillar (Jadid davri)

•1930-80 yillar (Sovet davri)

•1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)


Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi

«Avesto» — jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik eʼtiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.

«Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqiz hoʻkiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan.
«Avesto» toʻrt qismdan iborat:

Yasna («Diniy marosimlar»),

Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin),

Visparad («Barcha ilohlar haqidagi kitob»),

Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»).

Yasna tarkibiga kirgan madhlar «Gatlar» (ayrim manbalarda «gohlar») deb nomlanib, ularni Zardustning oʻzi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Ertoʻnga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi.


«Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining eʼtiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud.
Oʻzbekistonda «Avesto»ni oʻrganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida «Avesto» taʼlimotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qoʻlyozma va bosma nusxalari O`R FA ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Hozirgi oʻzbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Is’hoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari eʼtiborli.
Oʻzbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bogʻ barpo qilindi, asarning oʻzbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.

Nashr qilingan adabiyotlar

Avesto. Oʻzbekcha tarjima (Asqar Mahkam tarj.)-T.:2001.

«Avesto»dan (tarj. M. Ishoqov). Oʻzbek tili va adabiyoti jurnali, 1999, # 2-4


Ilmiy adabiyotlar

Abu Rayhon Beruniy. Al-osorul-boqiya an-al qarunul-holiya.-T.:1969

Abu Bahr Muhammad ibn Jaʼfar Narshaxiy. Buxoro tarixi. — T.: 1966

A. Qayumov. Qadimiyat obidalari. — T.: 1971

H. Homidov. «Avesto» fayzlari. — T.: 2001

N. Rahmonov. «Avesto»ning paydo boʻlishi. — «O`zbekiston ovozi» gaz., 2001, 26 may.

N. Rahmonov. «Avesto»: Zamin, vatan demakdir. — «O`zbekiston ovozi» gaz., 2001, 25 s

entyabr.


AVESTO.

«Avesto» eramizdan oldingi VII asrning oxiri va VI asrning boshlarida yaratilgan. Uning qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2000-1000 yillarga taalluqli, deb qaraladi. «Avesto»ning bizgacha yetib kelgan nusxalarida Eron shohi Kayxisrav va Turon shohi Franhrasyan (Afrosiyob) o’rtasidagi munosabatlar ifodasini topgan. Bunday tarixiy voqyelik miloddan avvalgi 620 –yillarga to’g’ri keladi.


«Avesto» zardo’shtiylik dinining muqaddas kitobidir. Uning yaratilish vatani – Markaziy Osiyo. Shu sababli bu kitob Markaziy Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligidir. Avesto o’z davrining tarixi, fani, madaniyati, urf-odatlari, adabiyoti, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti to’g’risida ma’lumot beruvchi qomusiy asardir. «Avesto» yaratilgan vaqtda 30 nask - kitob (qismdan) iborat bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. Markaziy Osiyoga turli bosqinchilarning kirib kelishi, zardo’shtiylik diniga sig’inuvchilarning ta’qib qilinishi natijasida kitobning ko’p qismi yo’qolib, oz qismi saqlanib qolgan. Bu xususda Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida shunday yozadi: «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida «Avesto»ning o’n ikki ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni yondirib yubordi. Shuning uchun o’sha vaqtdan beri «Avesto»ning beshdan uch qismi yo’qolib ketdi. «Avesto» o’ttiz nask edi. Ma’jusiylar qo’lida o’n ikki nask chamasi qolgan».
«Avesto»ning qisqargan shakli «Zand Avesto» deb nomlangan. U pahlaviy, sanskrit (qadimgi hind) tiliga tarjima qilingan va sharhlar bitilgan. U bir necha marta Yevropa tillariga, jumladan, rus tiliga ham ag’darilgan. «Avesto»ni o’zbek kitobxonlari A.Mahkam, M.Isoqov va boshqalar tarjimasida o’qishmoqda.
Yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash «Avesto»ning bosh g’oyasidir. Yaxshilik ramzi – yakka xudo Axura Mazda, yomonlik ramzi – Ahramandir. Hozirgacha «Avesto»ning ikki varianti mavjud. Birinchisi faqat «Avesto»ning o’zidan iborat. Ikkinchisi esa pahlaviy tilidagi sharhli tarjimadan tashkil topgan bo’lib, u bir necha qismlarga ajratilgan. Ular quyidagilar: 1. Vendidot. Axura Mazda bilan Zardushtning savol-javobi tarzida bitilgan. Jami 22 bob. 2. Visparad. Ibodat qo’shiqlari berilgan. Jami 24 bob. 3. Yasna. Qurbonlik qo’shiqlari, xudolar madhiyasi hamda diniy marosimlar tavsifi berilgan. U 72 bobdan iborat bo’lib, 17 bobi gotlar – madhiyalar deb atalgan. 4. Yasht. 22 qo’shiqdan iborat. Qo’shiqlarda zardushtiylik xudolari va ma’budalari madh etilgan. 5. Kichik Avesto. Quyosh, Oy, Ardvisura, Varxra kabi xudo va ma’budalar madh etilgan ibodat qo’shiqlari beriladi.

«Avesto» o’zbek ilm-fanida, xususan, N.Mallayev, F.Sulaymonova, B.To’xliyev, T.Mahmudov, N.Norqulovlarning tadqiqotlarida tahlil etilgan.


«Avesto» diniy kitob bo’lish bilan birga, eng avvalo, u nodir adabiy yodgorlikdir Asar she’riy yo’l bilan yozilgan. Qadimda yashagan xalqlarning og’zaki adabiy merosi berilgan. Kayumars, Yima, Gershasp, Arjasp, Mitra haqidagi asotir hamda afsonalar qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklardir.
«Avesto»da osmon jismlarida ilohiylik belgilarining ko’rsatilishi turkiy xalqlarning diniy e’tiqodlariga yaqin turadi. Jumladan, quyosh xudosi Mitra haqidagi tasavvurlar shunday xususiyatga ega. «Avesto»da qadimgi turkiy qavmlar va ularning hukmdorlari, qahramonlarining badiiy tasvirlari ham ifodasini topgan. Unda turkiylar tur nomi bilan beriladi. Turkiy va forsiy xalqlar adabiyotida Afrosiyob, Siyovush, Kayxisrav haqida yaratilgan turkum rivoyat va afsonalarning dastlabki namunalari «Avesto»da yaratilgan.
«Avesto»dagi mifologik obrazlar o’zbek xalq og’zaki ijodi taraqqiyotiga ham sezilarli darajada ta’sir ko’rsatgan. Buni o’zbek xalq og’zaki ijodida mavjud ayrim obrazlarning tug’ilishi zardo’shtiylik bilan bog’langanligi misolida ko’rish mumkin.

«Avesto»da ilk foniy odam – Gaya Marta haqida rivoyatlar keltirilgan. U zardo’shtiylikda yer yuzida yashagan birinchi odam sifatida tasavvur etiladi. O’rta asr manbalarida uning nomi Gavomard, Gayomat, Gopat shoh, Qo’bodshoh, Kayumars tarzida bitilgan. Gaya Marta ikki vujudli, ho’kiz va odamdan tashkil topgan. Uni ezgulik xudosi Axura Mazda Dantiya daryosining bo’yidagi Ar’yana Vejada yetmish kun mobaynida yaratgan. Daryoning chap sohilida odam, o’ng qirg’og’ida ho’kiz turgan. Gaya Marta insoniyat dushmani Axriman tomonidan o’ldirilgan.


Gavomard – Buqaodam yoki sigir, echki, qo’yga xos ayri tuyoqli odamlar haqidagi afsonalar o’zbek xalqi o’rtasida keng tarqalgan. Gerodot «Tarix» kitobida qadimgi turkiylar qavmi issidonlar haqida yozar ekan, unga tog’da echki tuyoqli odamlar yashashi haqida hikoya qilganligini aytadi. «Go’ro’g’li» turkumidagi dostonlarning qahramonlaridan Rayhon arab ayri tuyoq deb ta’riflanadi. Turk olimi Abdulqodir Inon XIII asrda mo’g’ullar o’lkasida sayohatda bo’lgan Plano Karpini o’z xotiralarida it boshli, sigir oyoqli qavmlarni ko’rganligini yozgan. Xorazm ertaklaridan «Gul uzuk»da yarmisi odamga, yarmisi qo’tosga o’xshaydigan odamlar haqida hikoya qilinadi.
O’zbek xalqi o’rtasida Jo’mard qassob, Jonmardi qassob, Gavmard nomi bilan bog’langan rivoyatlar ham «Avesto»dagi Gaya Marta obraziga bog’lanadi. Rivoyat qilishlaricha, odamlarga go’sht yeyishni birinchi marta o’rgatgan kishi Jo’marddir. U Anushirvon davrida yashagan bo’lib, kunduzi qassoblik, kechasi podshohlik vazifasida o’tirgan va yomon odamlarni jazolagan. Jo’mard Ho’shamshohning o’n yettinchi avlodidan hisoblangan. Ho’shamshoh mol terisidan kiyim tikish, jundan mato to’qish, egar yasash kabi hunarlarga ega bo’lgan. Devlar unga ho’kiz terisini yopib, abadiy qolishni buyurgan.
Folklorshunos M. Jo’rayev Jo’mard qassob nomining kelib chiqishini mifologik afsonalar asosida shunday izohlaydi: «Qadim zamonlarda Gavmard ismli kishi bo’lgan ekan. Uning Baqar (Ho’kiz) degan do’sti ham bor ekan. U bir kuni ertalab uyqudan uyg’onib qarasa, hamma yerlar ko’m-ko’k ekan. Shunda u qari kishilardan: «Bu qanday hol?» deb so’rabdi. Qariyalar: «Bu – navro’z, u qish fasli tugaganidan darak berayapti», - debdilar. Shu payt shayton kelib vasvasaga solibdi, Gavmard o’z do’stini o’ldirib, go’shtini pishirib, dasturxonga tortibdi. Boshqa odamlar bo’lsa, yerda ko’kargan o’tlardan ovqat tayyorlab, dasturxonga qo’yibdilar. Gavmardning qilgan ishidan xabar topgan odamlar: «Iloyo juvonmarg bo’l!» - deb qarg’abdilar. Shundan so’ng uning nomi Juvonmarg bo’lib, keyinchalik Jo’mard deb atala boshlangan ekan. Navro’z bayramini nishonlash, dasturxonni ko’katlardan tayyorlangan taomlar bilan bezash va go’shtni iste’mol qilish o’sha vaqtdan qolgan deydilar. Jo’mardni bo’lsa, qassoblar o’zlariga pir deb bilishar ekan».
Bu afsona o’zbek xalq og’zaki ijodi mahsulidir. Lekin unda «Avesto»da Angro Maynyu boshchiligidagi yovuz kuchlar Dantiya daryosining chap sohilidagi odam Gaya Marta va o’ng qirg’og’idagi Buqaga qilgan xuruji ma’lum darajada o’z ifodasini topgan. Bu voqyea zardo’shtiylik taqvimi bo’yicha ilk bahor kunlariga to’g’ri keladi.
Odam boshli, ho’kiz qiyofasidagi haykalchalar O’zbekiston (jumladan, Samarqand shahri yaqinidagi Tali Barzu tepaligi, Xorazm viloyatining Shovot tumani hududi)dan topilgan.
  

«Avesto» eramizdan oldingi VII asrning oxiri va VI asrning boshlarida yaratilgan. Uning qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2000-1000 yillarga taalluqli, deb qaraladi. «Avesto»ning bizgacha yetib kelgan nusxalarida Eron shohi Kayxisrav va Turon shohi Franhrasyan (Afrosiyob) o’rtasidagi munosabatlar ifodasini topgan. Bunday tarixiy voqyelik miloddan avvalgi 620 –yillarga to’g’ri  keladi.

      «Avesto» zardo’shtiylik dinining muqaddas kitobidir. Uning yaratilish vatani – Markaziy Osiyo. Shu sababli bu kitob Markaziy Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligidir. Avesto o’z davrining tarixi, fani, madaniyati, urf-odatlari, adabiyoti, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti to’g’risida ma’lumot beruvchi qomusiy asardir. «Avesto» yaratilgan vaqtda 30 nask - kitob (qismdan) iborat bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. Markaziy Osiyoga turli bosqinchilarning kirib kelishi, zardo’shtiylik diniga sig’inuvchilarning ta’qib qilinishi  natijasida kitobning ko’p qismi yo’qolib, oz qismi saqlanib qolgan. Bu xususda Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida shunday yozadi: «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida «Avesto»ning o’n ikki ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni yondirib yubordi. Shuning uchun o’sha vaqtdan beri «Avesto»ning beshdan uch qismi yo’qolib ketdi. «Avesto» o’ttiz nask edi. Ma’jusiylar qo’lida o’n ikki nask chamasi qolgan».

      «Avesto»ning qisqargan shakli «Zand Avesto» deb nomlangan. U pahlaviy, sanskrit (qadimgi hind) tiliga tarjima qilingan va sharhlar bitilgan. U bir necha marta Yevropa tillariga, jumladan, rus tiliga ham ag’darilgan. «Avesto»ni o’zbek kitobxonlari A.Mahkam, M.Isoqov va boshqalar tarjimasida o’qishmoqda.

      Yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash «Avesto»ning bosh g’oyasidir. Yaxshilik ramzi – yakka xudo Axura Mazda, yomonlik ramzi – Ahramandir. Hozirgacha «Avesto»ning ikki varianti mavjud. Birinchisi faqat «Avesto»ning o’zidan iborat. Ikkinchisi esa pahlaviy tilidagi sharhli tarjimadan tashkil topgan bo’lib, u bir necha qismlarga ajratilgan. Ular quyidagilar: 


Download 260 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish