28 - PARAGRAF XIX asr o’rtalarida Rossiyada jamiyat taraqqiyotiga g’ov bo’lgan asosiy omil nima edi ? Krepostnoylik tartiblarining hukmronligi
Rossiyada qachondan mashinalar ishlab chiqarishga joriy etila boshlanadi ? XIX asrning 30-yillaridan
Rossiyada sanoat to’ntarishi qachon boshlanadi ? XIX asrning 30-yillarida
XIX asr 40-yillari oxirlariga kelib Rossiyaning qaysi shaharlarida mashinasozlik zavodlari quriladi ? Peterburg va Moskvada
Rossiyada temiryo’l qurilishi qachondan boshlanadi ? XIX asrning 30-yillaridan
Rossiyada sanoat to’ntarishi qachon tugallanadi ? XIX asrning 90-yillarida
XIX asrning o’rtalarida Rossiyada aholining necha foizi shaharlarda yashagan ? 8 %
Rossiyadagi qanday harakat “dekabristlar harakati” nomini olgan ? Dvoryanlarning samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi harakati
Dekabristlar qanday tuzum tarafdori edi ? birinchi guruhi respublika tarafdori, ikkinchi guruhi konstitutsiyaviy monarxiya tarafdori
Dekabristlarning “Janubiy jamiyat” va “Shimoliy jamiyat” nomli tashkilotlari nechanchi yillarda tashkil topgan ? 1821-1822-yillarda
“Janubiy jamiyat”ning rahbari kim bo’lgan ? Pavel Pestel
Pavel Pestel yashagan yillar ? 1793-1826-yillar
Rossiyada kim Borodino janggida ko’rsatgan jasorati uchun oltin dastali qilich bilan mukofotlangan ? Pavel Pestel
Pavel Pestel yaratgan konstitutsiya loyihasi nima deb atalgan ? “Rus haqiqati”
Pavel Pestel yaratgan konstitutsiya loyihasida qanday tuzum ko’zda tutilgan edi ? samoderjaviye va krepostnoylik tuzumini yo’q qilish, respublika boshqaruv tizimini o’rnatish, teng saylov huquqi asosida saylanadigan “Xalq vechesi” ning respublika parlamenti bo’lishi
“Shimoliy jamiyat”ning rahbari kim bo’lgan ? Nikita Muravyov
Nikita Muravyov tuzgan konstitutsiya loyihasi Rossiyani qanday davlat deb e’lon qilishni ko’zda tutgan ? konstitutsiyaviy monarxiya
Dekabristlar qo’zg’oloni qaysi kunga belgilanadi ? vafot etgan Aleksandr I o’rniga ukasi Nikolay I taxtga o’tiradigan kunga
Dekabristlar qo’zg’oloni qachon boshlandi ? 1825-yil 14-dekabrda
Dekabristlar muvaffaqiyatsizlikka uchragach necha kishi osib o’ldiriladi ? 5 kishi (N.Muravyov va P.Pestellar ham)
Nikolay I Rossiyada qanday tuzumni mustaxkamlashga kuch-g’ayratini qaratadi ? samoderjaviyeni
“Inqilob Rossiya ostonasida turibdi. Ammo qasamyod qilib aytamanki, tanamda jonim bor ekan inqilob Rossiyaga kirmaydi” bu so’zlar kimga tegishli ? Nikolay I
Inqilobiy harakatga qarshi kurash olib boruvchi maxsus bo’lim tuzgan Rossiya imperatori kim ? Nikolay I
1853-1856-yillarda Rossiya qaysi davlatga qarshi urush olib borib mag’lub bo’ladi ? Turkiyaga qarshi
1853-1856-yillarda Rossiya Turkiyaga qarshi urushda mag’lubiyatining sababi nima ? Rossiyaning iqtisodiy qoloqligi
Rossiya imperatori Aleksandr II krepostnoylik huquqini bekor qilinishi to’g’risidagi farmonni nechanchi yilda chiqaradi ? 1861-yil 19-fevralda
Rossiyada krepostnoylik bekor qilingach dehqonlarga berilgan yerlar nima deb atalgan ? chek yerlar
Rossiyada krepostnoylik huquqi bekor qilingach pomeshchiklar o’zlari ixtiyoridagi yerlarni qanchasini saqlab qolish huquqiga ega bo’ladi ? 3/1, cho’l yerlarda 2/1 qismini
Rossiyada kepostnoylik huquqi bekor qilingach, dehqon hukumat belgilagan miqdordan qo’proq yerdan foydalangan bo’lsa, ortiqchasi pomeshchikka berilib, u nima deyilgan ? otrezok
Rossiyada kepostnoylik huquqi bekor qilingach, dehqon yer egasi bo’lish uchun nima to’lashi lozim edi ? vikup
Rossiyada dehqon vikupi imzolanayotganda qo’yilgan bahoni 20 %ni to’lashi shart edi, qolgan 80 %ni necha yilda to’lagan ? 49 yilda
XIX asrda Podsho Rossiyasi dastlab qayerlarni bosib oladi ? Bessarabiya va Kavkazortini
Rossiya Shimoliy Kavkazni bosib olish uchun necha yil urush olib boradi ? 30 yil
Kavkazda Rossiyaga qarshi 25 yil kurashga rahabrlik qilgan kim ? Shomil
Butun Kavkaz nechanchi yilda Rossiya tarkibiga kiritiladi ? 1864-yilda
Turkiston general gubernatorligi nechanchi yilda tuziladi ? 1867-yilda
Rossiya tabiiy boyliklarga boy Alyaskani nechanchi yilda AQSH ga sotadi ? 1867-yilda
Krepostnoylikdan ozod bo’lgan dehqonning o’ziga berilgan yerni haq to’lash evaziga sotib olishi nima deyiladi ? vikup
Ilg’or g’oyalarni ta’qib etuvchi, eski tartiblarni saqlab qolishga yoki, ularni qayta tiklashga intiluvchi kuchlar nima deyiladi ? reaksion kuchlar