Afg’onistonni itoatda tutish uchun Erondan nechta jangchi oilalari bilan Kobul va boshqa shaharlariga ko’chirib keltiriladi ? 12 mingta
1747-yilda kim Afg’oniston shohi deb e’lon qilinadi ? Ahmadxon
Ahmadxon qaysi qabila boshlig’i edi ? abdali
“jirg’a” so’zining ma’nosi nima ? kengash
“Durri duron” unvonini olgan Afg’oniston shohi kim ? Ahmadxon
Afg’onistonda durroniylar sulolasining zaiflashuviga nima sabab bo’ladi ? markaziy hukimiyatga bo’ysunmaslik harakati va bosib olingan o’lka xalqlarining doimiy qo’zg’olonlari
Qaysi Afg’oniston hukmdori Ahmadshohning harbiy yurishlarini davom ettirib, ma’lum darajada bunga erishadi ? nabirasi Zamonshoh
Zamonshoh hukm surgan davr ? 1793-1801-yillar
Afg’onistonda Zamonshoh vafotidan so’ng kim goh u vorisni, goh bu vorisni qo’llab bosh vazir lavozimini egallaydi ? Fathxon
Fathxon qaysi qabila yetakchisi edi? Barakzaylar
Afg’onistonda 1809-yilda butun hokimiyatni o’z qo’lida to’plagan kim ? Fathxon
Fathxon kimning yordamiga tayangan ? Ukasi Do’st Muhammadxon
1826-yilda Afg’oniston taxtini kim egallaydi? Do’st Muhammadxon
Afg’onistonda durroniylar sulolasi hukmronligi qachon barham topadi ? 1826-yilda
Afg’onistonda durroniylar sulolasi hukm surgan davr ? 1747-1826-yillar
Afg’onistonda barakzaylar sulolasi hukmronligi qachon o’rnatiladi ? 1826-yilda
Afg’onistonda barakzaylar sulolasi hukmronligi asoschisi kim ? Do’st Muhammadxon
Buyuk Britaniya va Rossiya manfaatlari to’qnashgan hudud qayer bo’lgan ? Afg’oniston
1838-yilda Afg’onistonga qaysi davlat hujum qiladi ? Buyuk Britaniya
1838-yilda Afg’oniston taxtiga inglizlar kimni o’tqazadi ? Durroniylar sulolasi vakili Shujuni
1841-yilda Afg’onistonning qaysi shahrida qo’zg’olon ko’tariladi ? Kobulda
1841-yilgi Kobuldagi qo’zg’olonda kim katta ro’l o’ynaydi ? Du’st Muhammadxonning o’g’li Akbarshoh
Buyuk Britaniya qo’shini qachon Afg’onistondan chiqib ketadi ? 1842-yilda
Ost-Indiya kompaniyasi Hindistonning Sind viloyatini nechanchi yilda egallaydi ? 1843-yilda
Do’st Muhammadxon nechanchi yilda ingliz-afg’on do’stlik shartnomasini imzolaydi ? 1855-yilda
Nechanchi yilda Buyuk Britaniya va Afg’oniston o’rtasida harbiy shartnoma imzolanadi ? 1857-yilda
Do’st Muhammadxon nechanchi yilda vafot etadi ? 1863-yilda
1870-yilda Afg’oniston ... mustamlaka ham , qaram davlat ham emas edi
“Durri duron” so’zining ma’nosi nima ? “javohirlar-javohiri”