Mehnat gigienasi – tibbiyot fanining bir qismi bo‘lib, ish sharoitlarining inson sog‘ligiga va ish qobiliyatiga ta’sirini o‘rganadi, shuningdek, mehnat sharoitlarini sog‘lomlashitirish hamda ishlab chiqarishni yuksaltirishga yo‘naltirilgan sanitariya-gigiena, oldini olish va davolash tadbirlarini ishlab chiqadi.
Ish joyi – ish bilan bog‘liq holda bevosita yoki bilvosita ish buyuruvchining nazoratida ishchi faoliyat qiladigan yoki bo‘ladigan joy.
Ish zonasi – ishchi vaqtinchalik yoki doimiy bo‘ladigan, er sathidan 2 metr balandlikdagi makon.
Ish qobiliyati – ishning qiyinligi va og‘irlik darajasiga bog‘liq bo‘lib, mehnat faoliyatining samaradorligini va inson organizmining funksional zo‘riqish darajasini aniqlaydi. Ish qobiliyati ma’lum vaqt oralig‘ida ishchining funksional imkoniyatlari, ishning soniy va sifat miqdorlari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |