Viii-mavzu. 1945-1990 yillarda angliya reja. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Angliyaning iqtisodiy va siyosiy axvoli



Download 239,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana10.07.2022
Hajmi239,44 Kb.
#768662
  1   2
Bog'liq
8-MAVZU



VIII-Mavzu. 1945-1990 YILLARDA ANGLIYA 
REJA. 
 1. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Angliyaning iqtisodiy va siyosiy axvoli. 
 2. Angliyada parlament islohotlari va yangi qonunlar. 
 3. Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida Angliya 
 4. Angliyaning tashqi siyosati. 
Buyuk britaniyaliklar ham fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga munosib hissa 
qo'shganlar. Ularning davlati Ikkinchi jahon urushi g'oliblaridan biri bo'ldi. Ayni paytda urush 
Buyuk Britaniyani ham iqtisodiy, ham siyosiy va ham harbiy jihatdan zaiflashtirdi. Uning harbiy 
xarajatlari 25 mlrd funt sterlingni tashkil etdi. Milliy boyligining to'rtdan bir qismini yo'qotdi. Oltin 
va valuta zaxiralari kamaydi. Tashqi qarz 3,3 mlrd funt sterlingni tashkil etdi. Faqat AQSHdangina 
emas, o'z dominionlaridan ham qarz bo'Iib qoldi. diet ellarga joylashtirgan sarmoyasining to'rtdan 
bir qismidan, savdo flotining 30 foizidan ajraldi. Import eksportdan oshib ketdi. Sanoat ishlab 
chiqarish hajmi urushdan oldingi darajaning 90 foizini tashkil etdi. Bundan tashqari, urush Buyuk 
Britaniyaning harbiy-strategik ahvolini ham yomon lashtirdi. U jahon va imperiya bozorlaridan 
AQSH tomonidan siqib chiqarila boshlandi. Endilikda Buyuk Britaniya ..Yevropada ilgari 
yuritgan «kuchlar baravarligi» siyosatini yurita olmay qoldi. Dominion va mustamlakalarda 
milliy-ozodlik kurashining kuchayishi Britaniya mustamlakachilik imperiyasini inqirozga yuz 
tuttirdi. AQSHning yadro va strategik qurollarga ega bo'Iishi Buyuk Britaniyaning strategik 
mavqeyiga jiddiy zarba berdi. To'g'ri, Buyuk Britaniya baribir buyuk davlatlar qatorida qoldi. 
Biroq uning xalqaro mavqeyi zaiflashgan edi. Endilikda Buyuk Britaniya dunyoning yetakchi 
davlati roliga da'vo qila olmas edi. Urush g'olibining bu ahvoliga U. Cherchill «Zafar va fojia» 
deb baho bergan edi. 
Buyuk Britaniyaning ichki siyosati 1945-yilning 5-iyulida Buyuk Britaniyada parlament 
saylovi o'tkazildi. Unda Buyuk Britaniya tarixida eng mashhur siyosiy arboblardan biri Buyuk 
Britaniya bosh vaziri U. Cherchill partiyasi (Konservatorlar partiyasi) mag'lubiyatga uchradi. 
Hokimiyat jilovi Leyboristlar partiyasi qo'liga o'tdi. Bu partiya parlamentdagi o'rinlarniiig uchdan 
ikki qismini egalladi. Leyboristlar o'zlarining saylov oldi dasturini «Kelajakka boqish» deb 
ataganlar. Dasturda leyboristlar demokratik sotsializmni qurish maqsadini ilgari surdilar. Ular 
bunday sotsializmni islohotlar yo'li bilan qurishlarini e'lon qildilar. Dasturda sotsializm 
inqilobning natijasi bo'Iishi kerak emasligi alohida uqtirilgan edi. Xo'sh, leyboristlar qanday 
jamiyatni demokratik sotsializm deb tushungan edilar? Ularning demokratik sotsializmi farog'at 
davlatining aynan o'zi edi. 27-iyuida K. Ettli boshchiligida tuzilgan leyboristlar hukumati (1945—
1951) saylov oldi dasturini amalga oshirishga kirishdi. 
Hukumat jiddiy islohotlar o'tkazdi. Chunonchi, Buyuk Britaniya banki po'lat, ko'mir va gaz, 
elektroenergiya sanoatini, telegraf va radioaloqa, fuqaro aviatsiyasi, suv va temir yo'l transportini 
milliylashtirdi. Milliylashtirish sotib olish yo'li bilan amalga oshirildi. 1945—1948-yillarda 
fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va sug'urtalashning kompleks kafolatli tizimi yaratildi. Unga 
ko'ra, ishsizlikbo
L
yicha, mehnat qobiliyatini yo'qotganlik bo'yicha, kasb kasalligi, bevalik bo'yicha 
nafaqa, shuningdek, qarilik pensiyalari to'lanadigan bo'ldi. 
10 mln ishchining ish haqi oshirildi. 1948-yildan boshlab tekin meditsina xizmati joriy etildi. 
Arzon uy-joylar qurilishi boshlandi. 1927-yilda qabul qilingan reaksion ruhdagi kasaba 
uyushmalari to'g'risidagi qonun bekor qilindi. Hukumat ba'zi bir siyosiy islohotlarga ham qo'l urdi. 
Chunonchi, 1949-yilda Buyuk Britaniya parlamentining yuqori palatasi — Lordlar palatasi 
huquqini qisman cheklash to'g'risida qonun qabul qilinishiga erishildi. Unga ko'ra, parlamentning 
quyi palatasi ma'qullagan qonun loyihasini Lordlar palatasi tasdiqlamay ushlab turish muddati 2 
yildan 1 yilga tushirildi. Hukumat «Marshall rejasi»ga ko'ra, 1948—1950-yillar oraliglda 3 mlrd 
dollarlik yordam oldi. 1948-yilda sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan oldingi darajadan oshdi. 
Biroq, ayni paytda, moliyaviy inqirozga ham duch kelindi. Bunga AQSHning «Lendliz» savdosini 
to'xtatgani, eksportdan keladigan foyda import tovarlari qiymatini ko'zlangan darajada 
qoplamasligi, 1949-yilda funt sterling qiymatini AQSH dollari qiymatiga nisbatan kamaytirishga 


majbur bo'linganligi (1949-yilgacha 1 f. s. qiymati 4 dollarga teng edi. Endi uning qiymati 2,8 
dollarga teng bo'Iib qoldi), tashqi qarz uchun foiz to'lovlari sabab bo'ldi. Buning ustiga 
iqtisodiyotdagi davlat sektorini bir maromda ushlab turish ham katta mablag' talab etmoqda edi. 
Oqibatda hukumat ijtimoiy sohada belgilangan tadbirlar uchun zarur mablag'ga ega bo'la olmadi. 
Bu borada berilgan va'dalar tola bajarilmadi. Bu hol 1951-yilning 25-oktabrida o
l
tkazilgan 
navbatdagi parlament saylovida konservatorlarning g'alabasini ta'minladi. U. Cherchill yana 
hukumat tuz-di. Hukumat 1945-yilgi parlament saylovidagi mag'lubiyat sabablarini hisobga oldi. 
Shu tufayli ijtimoiy himoya tizimini bekor qilmadi. Biroq «Mamlakatni moliyaviy 
sog'lomlashtirish dasturi»ga ko'ra, bu soha xarajatlarini bir-muncha qisqartirdi. 
Po’lat ishlab chiqarish sanoati va transport davlat tasarrufidan chiqarildi. Chetdan oziq-ovqat va 
sanoat mahsulotlari keltirish 350 mln funt sterlingga kamaytirildi. Natijada oziq-ovqat 
mahsulotlarining narxi ko'tarildi. Eksport hajmi qisqardi. 1952-yilda Buyuk Britaniya yadro 
quroliga ega bo'ldi. Biroq bu harbiy xarajatlar kamayishiga olib kelgani yo'q. Aksincha, bu 
mamlakatni oltin va valuta zaxirasi kamayishiga olib keldi. Shu tariqa hukumatning iqtisodiyotni 
sog'lomlashtirish dasturi ko'zlangan natija bermadi. 
Bundan tashqari, mustamlakachUik imperiyasining yemirilislii davom etdi. Ichki va tasbqi 
siyosatdagi qiyinchiliklar U. Cherchillni 1955-yil aprelda iste'fo berishga majbur etdi. 
Konservatorlar hukumatni yana 9 yil bosh-qardilar. U. Cherchilldan so'ng A. Iden (1955—1957) 
va G. Makmillan (1957—1963) lar hukumatni boshqardilar. 
1957—1958-yillarda mamlakat ishlab chiqarishi 2 foizga kamaydi. Harbiy xarajatlar oshib 
bordi. Natijada asosiy sarmoyani yangilash jarayoni sekinlashdi. Oqibatda jahon bozorida 
mamlakat mavqeyi pasaydi. GFR uni 3-o'ringa surib qo'ydi. G. Makmillan hukumati vaziyatni 
o'nglashga harakat qildi. 
Xususan, xususiy sanoat moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatladi, Milliy daromadda davlatning 
hissasi oshishiga erishdi. Mamlakat eksporti hajmi ko'tarila bordi. 1962-yilda iqtisodiy rivqjlanish 
Milliy Kengashi tuzildi. Bu kengash 1961—1965-yillarga mo'ljallangan besh yillik rejani ishlab 
chiqdi va hukumat uni tasdiqladi. 
Biroq rejani hayotga tatbiq etishga muvaffaq bo’linmadi. Ijtimoiy sohani mablag’ bilan ta'minlash 
og'irlashdi. Natijada hukumat kvartira haqi ustidan nazoratni bekor qildi. Ish haqi muzlatildi.Ayni 
paytda mustamlakachilik imperiyasi yemirildi. Leyboristlar partiyasi hukumat siyosatini qattiq 
tanqid ostiga oldi va 1951 —1964-yillar oralig'idagi yillarni «bekor o'tgan 13 yil» deb atadi. 
Saylovda g'alaba qilsa, iqtisodiyotning qator muhim sohalarini milliylashtirish va iqtisodiyotni reja 
asosida rivojlantirish yo'li bilan mamlakatni yangilashga va uning qudratini qayta tiklashga va'da 
berdi. 1964-yilgi parlament saylovida leyboristlar partiyasi g'alaba qozondi. Partiya rahbari T. 
Vilson boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Hukumat mamlakat ilmiy-texnika salohiyatini 
rivojlantirishga katta umid bog'ladi. Shu maqsadda 1965-yilda parlament birinchi «Milliy besh 
yillik iqtisodiy dasturi»ni qabul qilishiga erishdi. Ayni paytda, mamlakat moliyaviy ahvolini 
muqimlashtirish maqsadida, hukumat ish haqi va narxning o'sishini «oqilona» cheklab qo'yish 
siyosatini yurita boshladi. Bu siyosat narx-navo va daromadlar siyosati deb nom oldi. Dastlab bu 
tadbir ixtiyoriylik asosida amalga oshirilgan bo'lsa, 1966-yildan boshlab hukumatning ish haqini 
muzlatishga oid qarori bilan amalga oshirildi. G. Vilson hukumati sanoat ishlab chiqarishi yiliga 
5 foiz o'sishini rejalashtirgan bo'lsa. amalda u 2,3 foizdan oshmadi. Binobarin, leyboristlar 
mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadilar. Burring ustiga funt sterling qiymatini dollarga 
nisbatan kamaytirish ham ko'zlangan natijani bermadi. 
Bundan tashqari, G. Vilsonning Buyuk Britaniyani «Umumiy bozor» ga a'zolikka qabul qildirish 
yo'lidagi urinishlari behuda ketdi. Fransiya hukumati Buyuk Britaniyani AQSH bilan haddan 
tashqari bog'langanlikda ayblab, uning «Umumiy bozor» ga qabul qilinishiga qarshilik ko'rsatdi. 
Bu omillar leyboristlar hukumatining obro'siga ta'sir etmay qolmadi. 1970-yilning 18-iyunida 
o'tkazilgan parlament saylovida Konservatorlar partiyasi g'alaba qozondi. E. Xit boshchiligida 
konservatorlar hukumati tuzildi. 
E. Xit hukumati davlatning moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida ijtimoiy sohalar 
xarajatlarini kamaytirdi. Fermerlarga yordam puli berish to'xtatildi. «Narx-navo va daromadlar» 


siyosati bekor qilindi. Bu marnlakatda keskinlikni keltirib chiqardi. Hukumat ikki baravar 
favqulodda holat joriy qilishga majbur bo'ldi. 
1971-yilda «Mehnat munosabatlari islohoti to'g'risida»gi qonun qabul qilindi. Qonun tred-
yunionlarning huquqini cheklab qo'ydi. Natijada hukumat bilan tred-yunionlar o'rtasida keskinlik 
vujudga keldi, Mamlakat yalpi ish tashlash yoqasiga kelib qoldi. 
1973—1974-yillar qishida tog’-kon sanoatida inqiroz yuz berdi. Shunday sharoitda E. Xit 
yangi parlament saylovi belgilashga majbur bo'ldi. 1974-yilning 28-fevralida bo'lib o'tgan 
parlament saylovida leyboristlar partiyasi g'alaba qozondi. G. Vilson yana bosh vazir lavozimini 
egalladi. U «Narx-navo va daromadlar siyosati»ning yangi variantini qo'lladi. Bu variant «ijti-
moiy shartnoma» deb nom oldi. Bu hukumat bilan tred-yunionlar o'rtasidagi shartnoma edi. 
Shartnomaga ko'ra, tred-yunionlar ish haqini yiliga 5 foizgacha oshirish talabidan tiyilib turish, 
hukumat esa narx-navo o'sishini to'xtatib turish majburiyatini oldi. 
Biroq 1976-yilda funt sterling qiymatining yana pasaytirilishi hukumatning harakatlarini 
amalda yo'qqa chiqardi. G. Vilson o'z ixtiyori bilan iste'fo berishga majbur bo'ldi. Uning o'rnini J. 
Kallagen (1976—1979) egalladi. Biroq u ham mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadi. 
1979-yilda mamlakatda ishsizlar soni 1935-yildan keyin birinchi marta 2 mln kishiga yetdi. 
Buning ustiga J. Kailagen hukumati o'tkir ichki siyosiy muammo — Shimoliy Irlandiya 
muammosining keskinlashuvi hodisasiga duch keldi. 1921-yilda Buyuk Britaniya bilan Irlandiya 
o'rtasida imzolangan shartnomaga ko'ra, Shimoliy Irlandiya Buyuk Britaniya tarkibida qolgandi. 
Uning aholisi asosan protestantlardan iborat bo'lib, katoliklar ozchilikni tashkil etadi. Protestantlar 
katoliklarni bar jihatdan kamsitib keldilar. 1968-yilda katoliklar o'z haq-huquqlari uchun kurash 
boshladilar. Natijada Shimoliy Irlandiyada tartibsizliklar boshlandi. Bunga javoban Buyuk 
Britaniya hukumati u yerga harbiy qism kiritdi. Katoliklarning «Irlandiya Respublika armiyasi» 
deb ataluvchi yashirin terrorchi tashkiloti ingliz soldatlariga qarshi terror o'tkaza boshladi. 
Bu terrorchi tashkilot Olster shahrini Irlandiya Respublikasiga qo'shish uchun kurashdi. 
Bunga javoban protest ant laming yashirin harbiy tashkiloti ham kurashga kirishdi. Har ikki tomon 
tartib o'rnatish uchun yuborilgan ingliz soldatlarini nishonga ola boshladi. Natijada uch tomondan 
ham ko'plab kishilar halok bo'ldi. 
Mamlakatdagi keskin ichki vaziyat leyboristlar mavqeyiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Oqibatda 
1979-yilda o'tkazilgan parlament saylovida bu partiya mag'lubiyatga uchradi. G'alaba qozongan 
Konservatorlar partiyasi o'z lideri M. Tetcher boshchiligida yangi hukumat tuzdi. Konservatorlar 
surunkasiga 18 yil davomida hokimiyat tepasida turdilar. 1979— 1990-yillar oralig’idagi 11 yil 
Buyuk Britaniya tarixiga «Margaret Tetcher davri» nomi bilan kirgan. U Buyuk Brilaniya va 
dunyoda katta obro" qozondi. Uning dasturi «tetcherizm» nomi bilan atalgan. Bu termin 
mohiyatini quyidagi qoidalar tashkil etdi; iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi xususiy 
tadbirkorlikdir. Shunga ko'ra hokimiyat siyosiy yo'lining asosi: erkinlik, imkoniyat hamma 
uchun,tadbirkorlik ruhini qo’lllab-quvvatlash, xususiy mulkchilarga demokratiya bo'lishi kerak; 
davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvi eng kam darajada bo'lishi lozim. U xususiy tashabbuslarni 
aslo bo'g'masligi kerak; d) barcha mehnatga qobiliyatli kishilar o’zini o'zi ta'minlasin. O'ziga 
bog'liq bo'lmagan holda mehnatga qobiliyatsizlarga esa davlat va xayriya tashkilotlari yordam 
ko'rsatadi; kamomadsiz budjet bo'lishi kerak; uning muhim qismini soliqlar tashkil etadi;kasaba 
uyushmalari mehnatkashlar manfaatlarini qonuniy vositalar bilan himoya qilishga haqli. Biroq 
bunda boshqalar manfaatlariga zarar yetkazilmasligi lozim; jamiyatga zarar yetkazuvchi ish 
tashlashlar 
cheklanishi 
darkor. Xo'sh, M. Tetcher qanday qilib katta obro' qozona oldi? 
Konservatorlar saylovgacha «To'g’ri yon-dashuv» deb atalgan dastur ishlab chiqdilar. Unda 
Buyuk Britaniyaning qudratini tiklash, iqtisodiy tanglik va inflatsiyani tugatish asosiy vazifa qilib 
qo'yildi. Bu dasturni amalga oshirish hukumatdan qat'iylik bilan harakat qilishni talab etar edi. 
M. Tetcher shunday qildi ham. U davlat budjeti tanqisligiga yo'l qo’yib bo'lsa ham keng ijtimoiy 
tadbirlarni zarur mablag" bilan ta'minlashdan voz kechdi. Muomalada ortiqcha naqd pulning 
bo'lishiga yo'l qo'ymaslik choralarini ko'rdi. Buning uchun budjet xarajatlari qisqartirildi. Sbu 
tufayli inflatsiyaning pasayishi hatnda iqtisodga ko'proq sarmoya sarflash uchun sharoit yaratildi. 


Natijada ishlab chiqarishni o'stirish borasida sakrash ro'y berishiga erishildi. Mehnat unumdorligi 
bo'yicha Yevropada birinchi o'ringa chiqildi. Hukumat kam samarali va zarar ko'rib ishlovchi 
korxonalarni saqlab turish uchun mablag’ ajratishni to'xtatdi. Davlat mulkini xususiylashtirish 
amalga oshirildi. Bu tadbir davlat budjetiga 28 mlrd f. s. olib keldi. Millionlab fuqarolar firma va 
korxonalarning aksiyadorlariga aylandi. Katta yoshdagi aholining 25 foizi turli aksiyalarga ega 
bo'ldi. Davlat uy-joy fondi ham sotildi. Natijada 1,1 mln oila imtiyozli ravishda turarjoy sotib 
olishga erishdi.1990-yilga kelib 65 foiz oila o'zining shaxsiy uy-joyiga ega bo'ldi. Davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi keskin qisqartirildi. Soliqlarni oshirish va tejamkorlik hisobiga 
kamomadsiz budjet shakllantirildi. Mamlakat aholisining uchdan ikki qismi o'rta tabaqaga aylandi. 
Ijtimoiy ta'minot unga haqiqatan ham muhtoj bo'lganlar uchun joriy etildi. 80-yillarda 2,5 mln 
yangi ishchi o'rni vujudga keltirildi. Ishsizlar soni keskin kamaydi. Bu omillarning barchasi, o'z 
navbatida, 1983, 1987 va 1991-yillardagi parlament saylovlarida konservatorlar partiyasining 
g'alabasini va ularning uzluksiz 18 yil davomida hukumatni boshqarishlarini ta'minladi.Biroq 
1990-yillarda vaziyat o'zgardi. Kamomadsiz budjetni uzoq vaqt ushlab turib bo'lmadi. Inflatsiya 
va ishsizlik yana kuchaydi. Hukumat daromadidan qat'iy nazar 18 yoshdan yuqori barcha 
fuqarolarni soliq'qa tortish yo'li bilan vaziyatdan chiqmoqchi bo'ldi. Bu esa ommaviy norozilikni 
keltirib chiqardi. Shunday sharoitda M. Tetcher o'z xohishi bilan iste'foga chiqdi. Yangi bosh vazir 
J. Meyjor bunday soliqni bekor qildi. U «Teng imkoniyatlar jamiyati» baipo etish dasturini ilgari 
surdi. Biroq bundan ko'zlangan maqsadga erishilmadi. 1997-yilgi va 2001-yilgi parlament 
saylovida Leyboristlar partiyasi g'alaba qozondi. Toni Bier boshchiligida yangi hukumat tuzildi. 
Leyboristlar hukumati qiyin siyosiy muammolarga duch keldi. Shotlandiya va Uels mahalliy 
millatchilari 1997—1998-yillarda o'z parlamentlarhii tuzdilar va muxtoriyat e'lon qildilar. 
Irlandiya muammosi yana murakkablashdi. Katoliklar va protestantlarning to'qnashuvi davom 
etdi. 1998-yilda leyboristlar hukumati tomonlar o'rtasidagi munosabatni birmuncha bo'lsada, 
kelislltirishga erishdi. Biroq 2001-yilda vaziyat yana keskinlashdi. 2005-yilgi saylovlarda Toni 
Bier yana g'alaba qildi. Ammo vaziyat keskinlashib, 2007-yil iyunda u o'z o'rnini Gordon Braunga 
bo'shatishga majbur bo'ldi. 
Buyuk Britaniya jahon siyosatini belgilashda uzoq yillar davomida bosh rolni o'ynab keldi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyin esa ahvol o'zgardi. Endi birinchilik AQSHga o'tdi. Buyuk 
Britaniyaning dunyo siyosatidagi o'rni alohida 3 yo'nalishda bajargan vazifasi bilan belgilanadigan 
bo'ldi. Birinchidan, u xalqaro maydonda AQSH ning asosiy ittifoqchisiga aylandi va shu maqomda 
dunyoning muhim muammolarini hal etishda qatnashdi. Ikkinchidan, G'arbning yetakchi 
davlatlaridan biri bo'lib qolaverdi. Uchinchidan, hamdo'stlik mamlakatlari boshlig'i edi. Buyuk 
Britaniya birdaniga AQSHning asosiy ittifoqchisiga aylanib qolgani yo'q. AQSH — SSSR 
munosabatlari keskinlashib borayotgan bir davrda Buyuk Britaniya bilan ittifoqchilik munosabati 
o'rnatish AQSH uchun ham zarur edi. 1945-yilda ingliz — amerika moliya shartnomasi imzolandi. 
Unga ko'ra, AQSH Buyuk Britaniyaga 5 yil davomida 4,4 mlrd dollar qarz beradigan bo'ldi. 
Buning evaziga Buyuk Britaniya AQSH tovarlari uchun boj miqdorini kamaytiradi. Natijada ingliz 
bozorlarida ham AQSH mavqeyi kuchaydi. 
Buyuk Britaniyaga «Marshall rejasi» ga ko'ra ham katta miqdorda yordam ko'rsatildi. 
Mustamlakalarda boshlangan milliy-ozodlik harakati mamlakat hukmron doiralarini tashvishga 
solib qo'ydi. 
Endi Buyuk Britaniya sobiq mustamlakalariga birin-ketin mustaqillik berishga majbur bo'ldi. 
1949-yilda NATOni tashkil etishda faol qatnashdi. Germaniya muammosi masalalarida AQSH 
bilan birgalikda hamkorlik qildi. 1950-yilgi Koreya urushida AQSH tarafida turib urushda 
qatnashdi. Buyuk Britaniya hududida AQSH harbiy bazasi vujudga keltirildi. 1954-yilda GFRni 
qurollantirish va uni NATOga tortish to'g'risida imzolangan Parij va London bitimlarining 
tashabbuskorlaridan biri bo'ldi. 1957-yilda o'z hududiga AQSHning o'rta masofaga uchuvchi 
raketalarini joylashtirishga ruxsat berdi. Shu yilning 15-mayida vodorod bombasini sinovdan 
o'tkazdi. 
1960-yillarning boshlariga kelib mustamlakachilik imperiyasi quladi. Bu hodisa Buyuk Britaniya 
oldiga Yevropa integratsiyasida ishtirok etish masalasini qo'ydi. Buyuk Britaniya ayni paytda 


1963-yilda yadro qurollari sinovini qisman taqiqlash to'g'risidagi shartnomani ishlab chiqishda 
qatnashdi. AQSHning Vetnamga qarshi urushini qo'llab-quvvatladi. 1966-yilda Buyuk Britaniya 
Avstraliya, Yangi Zelandiya, Malayziya va Singapur bilan birlashgan qurolli kuchlarni — 
ANZYUS (Osiyo — Tinch okean kengashi) ni tuzish to'g'risida bitim imzoladi. 
1971-yilda «Umumiy bozor» ga kirish shartlari haqida bitim imzolandi. 1973-yilda esa uning 
a'zoligiga qabul qilindi. Ayni paytda AQSH va Hamdo'stlik mamlakatlari bilan yaxshi 
munosabatni saqlab qoldi. Jahon iqlisodi va siyosatida ilgarigidan kattaroq rol o'ynay boshladi. 
Buyuk Britaniya quruqlikda, dengizda va havoda foydalanishga irakon beradigan strategik qurolga 
ega bo'lishga intildi va bunga erishdi ham. M. Tetcher davrida AQSH bilan ittifoqchilik 
munosabatlarini kuchaytirishga bar qachongidan ham katta e'tibor berildi. NATO oldidagi 
majburiyatlariga sodiq qoldi. Buyuk Britaniya manfaatlariga tahdid soluvchi davlatlararo 
muammolarda o'ta keskinlik bilan harakat qildi. Masalan, 1982-yilning may oyida Argentina o'z 
qo'shinini Janubiy Atlantikadagi Maklend oroliga tushirganida shunday qilindi. Bu orol asli 
Argentinaga qarashli bo'lib, bir vaqtlar Buyuk Britaniya uni o'z imperiyasi tarkibiga qo'shib olgan 
edi. Buyuk Britaniya orolga o'z qurolli kuchlarini yubordi va u yerda bayrog'ini qayta tikladi. M. 
Tetcher Yevropada mamlakatning rahbarlik rolini tiklashga zo'r berib harakat qildi. «Umumiy 
bozor» da deyarli har bir masalada o'zining alohida fikriga ega bo'ldi. 
Chunonchi, Yevropada yagona pul birligi (yevro)ni joriy etishga qarshilik bildirdi. J. Meyjor 
hukumati AQSH ning Iroqqa qarshi harbiy harakatlarini qo'llab-quvvatladi va unda Buyuk 
Britaniya ham ishtirok etdi. 
1991-yilda Buyuk Britaniyaning Maastrix shartnomasiga qo'shilishi bu davlat tashqi siyosatida 
Yevropa muammolarini birgalikda hal etish tomon jiddiy o'zgarish yuz berganligining isboti 
bo'ldi. 2002-yildagi AQSHning Afg'onistonga urushida qatnashdi. AQSH bilan birgalikda Iroqqa 
o'z qo'shinlarini yubordi, Terrorizmga qarshi kurashdi. Bunga javoban 2005-yil iyunda Buyuk 
Britaniyada qator portlashlar o'tkazildi. 60 dan ortiq kishi halok bo'ldi. Politsiya nazorati 
kuchaytirildi. Bugungi kunda ham Buyuk Britaniya buyuk davlatlardan biri sifatida xalqaro 
munosabatlarda faol ishtirok etib kelmoqda. 
1991-yilda Buyuk Britaniya va O'zbekiston o'rtasida Buyuk Britaniya —O'zbekiston 
munosabatlari 
Tashrif davomida mamlakatimiz bilan, xalqimiz turmush tarzi bilan tanishdi. Samarqand 
shahrining tarixiy yodgorliklarini ziyorat qildi. Diplomatik munosabat o'rnatildi. 1993-yilning 
17— 19-iyun kunlari Buyuk Britaniya qirolichasining qizi malika Anna O'zbekistonga tashrif 
buyurdi. Shu yilning 15-oktabrida esa Buyuk Britaniya tashqi va hamdo'stlik ishlari bo'yicha 
davlat vaziri D. Xog rasmiy tashrif bilan yurtimizga keldi. Muzokaralardan so'ng ikki davlat 
o'rtasida madaniyat va ta'lim sohasida hamkorlik bitimi imzolandi. Shuningdek, ikkiyoqlama soliq 
olmaslik to'g'risida ham kelishuvga erishildi. 
22—25-noyabr kunlari O'zbekiston Prezidenti I. Karimov Buyuk Britaniyaga rasmiy amaliy 
tashrif bilan bordi. Mamlakat qirolichasi Yelizavetall, shuningdek, bosh vazir J. Meyjor bilan 
uchrashdi. Safar chog'ida o'zaro iqtisodiy aloqalar to'g'risida shartnoma, o'zaro rag'batlan tirish va 
himoyalash to'g'risida hamda ikki davlat o'rtasida havo yo'li ochish haqida bitimlar imzolandi. 
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mamlakatimizda oltin qazib olish korxonalarini qurish 
uchun 150 mln dollar ajratishga qaror qildi. Mashhur «Lonro» kompaniyasi bilan bitim tuzildi. 
Bulardan tashqari, ikki mamlakat hududida fuqarolarning erkin yurishi haqida ham hujjat 
imzolandi. Bugungi kunda O'zbekistonda 50 dan ortiq Buyuk Britaniya va O'zbekiston qo'shma 
korxonasi faoliyat ko'rsatmoqda. 1997-yildan O'zbekiston Buyuk Britaniyaning RJ-85 
samolyotlarini sotib ola boshladi. 

Download 239,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish