13 – PARAFRAF
VIII asr oxiri IX asr boshlarida Arab xalifaligi – og’ir siyosiy tanglikka uchraydi
VIII asr oxiri IX asr boshlarida Arab xalifaligining zaiflashuviga nima sabab bo’ladi ? Movorounnahr va Xuroson aholisining tez-tez qo’zg’olon ko’tarib turishi uzluksiz davom etgan o’zaro urush va ichki ziddiyatlar
Qadimiy turkiy qabilalardan bo’lgan qorluqlar qayerlarda yashaganlar ? Qadimda Oltoyning g’arbida , keyin Irtish daryosining o’rta oqimida
VI-VII asrlarda qorluqlar qaysi davlat tarkibida bo’lgan ? Turk xoqonligi
Qorluqlar davlati nechanchi asrda tashkil topadi ? VIII asrda o’rtalarida
Qorluqlar davlati qaysi hududda tashkil topadi ? Yettisuv o’lkasida
Qorluqlar davlatining poytaxti qayer bo’lgan ? Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri
Qorluqlar davlatining hukmdori nima deyilgan ? Yabg’u yoki jabg’u
Qorluqlarning kattagina qismi qachonga kelib musulmon bo’ladi ? X asr o’rtalariga
Qorluqlar davlati shimol va sharqda qayer bilan chegaralangan ? Elsuvi daryosi vodiysi hamda chigil qabilasi yaylovlari
Qorluqlar davlati g’arbda qaysi hududlar bilan chegaradosh bo’lgan ? O’g’uz yurti va Farg’ona vodiysi bilan
Qorluqlar davlati janubda qaysi hududlar bilan chegalalangan ? Yag’molar vohasi va Sharqiy Turkiston bilan
Qorluqlar davlatining shaharlari qaysilar bo’lgan ? Jo’l , Navkat , Karmankat , Yor
99.Qorluqlar davlati savdogarlari qaysi hududlar savdogarlari bilan savo-sotiq olib borgan? Sharqiy Turkiston va Movorounnahr
100. Qorluqlar davlati savdogarlari chetga qanday mahsulotlar chiqargan ? Jun va Junli mahsulotlar: gilam, namat, sholcha
101. Qorluqlar Movorounnahrning shimoliy hududlarini qachon egallaydi ? X asrda
102. Qorluqlar qachondan Shosh atrofi va Farg’ona hamda Zarafshon vodiylariga kelib o’rnashadi ? X asrdan
103. O’g’uzlar VI asrning ikkinchi yarimi VII asrda qaysi davlat tarkibida bo’ladi ? Turk xoqonligi
104. Turk xoqonligi yemirilgach o’g’uzlar qaysi hududlarda muqim o’rnashib oladi ? Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo’ylarida
105. O’g’uzlar davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan ? Sirdaryoning quyi oqimi bo’yidagi Yangikent shahri
106. O’g’uzlar davlatiga qachon asos solinadi ? IX asr oxiri X asr boshlarida
107. O’g’uzlar qachon islom dinini qabul qiladi ? X asrdan boshlab
108. X asrning birinchi choragida o’g’uzlar shimoli-sharqdan siljigan qaysi qabilalar tomonidan qaqshatqich zarbaga uchraydi ? Qipchoqlar
109. Qorluqlar qaysi xalqlarning etnogeneziga kuchli ta’sir ko’rsatgan ? O’zbek va tojik
110. O’g’uzlar qaysi xalqlarning etnogeneziga kuchli ta’sir ko’rsatgan ? Turkman, ozarbayjon, qoraqalpoq
111. Arab xalifasi Horun ar-Rashid hukm surgan yillar ? 786-809-yillar
112. Horun ar-Rashidning o’g’illari Ma’mun va Aminlar o’rtasidagi taxt uchun kurash nechanchi yillarda bo’lgan ? 809-813-yillarda
113. Ma’mun ukasi Aminga qarshi kurashida unga kim yordam beradi ? Hirot viloyatining zoagonlaridan Tohir ibn Husayn
114. Ma’mun va Tohir ibn Husayn qo’shinlari qachon Bag’dodga yurish boshlaydi ? 813-yilda
115. Xalifa Ma’mun Tohir ibn Husayn yordami evaziga uni qaysi hududlarga noib etib tayinlaydi ? Xuroson va Movorounnahrga
116. Tohir ibn Husayn somonxudodning nabiralariga yorami uchun qaysi hududlarni beradi ? Nuhga Samarqand, Ahmadga Farg’ona, Yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga Hirot
117. Tohir ibn Husayn qachon xalifa nomini xutbadan chiqarib tashlaydi ? 822-yilda
118. Tohir ibn Husaynning davomchilari kimlar bo’lgan ? Talxa va Abul Abbos Abdulloh
119. Tohiriylardan Abul Abbos Abdulloh noibligi davri ? 830-844-yillar
120. Aka-uka Yaqub va Amir ibn Layslar qachon qo’zg’olon ko’taradi ? 873-yilda
121. “G’oziy” so’zining ma’nosi nima ? Haq din uchun kurashuvchi jangchi
122. “Safforiylik” bu qanay kasb turi hisoblanadi ? Miskar hunarmand
123. Aka-uka Yaqub va Amir ibn Layslar qachon Xuroson poytaxti Nishopurni egallaydi ? 873-yilda
124. Juma namozida hukmdor nomini aytib , uning nomiga duo o’qish nima deyiladi ? Xutba
Do'stlaringiz bilan baham: |