Mashina agregati - bitta yoki bir nechta mashinalarni ketma-ket yoki parallel biriktirish orqali hosil qilingan va ma’lum bir vazifalarni bajaradigan mexanik sistemadir. Odatda, mashina agregati energiya manbai (dvigatel), uzatish mexanizmi va ishchi qismdan iborat boʻladi. Hozirgi kunda mashina agregati tarkibiga informatsion va kibernetik mashinalar ham kiritilmoqda (2-rasm). CHunki, texnologik jarayonlarni bajarilishida inson ishtiroki kamaytirilmoqda va jarayonlar avtomatlashtirilmoqda. |