erkin nuqta deb ataladi. Material nuqtaning fazodagi harakati, biror geometrik va kinematik xarakterdagi shartlar bilan cheklab qo’yilsa, bunday material nuqta erksiz nuqta deb ataladi. Nuqtaning erkin harakatini cheklab turuvchi shartlar bog’lanishlar deb ataladi. Biri ikkinchisiga yoki, aksincha ikkinchisi birinchisiga nisbatan harakat qila oladigan ikki zvenoning qo’shilmasi kinematik juft yoki kinematik bog’lanish deb ataladi. Ikki zvenoning bir-biri bilan tegishib turgan yerlarini juftlarning elementlari deyiladi. - Har qanday mexanizm bir necha zvenoning bir-biri bilan ma’lum tartibda qo’shilishidan hosil bo’ladi. Mexanizm tarkibiga kiruvchi zvenolarning har biri ma’lum tartibda harakat qilishi shart. Agar sistema tarkibiga kiruvchi zvenolar ma’lum tartibda harakat qilmasa, u holda, bunday sistema mexanizm bo’lmaydi, tartibsiz harakat qiluvchi sistema bo’ladi.
- Kinematik juft tarkibiga kiruvchi zvenolarning tartibli harakat qilishi uchun, shu zvenolarning nisbiy harakatiga kerakli chek qo’yiladi va buni kinematik juftlardagi bog’lanish shartlari deb ataladi.
- Kinematik juftlar quyidagi belgilari bilan klassifikatsiyalanadi:
- 1. Bo’g’inlarning bog’lanish yuzalarinig turi bo’yicha :
- - Qo’yi kinematik juftlar -yuza yoki sirtda bog’lanadi;
- - Oliy kinematik juftlar- chiziq yoki nuqtada bog’lanadi.
-
- 2. Bo’g’inlarning nisbiy harakati bo’yicha:
-
- aylanma ilgarilanma-qaytma;
- -vintli; tekis yuzali; sferik.
- 3. Bog’lanish usuli bo’yicha (juftdagi bog’lanishni saqlash uchun):
- - kuch bilan
-
- Kinematik juftlar va ularni klassifikatsiyasi
- Erkin jism fazoda 6 ta harakatga ega ulardan uchtasi x, y, z o’qlari bo’ylab ilgarilanma harakatdan, uchtasi esa o’qlar atrofida aylanma harakatdan (2.1-rasm) iborat bo’lishi mumkin.
- Erkinlik darajasi N, bog’lanish shartlari sonini S bilan belgilasak, quyidagi tenglamani xosil qilamiz: S+N=6 yoki S=6-N.
- Tekislik ustida shar turgan bo’lsin, unda tekislik bilan shar birgalikda kinematik juft hosil qiladi.(2.2-rasm).
- SHar tekislikda 3 ta x, y , z o’qlari atrofida aylanma harakat va x, y o’qlari bo’ylab ilgarilanma harakat qilishi mumkin.
- SHar o’q bo’ylab pastga harakat qilolmaydi, chunki uning harakatiga tekislik to’sqinlik qiladi. SHarni yuqoriga ko’tarish yaramaydi, aks holda shar bilan tekislik orasida bog’lanish buziladi va juftlik yo’qoladi. S=6-N=6-5=1 Demak, shar bilan tekislik 1-sinf juft hosil qiladi.
- Birinchi sinf kinematik juft:
- S = 1; W = 5; oliy
- shar - tekislik
-
- Ikkinchi sinf kinematik juft:
- S = 2; W = 4; oliy
- shar - tsilindr
- Uchinchi sinf kinematik juft:
- S = 3; W = 3; quyi
- - tekislik bo’yicha
-
- - sferik sirt bo’yicha
- To’rtinchi sinf kinematik juft:
- S = 4; W = 2; quyi
- - sferik barmoqli;
-
- - silindrik
- Beshinchi sinf kinematik juft:
- S = 5; W = 1; quyi
- - aylanma
-
- - ilgarlanma-qaytma
- - vintli
-
Do'stlaringiz bilan baham: |