Smooth/Enhance – yuqori chastotali audiosignal spektrlarini
korreksiyalash.
Time Stretch – ton balandligini o‘zgartirmasdan fonogramma
uzunligini o‘zgartirish.
Volume - audiosignal darajasini o‘zgartirish.
Effects menyusida effektlar va qayta ishlov berish uchun
qo‘llaniladigan buyruqlar joylashgan:
Acoustic Mirror – juda aniq reverberator;
Amplitude Modulation - amplitudali modulyasiya (amplitudali
vibrato, tremolo);
Chorus - xorus;
Multi-Tap – kechikishning ko‘p tarmoqli chizig‘i;
Simple - diley;
Distortion - distoshn;
Graphic – grafik boshqariladigan dinamik protsessor;
Multi-Band – ko‘p polosali dinamik protsessor;
Envelope – amplitudali egiluvchanlikni shakllantirish;
Flange/Wah-wah - flenjer, feyzer va vau-vau;
Gapper/Snipper – absolyut jimlik fragmentlarini davriy qo‘yish va
fonogramma fragmentlarini o‘chirish;
Noise Gate - geyt;
Bend – berilgan grafikka mos holda tovush balandligining siljishi;
Shift – yozilgan intervalda tovush balandligining siljishi;
Reverb - reverberatsiya;
Vibrato - chastotali vibrato;
Wave Hammer – kompressor va maksimayzerdan iborat virtual
asboblar to‘plami.
Sound Forge da plaginlarni qo‘llaydigan vosita va texnologiyalar
ko‘rib chiqilgan:
FX Favorites – plaginlarni guruhlash uchun qo‘llaniladigan menyu;
Plug-In Manager – kompyuterga o‘rnatilgan plaginlarga ruxsatli
kirishni boshqarishga va plaginlardan iborat papkalar tizimini tartiblashga ruxsat
beradigan menyu;
Audio Plug-In Chainer – plaginlar zanjirini yaratish uchun oyna.
Plaginlar paremetrlarini egiluvchi chiziqlar (vaqt bo‘yicha parametr
qiymatlarining o‘zgarishi qonunini tasvirlaydigan grafika, 3-rasm) yordamida
avtomatlashtirish mumkin. Sound Forge da DX-plaginlari va VST-plaginlari
avtomatlashtirishi mumkin. Dasturda qo‘llaniladigan modullarning ichidan 15 tasi
avtomatlashtiriladi. Ulardan 13 tasi effekt va ishlov berish uchun (Sony Amplitude
Modulation, Sony Chorus, Sony Distortion, Sony Flange/Wah-wah, Sony Graphic
Dynamics, Sony Multi-Band Dynamics, Sony Reverb, Sony Simple Delay, Sony
Smooth/Enhance, Sony Track Compressor, Sony Track EQ, Sony Track Noise
Gate, Sony Vibrato), qolgan 2 tasi ovoz balandligi va panoramani o‘zgartirish
uchun (Sony Volume va Sony Pan) ishlatiladi.
3-rasm. Harakatda effekt parametrlarinin avtomatlashtirish
Paketli ishlov berish – bu ssenariyaga mos ravishda bir nechta
audiofayllarga navbat bilan avtomatik ishlov berishdir. Sound Forge da paketli
ishlov berish audiofayllar to‘plami formatlarini konvertirlash uchun; bir nechta
plaginlardan iborat fayllar to‘plamiga zanjirlar bilan ishlov berish uchun; olingan
fayllarni qayta nomlash uchun; faylga qo‘shimcha ma’lumot kiritish uchun
qo‘llanilishi mumkin. Paketli ishlov berish ishlov berish ssenariylarini tuzishga
ruxsat beradigan Batch Converter oynasi yordamida amalga oshiriladi.
Dasturda takomillashgan virtual o‘lchash asboblari mavjud.
Dasturning apparatlarini va tajriba tadqiqotlarini nazorat qilish uchun turli
strukturali test signallari bo‘lishi kerak. Sound Forge da test signallarining bir
nechta generatorlari sozlangan: ohanglar to‘plamidan iborat ovozlar generatori
(DTMF/MF Tones); chastota modulyasiyasidan iborat generator (FM Synthesis);
turli strukturali, jumladan shovqinli strukturadan iborat signallar generatori
(Simple Synthesis).
Sound Forge foydalanuvchilari tahlil qilishning quyidagi vositalariga ega:
yozuv monitoringi;
audiosignal xususiyatlarini statistik baholash;
yozilgan audiosignalning to‘lqinli shakli va darajasi parametrlarini
sonli tahlil qilish;
audiosignallarning stereofonik xususiyatlari va mosligini vizual tahlil
qilish;
audiosignal spektrini sifatli va sonli tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: