Sound Forge 9 dasturining imkoniyatlari
Ovozni yozish va qayta ishlashning asosiy uskunalarini o‘z ichiga olgan
dasturiy vositalar mavjud bo‘lib, ulardan biri Sound Forge dasturi hisoblanadi.
Sound Forge 9 dasturi audiomaterialni audiodiskda aylantirish uchun
mo‘ljallangan, ovoz yozishni bajaradigan vositalar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Bu
dastur nafaqat stereofonik, balki ko‘p kanalli ovozli fayllarni tez va sifatli yozish
imkonini beradi. Dasturda ovozni tahlil qilish, yozish va tahrirlash uchun; eski
fonogrammalarni raqamli ko‘rinishga keltirish va restavratsiya qilish uchun;
atrofdagi akustik xususiyatlarni modellashtirish uchun; multimediya dasturlarda
ovozni loyihalash uchun; diskni ko‘paytirish uchun vositalar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |