Sound Forge ovozni qayta ishlashning yuqori sifati, bajarish tezligi va
algoritmlar aniqligi kabi ishlarni bajaradi. Dastur barcha funksiyalarga sozlangan
uskunalar paneli orqali ruxsatli kirish, tahrirlash va eshitish jarayonida to‘lqinli
shaklning sifatli grafik tasvirlanishi (signalogramma) kabi qulay foydalanuvchi
Dastur oddiy tizim talablariga moslashgan bo’lib, tizimda kuchli yuklanish
jarayonida ham ishlaydi.
Dastur fonogrammani keraksiz shovqinlar, chertkilar, o‘zgarvchan tok
fonidan tozalash va restavratsiya qilish uchun ishlatiladi.
Sound Forge dasturi butun fayldagi ovozni spektrial tahlil qiladi. Ovozni
eshtish vaqtida spektrial o‘zgartiradi. Signal spektri oddiy amplituda-chastotali
spektrial funksiya, ko’plab bir vaqtda tasvirlanadigan sloylar (vaqt shkalasiga
birlashtirilgan bir lahzali spektrlar) yoki rangli grafika - sonogramma ko‘rinishida
berilishi mumkin. Sound Forge dasturi chastota, amplituda va davomiylik hamda
shovqinning sinusoidali, to‘g‘ri burchakli, arra ko‘rinishli, uchburchak
ko‘rinishlarinining oddiy to‘lqinlarini sintez qilish vositalaridan iborat. Sound
Forge keyinchalik semplerlarda ishlatish mumkin bo‘lgan semplarni tahrirlaydi.
Dastur videoroliklarni ochishga, ovozli yo‘lakni qo‘shish va tahrirlashga, tasvirli
ovozni sinxronizatsiya qilishga ruxsat beradi.
Sound Forge 9 da ovoz yozish uchun zarur dasturiy vositalar mavjud.
Ovozli karta yordamida ixtiyoriy manbadan kelayotgan ovoz yozishni bajarish
mumkin. Bundan tashqari, yozuvni “qo‘l” orqali boshqarib, avtomatik yozuvning
turli rejimlarini bajarishi mumkin.
Stereofonik va ko‘p kanalli audiofayllarni yuqori aniqlik bilan tahrirlash
mumkin.
1-rasm. Alohida ovozli hisoblarni qaytadan chizish
Tahrirlashda kesib olish, nusxa olish, qo‘yish, ovozli ma’lumotlarni
mikshirlash qo‘llaniladi. Dasturda kanallar va fayllar orasidagi ma’lumotlarni
qulay o‘tkazish uchun Drag and Drop texnologiyasi qo‘llaniladi.
Sound Forge 24 bitgacha ruxsat berilgan va 192 kilogersgacha
semplashtirish chastotasida suzuvchi nuqtali 32/64 bit ovozli ma’lumotlarni
tasvirlashga, raqamli ovozni yuqori aniqlakda eshitishga ruxsat beradi. Yozuvda
musiqali asboblar va vokalning juda past ovozi saqlanadi.
Dasturga kuchli va moslashuvchan virtual effekt-protsessor o‘rnatilgan.
Unda 40 dan ziyod professional studiya effektlari mavjud, ularga quyidagilarni
keltirish mumkin: normalizatsiya, ekvalayzer, diley, xorus, universal dinamik
ishlov, geyt, ton balandligini o‘zgartirish, flenjer va vibrato. Sound Forge ga aniq
chatota polosalarida signalning dinamik diapazoniga samarali ta’sir etishga ruxsat
beradigan ko‘p polosali kompressor o‘rnatilgan.
Sound Forge 9 audioeffektlar sonini cheksiz ko‘paytiradigan DX-i VST-
plaginlarni ishlatadi. Audiofayllarning kattagina qismini avtomatik paketli ishlov
berish rejimida ixtiyoriy murakkablikdagi bir turli algoritm bo‘yicha o‘zgartirish
mumkin.
Sound Forge 9 AVI, WMV, MPEG-1 va MPEG-2 kabi videoformatlarni
qo‘llaydi, tasvir va ovozni kadrosti sinxronizatsiyasini ta’minlaydi. Dasturga
MPEG-2 va WMV-kodlashtirish formatida fayllarni yozish uchun shablonlar
kiritilgan. Sound Forge 9 ko‘p kanalli WMA-audiofayllarni yuklash va
tahrirlashga, Dolby Digital AC-3 sozlangan plaginni ishlatib AC-3 formatli
surround-fayllarga ko‘p kanalli audiofayllarni eksport qilishga ruxsat beradi.
Sound Forge 9 dasturining xarakterli xususiyatlari:
Microsoft Windows Vista platformasi bilan to‘liq moslanganligi.
Foydalanuvchining sozlangan interfeysi.
Gracenote MusicID Media Recognition Service ni qo‘llash.
Sony Music Studios Internet Mastering (SIM) ga ruxsatli kirish.
24 bitgacha ruxsat berilgan va 192 kilogersgacha semplashtirish
chastotasida suzuvchi nuqtali 32/64 bit ovozli ma’lumotlarni tasvirlashni qo‘llash.
In-place texnologiyasi bo‘yicha Regions List va Playlist oynalari
regionlarini tezkor tahrirlash va sortirovka qilish.
Tez qidiruv, Media Explorer oynasi orqali media-fayllarni ko‘rish va
oldindan eshitish.
Sound Forge 9 ning yangi elementlari ko‘p kanalli ovozga bevosita
munosabatda bo‘ladi. ularga quyidagilar kiradi:
Ovozni ko‘p kanalli yozish;
Multichannel Windows Media formatni ishlatish;
Ko‘p kanalli audiofayllar uchun konvertor;
Spektrning Spectrum Analysis ko‘p kanalli analizatori;
Dolby Digital AC-3 da eksport qilish uchun koder.
2-rasm. Ko‘p kanalli ovozni qo‘llash
Do'stlaringiz bilan baham: