Vice rector for finance and economics



Download 14,09 Kb.
Sana03.06.2022
Hajmi14,09 Kb.
#631697
Bog'liq
kurs ishi doc.x




ТОШКЕНТ КИМЁ-ТЕХНОЛОГИЯ ИНСТИТУТИ МОЛИЯ ВА ИҚТИСОД ИШЛАРИ БЎЙИЧА ПРОРЕКТОР
VICE RECTOR FOR FINANCE AND ECONOMICS
_________________________________________________


Б.Қодиров

«___»__________ 2022 й.
05-1-7/


Maktab o‘quvchilari bilimini baholash bo‘yicha PISA tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi
2022 yilda O‘zbekistondagi ta’lim sifati xalqaro PISA dasturi doirasida baholanadi. Rossiyalik mutaxassis Galina Kovaleva O‘zbekiston ta’lim sifatini baholashga tayyorgarlik ko‘rishda qanday yordam ko‘rsatilayotgani, postsovet ta’lim tizimlari tomonidan olingan «o‘rtacha ko‘rsatkichdan past» natijalar va qanday baholash natijalarini kutish mumkinligi haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

Foto: Shuhrat Latipov / «Gazeta.uz»

2022 yilda O‘zbekiston Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturida (Program for International Student Assessment, PISA) ishtirok etadi. O‘zbekistonni ushbu xalqaro dasturga tayyorgarlik ko‘rishiga Rossiya ta’lim akademiyasining Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Ta’lim sifatini baholash markazi ko‘maklashmoqda.

24−25 avgust kunlari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Jahon bankining READ dasturi doirasida Xalq ta’limi vazirligi va Rossiya Ta’lim strategiyalarini rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda «Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish — inson kapitalini rivojlantirish omili» mavzusida Rossiya ta’lim akademiyasi Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Rossiya ta’lim sifatini baholash markazi rahbari Galina Kovaleva ishtirokida xalqaro onlayn vebinar o‘tkazilgandi.

Ma’lumot uchun, Galina Kovaleva 1993 yildan buyon Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)da, 2013 yildan boshlab PISA xalqaro tadqiqotlari boshqaruv kengashida Rossiyaning vakili hisoblanadi. 1989 yildan 2018 yilgacha milliy koordinator sifatida Rossiyada umumiy ta’lim sifati bo‘yicha — IAEP, TIMSS, CIVIC, PIRLS, PISA xalqaro qiyosiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan. 1994 yildan hozirgi paytgacha TIMSS xalqaro tadqiqot dasturi doirasida tabiiy fanlar bo‘yicha ta’lim yutuqlarini baholash vositalarini ishlab chiqadigan xalqaro ekspertlar guruhi ishida qatnashmoqda. Amalga oshirilgan ishlar rus va xorijiy nashrlarda (200 dan ortiq ishlari) e’lon qilingan.

"Gazeta.uz"da reklama


«Gazeta.uz» mutaxassisning Ta’lim inspeksiyasiga bergan intervyusidan muhim parchalarini e’tiboringizga havola etadi.

Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha O‘zbekiston bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida nimalar deya olasiz?


— Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ushbu masalada aynan bizning institutga hamkorlik va yordam borasida murojaat qilib, tashabbus bilan chiqqanligi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Rossiya xalqaro tadqiqotlarda 1988 yildan (30 yil) buyon, PISA xalqaro tadqiqot dasturlarida esa tadqiqotning ilk davri — 2000 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. Men 2000−2020 yillarda Rossiyaning PISA xalqaro tadqiqotlari bo‘yicha milliy koordinatori bo‘lganman.

Shuningdek, hamkorligimiz dastlabki kunlardanoq juda yaxshi va samarali tashkil etilganini e’tirof etmoqchiman. Biz READ (Rossiya Moliya vazirligi va Jahon banki o‘rtasidagi Rossiya ta’limini rivojlantirish va ko‘maklashish dasturi) doirasidagi ilk seminarda ishtirok etish uchun Moskvaga kelgan delegatsiyani yaxshi eslaymiz. (2019 yil fevral).

Mazkur loyiha doirasida o‘zbekistonlik hamkasblarimizga birinchi tayyorgarlik uchun Moskvada ilk seminarlar tashkil etilgan edi. Ushbu seminar uchun barcha viloyatlardan mutaxassislar tanlab olingani, ular bilan tayyorgarlik ishlari, suhbatlar olib borilgani va juda katta qiziqishga ega bo‘lgan mutaxassislar tashrif buyurgani bizni qoyil qoldirgan va xursand qilgan. Oldiga aniq maqsad qo‘yilgan mutaxassislar bilan ishlash biz uchun ham yaxshi maktab bo‘lgan edi. Zero, mamlakat xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishni o‘z oldiga aniq maqsad qilib qo‘ygan.

Prezident va hukumat tomonidan ta’lim tizimi oldida aniq vazifalar qo‘yilgani, bu shunchaki ta’lim holatini nazorat qilish emas, balki таълим tizimining qanday ahvoldaligi haqida ma’lumot beradigan, ta’lim sifatini yaxshilashga ko‘maklashadigan va uni yanada raqobatbardosh qiladigan yo‘nalish ekanligi hammaga tushuntirilganligiga amin bo‘ldik.


Bizning nazarimizda, birgalikda o‘tkazayotgan seminarlarimiz O‘zbekistonning raqobatbardoshligini global oshirish mexanizmi hisoblangan xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishga tayyorlash uchun juda muhim. Umid qilamizki, ushbu seminar doirasida muhokamadan so‘ng o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimini yaratishga kelishib olamiz. O‘zbekiston ta’lim inspeksiyasi va vazirlik tomonidan o‘zbekistonlik va rossiyalik pedagoglar, metodistlar va ta’lim sohasi mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish uchun platforma yaratildi. Ushbu platforma orqali biz tajriba almashish va turli mamlakatlarning natijalarini o‘rganish, tadqiqotga qanday tayyorgarlik ko‘rishlarini tahlil qilish va mamlakatni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash vositalarini birgalikda ishlab chiqishni rejalashtirmoqdamiz.

Ishonchim komilki, o‘zbekistonlik hamkasblarimning professional darajasi, qiziqishi va motivatsiyasi yaqin orada yaxshi natija beradi. Shuning uchun ham men hamkorligimizni yuqori baholay olaman.

PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun nima qilish kerak?


Yaxshi natijalar ko‘rsatish uchun hech bo‘lmaganda 2 maqsadga ega bo‘lish kerak: birinchisi, o‘qituvchilar va ular ishlaydigan, foydalanadigan materiallarni tayyorlashdir. Zero xalqaro tadqiqotlarda bejizga maktablarda ta’lim sifati o‘qituvchilarning kasbiy darajasiga bog‘liq, deb aytishmaydi. Demak, o‘qituvchilarni tayyorlashga mablag‘ ajratish va yangi o‘quv materiallarini yaratish kerak. Tegishli vazirliklar malaka oshirish tizimiga investitsiya kiritishi, moliyalashtirishi va uslubiy qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratishi lozim.

Xalqaro tadqiqotlardagi natijalarni yaxshilash uchun o‘qituvchilarni maqsadli tayyorlash va ta’lim jarayonida o‘qitish metodikasi va ustuvor tamoyillarni o‘zgartirish zarur. Buning uchun biz o‘qituvchilarni tayyorlashimiz, rivojlantiruvchi ta’limning yanada faol tizimini tatbiq etishimiz va o‘qituvchilarni ta’lim jarayonida yanada muvaffaqiyatli foydalana oladigan materiallar bilan ta’minlashimiz kerak. Bu eng muhimi va siz hozir to‘g‘ri yo‘ldasiz, ancha oldin PISA va PIRLS tadqiqotlari topshiriqlari xususiyatlarini ochib beruvchi materiallar bilan to‘plamlarni chop etdingiz. Endi esa bu vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirib, paydo bo‘layotgan muammolarni hal qilish ustida ishlash kerak.

PISAda ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?
PISA natijalari 2023 yil oxirida e’lon qilinadi. Menimcha, bu juda muhim qaror. Mamlakatlar xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishlari kerak, chunki ular bizning ichki holatimizdan emas, balki xalqaro standartlar nuqtai nazaridan tashqi baho berishadi. Bu birinchisi.

Ikkinchidan, ilk yillardan qandaydir juda yaxshi, ijobiy natijalar olish haqida gapirib bo‘lmaydi. Rossiya 2000 yildan beri xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etib kelmoqda va PISA bo‘yicha bizning natijalar o‘rtacha xalqaro darajadan past edi. Faqat 18 yil davomida ta’limga katta sarmoya kiritish orqali PISA tadqiqotidagi natijalarimiz Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ning o‘rtacha ko‘rsatkichlariga yaqinlashdi. Buni qanday izohlash mumkin? Bu bizning rus maktabimiz (qaysidir ma’noda sovet maktabi) ko‘proq fan natijalariga, ya’ni yosh avlodga yaxshi, chuqur va uzoq muddatli bilimlarni berishga e’tibor qaratganligi bilan izohlanadi. Ijodkorlikni rivojlantirishga bunaqa ehtiyoj yo‘q edi, olingan bilimlar barcha o‘quvchilar tomonidan turli hayotiy vaziyatlarda ishlatilishini ta’minlash uchun vaqt ham bo‘lmagan.

Siz ishtirok etadigan yo‘nalish juda muhim va yuqori natijalar berishi dargumon. Lekin ularni to‘g‘ri idrok etish uchun, albatta, tadqiqotga jalb etilgan hamkasblarimiz postsovet mamlakatlarida bo‘layotgan voqealarni yaxshi tahlil qilishlari zarur.

Xuddi shu maqsadda vebinar davomida Belarus va Qozog‘iston Respublikasining natijalarini ko‘rsatib o‘tdim. Bu sizga ilgari umumiy ta’lim tizimiga ega bo‘lgan qo‘shni mamlakatlar qanday natijalarga erishilganligini ko‘rish imkonini beradi. Agar mamlakatingizda ta’lim tizimi qanday tashkil etilgani, boshqa mamlakatlarda qanday o‘zgarishlar ro‘y berayotgani haqida tushunchaga ega bo‘lsangiz, hech bo‘lmaganda natijalar qanday bo‘lishi va eng muhimi, odamlarni qanday tayyorlash haqida ba’zi bashoratlar qilishingiz mumkin. Bu natijalarni Rossiya bilan solishtirib bo‘lmasa kerak. Ta’lim tizimini o‘zgartirmasdan juda ko‘p ishlarni amalga oshirgan Belarus va Ukraina (ayniqsa Belarus) Rossiya bilan taqqoslanadigan natijalarga erishdi. Lekin hali ham o‘rtacha xalqaro natijalari ancha past. Men nima uchun shundayligini tushuntirib o‘tdim: bizning ta’lim tizimimiz yaxshi va mustahkam bilimli muhandis kadrlar tayyorlashga asoslangan boshqa yo‘nalishga ega edi. Bu juda muhim, lekin biz boshqa tomonni ta’minlay olmadik.

Shuning uchun maslahatim maqsadga bosqichma-bosqich erishish, e’lon qilingan g‘oya va islohotlarni joriy etish. Boshqa tomondan, natijalarni batafsil muhokama qilish uchun jamoatchilik va professional hamjamiyatni tayyorlashimiz, biz bu natijalar bilan nima qilishimiz va ushbu natijalarni rivojlanish uchun platforma sifatida qabul qilish bo‘yicha mamlakatni tayyorlash kerak.

Xalqaro ekspert sifatida MDH davlatlari ta’lim tizimi va ularning xalqaro tadqiqotlar borasidagi tajribasi bilan tanishsiz. Sizningcha, o‘zbekistonlik o‘quvchilar PISAning qaysi sohalarida yaxshi natijalar ko‘rsata oladi va qaysilarida esa yo‘q?


Mamlakatingiz ushbu tadqiqotlarda ilk marotaba ishtirok etayotgani uchun hozircha aniq natijalar yo‘q va bir narsa deyish qiyin. Lekin bu bo‘yicha o‘z taxminlarimni aytishim mumkin. Matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha natijalar o‘qish savodxonligi bo‘yicha ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘ladi deb o‘ylayman.

Gap shundaki, PISAda o‘qish savodxonligini baholash vositalari keskin o‘zgargan. Bu borada Rossiya natijalari ham 2018 yilda bir oz yomonlashganini ko‘rdik. Shuningdek, o‘quvchilarning test sinovlarini baholash uchun yangi baholash formati (kompyuter platformasi) joriy qilinibgina qolmay, balki o‘quvchilarga butunlay boshqa matnlar taklif etildi: ko‘p o‘lchovli matnlar, ziddiyatlarni aniqlash, nuqtai nazarni yoki manbalar sifatini aniqlash kerak bo‘lgan matnlar. Shuning uchun bu yo‘nalishda o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarining natijalarida uncha katta siljish bo‘lmasligi mumkin, deb o‘ylaymiz. Lekin umid qilamizki, matematika va tabiiy fanlardan, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Gruziya kabi mamlakatingiz ham dastlabki bosqichlarda yaxshi natijalar ko‘rsatadi. Biz bundan umidvormiz.

«Газета.uz» 13 213
#pisa #ta’lim inspeksiyasi #xtv

Materialga izohlar


Siz avtorizatsiyadan o‘tmagansiz. Sharh qo‘shish uchun saytga kiring.
Kirish

So`nggi yangiliklar


3−4-fevral kunlari Senat yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi
Bugun, 18:42

«UZIMEI byurokratik va noqulay tizim» — Jahon banki iqtisodchisi


Bugun, 18:16

Denov va Qiziriq tumanlari hamda Angren shahriga yangi hokimlar tayinlandi


Bugun, 18:13

Toshkent hokimligi binolar yoshini ko‘rsatuvchi interfaol xaritani ishga tushirdi


Bugun, 17:17

Dollarning rasmiy kursi pastladi


Bugun, 16:30

Zararli va yoqimsiz hidlarni huquqiy tartibga solish taklif etilmoqda


Bugun, 16:22

Azamat Fayziyev Nurota tumaniga hokim bo‘ldi


Bugun, 15:30

Shavkat Mirziyoyev hafta yakunida Xitoyga boradi


Bugun, 15:15

Qiziqarli maqolalar


1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?
Kecha, 20:25

Markaziy Osiyo zulmatda. Avariyaga nima sabab bo‘ldi, u takrorlanishi mumkinmi, energiya halqasi qanday tuzilgan?


28 yanvar 12:13

Tashqi savdo defitsitining o‘sishi. Bu milliy iqtisodiyotimiz uchun xatarlimi?


28 yanvar 00:46

Aybsiz aybdorlar yoki Davlat soliq qo‘mitasiga bir nechta savol


27 yanvar 11:03




Download 14,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish