2. Dirijorlikda oyoqlarning holati, nimaga asoslangan?. (video yozuv orqali jo’nating)
2.Oyoqlar holati. Dirijor to‘g‘ri, o‘ng oyog‘iga tayangan holda turadi, oyoq sal oldinga surib qo‘yiladi. Oyoqlar dirijor uchun tarang tayanch holatni yuzaga kåltirib, og‘irlik tovonlarga tushmasligi kårak. Oyoqlarni o‘ta kång qilib qo‘yish ham, bir-biriga taqab qo‘yish ham mumkin emas. Musiqa tåzligiga tizzalarni bukish, turgan joyida yurishi mumkin emas.
3-Topshiriq.
1. O'quvchilami dirijorlik ishoralami tushunib kuylashga o'rgatish. (yozma)
1. Har qanday jamoaviy ijroni hozirgi davrda dirijyor boshqamvisiz yani dirijyorlik san’atisiz tasavvur etib boMmaydi. Jamoa ijrosini badiiy mazmunli, yoqimli, badiiy emotsionalligi, ovozlari jo‘rnovozligi, qo‘shiq va cholg‘u ijrosining uyg‘unligi, kuy rivoji-barcha barchasi dirijyorlik boshqaruvi ostida gavdalanadi. Umumta’lim maktablarining musiqa darslarida jamoa bo‘lib qo‘shiq kuylash darsning, musiqa ta’limi va tarbiyasining yetakchi shakli bo‘lganligi bois, bu faoliyatda o‘quvchilami dirijyorlik ishoralarini tushunib kuylashga o‘rgatish musiqa ta’lim va tarbiyasining muhim vazifalaridan sanaladi. O’quvchilarni dirijyorlik amaliyotidan zarur tushincha, bilimlarga egaligini ta’minlamasdan har qanday jamoaviy ijro to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin emas. Та’limning dastlabki davrlaridan boshlab, qo‘shiq kuylash (maktab musiqa ta’limida bir sinf o‘quvchilari bir jamoa, yani xor jamoasi hisoblanadi va qo‘shiq kuylash jamoaviy (xor tarzda olib boriladi) faoliyatida o'quvchilarga dirijyorlik harakatlari haqida ilk tushunchalar berib boriladi. Maktab musiqa darslarida o‘quvchilarga dirijyorlik bo‘yicha beriladigan tushunchalar dastlab o‘qituvchining qo‘l harakatalirga qarab, musiqiy asar ritmini his etib, unga qarsak chalib, biror predmet bilan partaga chertib, ritmni berish malakalarini egallashlariga qaratiladi. Bolalarda ma’lum darajada ritm tuyg‘usi (ritmni his qilish, musiqiy asarga ritmning jo‘r bo‘lishi, o‘qituvchining qo‘l harakataliriga qarab kuylash) shakllangach, ularga dirijyorlikning ilk saboqlari - dirijyorlik qoidalari, dirijyorlik atamalari, ishoralari haqida tushunchalar berila boshlanadi. Bular qatorida “diqqat”, “nafas olish” (qo‘shiq ijrosidan oldin) auftakt, “ijroni boshlash”, “ijroni tugallash” haqida tushunchalar amaliy ko‘rsatmalar orqali tushuntiriladi. Bolalar dastlab qo'shiq kuylash jarayonida mana shu elementlarga muvofiq kuylash malakalarini egallashlari lozim. Albatta, bu tushunchalami egallash qo‘shiq aytish qoidalari bilan birgalikda tushuntirib borilishi yaxshi natija beradi. Bu o‘rinda o‘qituvchining qo‘l harakatlari bo‘rttirib ko'rsatishi, mimikasi, ritm, su’ratni aniq ifodalovchi harakatlari muhim ahamaiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |