Kelgusi rejalar (tahlil va o’zgarishlar)
|
O’qituvchi:Yangi pedagogik texnologiyalarni darsda tadbiq etadi va o’z ustida ishlaydi. Mavzularni hayotga bog’lashni o’rganadilar.
O’quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o’rganadi. Fikrni tahlil qilib bir qarorga kelish ko’nikmasini hosil qiladi.
|
III chorak
Mavzu: Protsentga oid masalalr yechish. Berilgan sonning berilgan protsentini topish.
Dars maqsadi: O’quvchilar
Berilgan sonning berilgan protsentini topishni o’rganadilar.
Matemetika darsida iqtisodiy va siyosiy muammolarni yechishni o’rganadilar.
Shaxslararo muloqot, qaror qabul qilish va hamdardlik ko’nikmalarini rivojlantiradilar.
Dars uslubi: guruh bilan ishlash
Vosita: har bir guruh uchun kartochka nusxalari, konvertlar, qaychi, yelim, flip-chart, markerlar, rolli kartochkalar.
Usul: guruhlar ishi.
Dars shakli:. savol -javob, jamoa, taqdimot
Dars bosqichlari:
-refliksiya
- o’quvchilarni guruhlarga ajratish, rollarni taqsimlash.
- guruhlar ishi
- guruhlar ishi taqdimoti
- muhokama
- dars yakuni
O’quvchilar bilan salomlashib, refleksiya mashqi o’tkaziladi.
O’quvchilar guruhlarga ajratiladi. Guruhlar besh nafardan oshmasligi lozim. Har bir guruh alohida oila ekanligi tushuntiriladi. Oilaning maqsadi kelgusi oyga oila byudjetini tayyorlash. Har bir oilada ota, ona, bolalar, buvi yoki buva bo’lishi mumkin. Endi guruhlar ichida rollar taqsimlanishi kerak. So’ng oilaviy familiya o’ylab topishlari zarur.
Har bir guruhga kartochkalar solingan konvert tarqatiladi. Konvert ichidagi kartochkalarga oila byudjetiga qo’shish kerak bo’lgan narsa, buyumlar nomi yozilgan. Faqatgina ana shu yozilgan narsalar haqida munozara yuritiuladi. Har bir narsaning foizi kartochkada yozilgan. Uni o’zgartirish mumkin emas. Oila byudjetini o’qituvchi belgilaydi, masalan 300 ming so’m. har bir oila byudjetiga nimani qo’shishni va qo’shmaslikni hal qiladilar. Byudjet demokratik tamoyillar asosida tuzilishi maqsadga muvofiq.
Barcha guruhlar ishini yakunlaganidan so’ng, kartochkalar flip-chart qog’oziga yopishtirilib, doskaga ilinadi. Hamma ishtirokchilar guruhlar byudjeti bilan tanishib chiqadilar. Guruhlar qaysi guruhning byudjeti to’g’ri taqsimlanganini aniqlaydilar.
Ishtirokchilarning umumiy doiraga kelib o’tirishlari so’raladi. Va muhokama boshlanadi.
oila qanday qilib byudjetni aniqladi. Foizga ko’ra son to’g’ri topildimi.
qaror qabul qilayotganda qanday mezonlarga ahamiyat berdingiz.
qaysi guruhlar byudjeti davlat byudjetini o’zida aks ettirgan.
nima uchun davlatlar qurollanish uchun juda ko’p mablag’ ajratadilar.
guruhlar ishi baholanadi.
GURUHLAR UCHUN KARTOCHKALAR
O’ziq ovqat (20 %)
|
O’yin va o’yinchoqlar (2 %)
|
Suv uchun hisob to’lovi (2%)
|
Uyni qo’riqlash uchun signalizatsiya (15%)
|
Sport mashg’ulotlari uchun to’lov (3%)
|
Kompyuter (8%)
|
Lotareya (1%)
|
Uyni yangilash va remont uchun (40%)
|
Yangi mashina (80%)
|
Kiyim (20%)
|
Jonivorlar uchun ozuqa (1%)
|
Dam olish uchun (10%)
|
Elektr energiyasi uchun to’lov (2%)
|
Transport (4%)
|
Tug’ilgan kunga sovg’a (4%)
|
Kir yuvish mashinasini tamirlash uchun (2%)
|
Kvartira to’lovi (3%)
|
Shaxsiy qurol (4%)
|
Uyga yangi texnika (10%)
|
O’quv qurollari (3%)
|
Buvisi va buvasiga moddiy yordam (10%)
|
Shaxsiy xavfsizlik qurolari (Gaz balonchigi Elektro shok) (10%)
|
Restoranda oilaviy kechki ovqat (15%)
|
Telefon uchun to’lov (5%)
|
Oilaviy tibbiy sug’urta (10%)
|
Mashina uchun signalizatsiya (3%)
|
Uy qorovullashga o’rgatilgan kuchuk (4%)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |