Dars uslubi: Meta-plan usuli
Vosita: Slaydlar, multimedia vositalari
Usul: Meta-plan kartalari
Dars shakli: Tadqiqot, guruhlarda va juftlikda ishlash
Dars bosqichlari:
-Refliksiya
- Tadqiqot
- Guruhda meta-plan usulini qo’llash
-“Delfin ” mashqi
- amaliy-ijodiy ish
- O’quvchilar tomonidan darsni baholash
Darsning borishi:O’quvchilar bilan salomlashib ularga yelimli qogozchalar tarqatiladi va “O’tgan kechagi kuningizda siz uchun nima muhim bo’ldi?” savoliga javob yozishlari so’raladi. Javoblar siyosat, oila va darsga oid bo’lishi mumkin. Ranglarga qarab o’quvchilar javoblarni o’qib qog’ozchalarni doskaga yopishtiradilar. Doskada turli tasvirlar yaratish mumkin. Masalan: O’zbekiston bayrog’i, quyosh…
O’zbekiston bayrog’i hosil bo’lgandan so’ng, “O’zbekistonimizdek hur Vatanda komil inson bo’lib yetishishimiz uchun biz o’zimizda qanday ko’nikmalarni rivojlantirib borishimiz lozim” savoli bilan “Aqliy hujum” o’tkaziladi.
-hamkorlik
-hamdardlik
-qaror qila olish
-muomalani o’rganish
- bu ko’nikmalarni biz guruhda ishlash jarayonida rivojlantiramiz.
O’quvchilar o’tirgan joylarida ikkitadan parta bitta guruhni tashkil etadi. Bugungi mavzu e’lon qilinadi. (Ekranda mavzu yoritiladi.)
Bir xil maxrajli kasrlarni qo’shish va ayirish qoidalarini takrorlab olinadi.
Ekranda
; ; ;
Yoki
Misolning yechilishini qanday izohlaysiz?
O’quvchilar o’zlari namunadan foydalangan holda har xil maxrajli kasrlarni qo’shish va ayirish bosqichlarini ifodalashlari lozim.
I bosqich: kasrlar bir xil maxrajga keltiriladi
II bosqich: Bir xil maxrajli kasrlarni qo’shish qoidasidan foydalanib qo’shiladi. Guruhlar uchun topshiriq ekranda namoyish qilinadi. Har bir guruh berilgan misolni bosqichma-bosqich yechishi kerak. Bosqichlar meta-plan kartaga alohida yozilib, flip-chart qog’ozga yopishtiriladi. Topshiriq 702, 703, 704, 705-misollardan iborat.
Har bir huruh o’z ishining taqdimotini o’tkazadi va bosqichlar birma-bir tushuntiriladi.
O’quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
Har xil maxrajli kasrlarni qo’shish va ayirish bosqichlarini eslab qoldingizmi?
Bosqichlarni ajratib ayting?
Guruhda ishlash sizga yoqdimi?
Qaysi guruhning ishi samaraliroq bo’ldi?
Nima uchun?
Kimning fikri inobatga olinmadi? Nima uchun?
Diqqatni jamlash mashqi o’tkaziladi. Mashq “Delfin” deb nomlanib, qo’l harakati bilan delfin suzishi va to’siq tasvirlanadi. Delfin to’siqdan har sakraganida o’quvchilar qarsak chalishlari kerak.To’siqdan o’tmasa qarsak chalinmaydi.Mashq yakunida eng diqatli o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Ekranda juftliklar uchun topshiriq yoritiladi. Har bir juftlik o’ziga topshiriqni tanlaydi. O’quvchilar tasvirlangan shakllarni perimetrlarini topishlari lozim.
Ushbu shakllarni o’quvchilar rangli qog’ozlardan qirqib, turli tasvirlar yasaydilar.
Flip-char qog’ozga rangli shakllarni yopishtirib, perimetrni hisoblaydilar.
P=
Juftliklar o’z ishlarini tugatib tadqiqot o’tkazadilar. Doskaga barcha ishlar yopishtiriladi.
O’quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
- Sizga juftliklarda ishlash yoqdimi?
- Meta-plan karta usuli nimasi bilan qiziq ekan?
-Sizga kim bilan ishlash yoqdi? NIma uchun?
- Hammaning fikri inobatga olindimi?
Darsimizga yakun yasab baxolashni sizga havola qilaman.
Doskaga quyidagicha tasvir yopishtiriladi.
“Dars qiziq o’tdi ” “Guruh ishi samarali bo’ldi”
“Mavzuni to’la tushundim” “Bosqichlarni eslab qoldim”
Sizning oldingizda to’rttadan “O’qlar” bor. Har birini o’zingiz lozim topgan joyga yopishtiring.
O’quvchilar darsning qiziq o’tganini, guruhlar ishi samarasini, mavzuni to’la tushunganlarni va har xil maxrajli kasrlarni qo’shish va ayirish bosqichlarini qay darajada eslab qolganlarini besh balli tizimda baholaydilar. O’quvchilar baholari muhokama qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |