6-1 rasm
Auditning ob’ektiga
ko’ra klassifikatsiyalari
Moliyaviy hisobotlar
auditi
Operatsion audit
Muvofiqlik auditi
Moliyaviy hisobotlar
tekshiriladi
Me’zon: BXMS
Moliyaviy
hisobotlarning
BXMSga asosan
tuzilgani yuzasidan
auditor xulosasi
Butun korxona yoki
uning biror bo’limi
faoliyatini
samaradorlik nuqtai
nazaridan o’rganish
Me’zon: tegishli
qonun-hujjatlar,
yo’riqnomalar
Korxona faoliyatini
qonuniylik nuqtai
nazaridan tekshirish
Korxona
faoliyatining
belgilangan qonun-
xujjatlarga mosligi
yuzasidan hisobot
Me’zon: Korxona
tomonidan
belgilangan
maqsadlar, rejalar
Tavsiyalar aks etgan
hisobot
Tashqi audit
Ichki audit
Zamonaviy auditorlik faoliyati o’z funktsional vazifalariga
ko’ra quyidagi ikki guruhga bo’linadi:
Tashqi audit
– korxona taqdim etayotgan yillik moliyaviy hisobotlarning BXMSga
asosan tuzilganini tekshirish maqsadida shu korxonaga nisbatan to’liq mustaqil
xisoblangan auditor tomonidan o’tkaziladigan tekshiruvdir. Tashqi audit asosan biz
yuqorida ko’rib o’tgan moliyaviy hisobotlar auditdan iborat. Lekin, bu tur auditga
qo’shimcha tarzida, muvofiqlik yoki operatsion audit xam o’tkazilishi mumkin.
Tashqi audit tekshiruvini o’tkazishning muxim shartlaridan biri shuki, bu tekshiruvda
qatnashayotgan auditor shu audit tekshiruvidan o’tayotgan korxonada xech qanday
iqtisodiy manfaatga ega bo’lmasligi kerak. Misol uchun, tekshiruvni o’tkazayotgan
auditor shu korxona ta’sischisi, egasi, aksiyadori, rahbari yoki boshqa mansabga ega
bo’lishi, shuningdek, korxona rahbariyati bilan o’zaro qarindoshlik munosabatlariga ega
bo’lishi mumkin emas. Shuningdek, agar auditorlik firmasi, qo’shimcha xizmat sifatida
korxonaga buxgalteriya xizmatini ko’rsatsa, moliyaviy hisobotlarni tuzib bersa, bu
auditorlik firmasi shu korxonada audit tekshiruvini o’tkazishi ta’qiqlanadi. Bunga asosiy
sabab, biz o’tgan bobda ko’rib o’tgan mustaqillik tamoilining buzilishidir. Yuqoridagi
holat ro’y berganda, ya’ni auditor yoki auditorlik firmasi tomonidan mustaqillik tamoili
buzilgan taqdirda, auditorlik firmasi auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini
beruvchi litsenziyadan, auditor esa malaka sertifikatidan maxrum etilishi mumkin.
Tashqi auditni o’kazishdan maqsad quyidagilardan iborat
bo’ladi:
buxgalteriya hisoboti to’g’ri va to’liq
ma’lumotlarni aks ettirayotganini
o’rganish yoki ishonchsiz ma’lumotlarni
aks ettirayotgan hollarni aniqlash
korxona o’z buxgalteriya hisobi va
hisoboti tizimini ma’lum qonun-hujjatlarga
asosan yuritayotganini tekshirish
audit tekshiruvidan o’tayotgan davr uchun
korxona o’z daromad, xarajat va yakuniy
moliyaviy natijalarini to’g’ri aks
ettirayotganini o’rganish
Tashqi audit yakunida auditorlik hisoboti va xulosasi taqdim etiladi. Bularga
qo’shimcha sifatida, auditorlik firmasi tomonidan tavsiyaviy xarakterga ega bo’lgan
turli qo’shimcha hujjatlar xam tayyorlanib taqdim etilishi mumkin. Tashqi auditni
o’tkazish uchun auditorlik firmasini korxonaning o’zi mustaqil ravishda tanlaydi
Tashqi audit o’z xususiyatiga ko’ra quyidagi ikki
ko’rinishga ega
Ixtiyoriy audit
Majburiy audit
Do'stlaringiz bilan baham: |