4-mavzu. O‘smalar.
O‘smalarning umumiy tasnifi
To‘qimalarning haddan tashqari foydasiz o‘sib ketishiga o‘sma
(blastoma) deyiladi. Normal to‘qimaning o‘sma to‘qimasiga aylanishi
tufayli hosil bo‘lgan blastoma o‘z tuzilishi va faoliyatining atiðikligi,
progressiv avj olishi va betartib o‘sishi, hamda ayrim biologik
xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Epitelioma, biriktiruvchi, nerv, muskul va aralash to‘qimalardan
hosil bo‘ladigan o‘smalar, zararli va bezarar o‘smalar farq qilinadi.
Ko‘pchilik o‘smalarning nomlari odatda to‘qima nomining oxirgi
«oma» qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi, masalan, fi-
broma, epitelioma, nevroma, mioma. Bundan tashqari epitelial
to‘qimadan hosil bo‘ladigan zararli o‘smalarga rak (karsinoma) va
biriktiruvchi to‘qimadan hosil bo‘ladigan o‘smalarga esa sarkoma kabi
maxsus nomlar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |