Aseptika – yaralarni davolashda ishlatiladigan hamma asbob-
larni fizik omillar ta’sirida zararlantirish. Bunda asbob-anjomlar
qaynatiladi yoki bug‘ bosimi ostida avtoklavda qizdiriladi.
Hozirgi kunda aseptika tushunchasini antiseptikadan ajratib
bo‘lmaydi. Ular bir-birlarini to‘ldirib, jarrohlik sohasida bir butun
aseptik-antiseptik kompleksni tashkil etadi.
Veterinariya sohasida aseptik-antiseptik tadbirlar kompleksiga
quyidagilar kiradi: 1) jarrohlik xonasini yaraga tushishi mumkin
bo‘lgan mikroblardan zararsizlantirish; 2) jarroh qo‘llarini opera-
tsiyaga tayyorlash; 3) hayvonlarni hamda operatsiya qilinadigan
maydonni tayyorlash; 4) asboblarni sterilizatsiya qilish; 5) bog‘lov
materiallari bilan xirurgik kiyimlarni sterilizatsiya qilish; 6) yara-
larni tikish uchun ishlatiladigan materiallarni sterilizatsiya qilish;
11
7) qo‘l- qopni sterilizatsiya qilish; 8) operatsiyada paydo bo‘lgan
yarani yiringlab, zo‘rayishidan saqlaydigan boshqa qo‘shimcha
profilaktik tadbirlar (antibiotiklardan foydalanish).