Vetinariya 2016. pmd



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/79
Sana18.02.2022
Hajmi1,33 Mb.
#453806
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79
Bog'liq
veterinariya jarrohligi

Biologik antiseptika.
Antibiotiklar, vaksina, spesifik zardob, 
antivirus, bakteriofaglarni ishlatib, yaralarni zararsizlantirish. 
Hayvonlarda jarrohlik operatsiyalarini o‘tkazishda kimyoviy 
antiseptik moddalardan foydalaniladi. Kimyoviy antiseptik modda-
larning ta’siri qoniqarli darajada bo‘lmasa-da, lekin ulardan foyda-
lanishga to‘g‘ri keladi, chunki hayvon terisidagi, jarrohning 
qo‘llaridagi bakteriyalarni yo‘qotishning boshqa usullarini masa-
lan, yuqori harorat ta’sirini qo‘llanib bo‘lmaydi. 
Karbol kislota
(Acidum carbolicum) tozalangan oq va pushti 
rangdagi kristallar bo‘lib, o‘ziga xos achchiq hidga ega. U iliq 
suvda yaxshi eriydi. Antiseptik modda sifatida uning 2–5 % li 
eritmalari ishlatiladi. 
Sulema
– simob dixlorid (Hydrargyrum bichloratum). Kristall 
parchalari, tabletkalar, kukunlar va eritma sifatidagi kuchli dezin-
feksiyalovchi modda. Suvda yaxshi eriydi, osh tuzini qo‘shish bilan 
uning eruvchanligi oshadi. To‘qimani qitiqlovchi ta’siri esa kama-
yadi. Uning 1:300000 nisbatdagi eritmasi bakteriyalar o‘sishini 
to‘xtatadi. 
Vodorod peroksidi
(Hydrargenium hyperoxydatum) bu tiniq suv-
dek rangsiz suyuqlik bo‘lib, odatda 2–3 % li yangi tayyorlangan 
eritma holatida ishlatiladi. Ta’sir qiluvchi qismi – ajralib chiqayot-
gan kislorod. Yaraga vodorod peroksidi qo‘yilsa qon oqishi to‘x-
taydi, ko‘piklanib, yaradagi ifloslar, yaraning po‘sti va yiringgi yu-
vilib ketadi. Asboblarga vodorod peroksidi ta’sir qilmaydi. U zaharli 
emas. Bog‘lamlarni yumshatish, yara va bo‘shliqlarni tozalash, 
anaerob va chiritadigan infeksiyaning oldini olish uchun ishlatiladi. 
Kaliy permanganat
(Kalium hypermangonici) to‘q binafsha 
rangdagi mayda kristallardan iborat, suvda yaxshi eriydi, uni qizil 
rangga aylantiradi, kuchliroq eritmalari esa qizg‘ish-qo‘ng‘ir 
rangda bo‘ladi. Kaliy permanganat kuchsiz dezinfeksiya qiluvchi 


10 
modda bo‘lib, ham zaharli. U yarada parchalanganda ajralib 
chiqadigan kislorod ta’sir qiladi. 
Yod nastoykasi
(Tinctura iodi) – yodning 5–10 % li spirtdagi 
eritmasi kuchli dezinfeksiya qiluvchi modda, to‘qimalarga 
ta’sirlantiruvchi va kuydiruvchi ta’sir qiladi, terini qalinlashtiradi, 
teshiklarini yopadi, uzoq ishlatilganda kuydiradi, terini va uning 
po‘stini ko‘chiradi. Terini dezinfeksiya qilish uchun (operatsiya 
bo‘ladigan joyni, qo‘llarni va barmoqlarni) ishlatiladi. 
Xloramin
(Xloraminum) ta’sir qiluvchi qismi 25 % miqdorida 
bo‘ladigan erkin xlordir. Bu kuchli antiseptik moddaning tirik to‘-
qimalami shikastlashi uning ta’sirining salbiy tomoni hisoblanadi. 
Shunday bo‘lishiga qaramay, xloramin ancha keng ko‘lamda qo‘l-
laniladi, chunki oqsilli muhitda (masalan, yarada) boshqa antiseptik 
moddalarga qaraganda uning bakteriosid kuchi ozroq kamayadi. 
Xloraminning 1–5 % li eritmasi bo‘shliqlarni yuvish, yaraga kirgi-
ziladigan tamponlarni ho‘llash uchun va turg‘un zaharlovchi 
moddalar bilan shikastlanganda ishlatiladi. 
Rivanol
(Rivanol) – oltinsimon sariq suyuqlik, uning 1:50, 
1:1000 nisbatdagi eritmasi yaralarni yuvish, tamponlarni ho‘llash, 
bog‘lamlarni namlash uchun ishlatiladi. 
Furatsillin
– sariq kristall kukun. Grammusbat va grammanfiy 
mikroblarga ta’sir qiladi (stafilokokklar, ichak tayoqchasi, anaerob-
lar), 1:5000 nisbatdagi eritmasi bilan yiringli bo‘shliqlar yuviladi. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish