3.Reaktiv (ammiakli kumush eritmasi):5g kristal kumush nitrat 1 ml distillangan suvda eritiladi. Umumiy eritmadan boshqa idishga kam miqdorda (o’ndan biri) quyiladi. Qolgan kumush nitral eritmasiga tomchilatib (25%-li) ammiak eritmasi qo’shiladi. Boshlanishda zich qo’ng’ir rangdagi cho’kma hosil bo’ladi, so’ngra ammiakni qo’shish tufayli erib ketadi.Maqsad cho’kmani to’lasincha erib ketmasligidan iborat bo’lib, bir-oz loyqalangan eritma olishga qaratilgan.
Agar eritma to’lasincha yaltiroq holda bo’lsa, asosiy eritmani loyqalanishidan oldin quyib, olingan kumush nitrat eritmasidan tomchilatib qo’shiladi.
Tomchilatib ammiakning asosiy eritmasidan so’ngra kumush nitrat eritmasidan biroz loyqa hosil bo’lguncha qo’shiladi. Hosil bo’lgan loyqa eritmani distillangan suvda 1:10 suyultiriladi va preparatlarni bo’yash uchun ishlatiladi. Eritma juda turoqli bo’lib, qorong’i xonada mahkam yopiladigan tiqinli, shisha idishda saqlanishi kerak.
M.A.Morozov usuli bo’yicha bo’yash.
Preparatga 1-reaktiv bilan 3-5 daqiqa ishlov beriladi, so’ngra distillangan suv bilan yuviladi;
2-reaktivga botiriladi so’ngra bug’ hosil bo’lguncha 1-2 daqiqa qizdiriladi; 3-reaktiv bilan 1-2 daqiqa qora-jigarrang paydo bo’lguncha qizdirilib ishlov beriladi, so’ngra distillangan suvda yaxshilab yuviladi; havoda quritiladi va mikroskopning immersion sistemasida qarab ko’riladi. Natija: sariq fonda mayda qora-jigarrang, yumaloq oval shakldagi, to’planib turuvchi, qator yoki diffuzli massani yoki yakka holatda bo’lmagan tanachalarni uchratish mumkin. Shu tanachalar chechak virusining virionlari hisoblanadi. (66-rasm)
|
66-rasm. Virusoskopiya. Morozov usulida bo’yalgan chechak virusining virionlari
(S.S.Marennikova bo 'yicha).
|
Bo’yash uchun (18x24) emallangan kyuveta qulay bo’lib, uning chetlariga "ko’priksimon" 2ta 1-2 ml pipetka joylashtirilib, chetki qismiga rezina kiygiziladi.
Har qaysi reaktiv uchun alohida pipetka bo’lishi kerak.Virusoskopiya usulining yutuqlari javobni tez olish, oddiy va bajarilishi osonligidir. Bu usulning kamchiliklari shundan ibo-ratki, vezikulyar suyuqlikni tekshir-ganda aniq natija berib, pustulalarni va qotgan po’stloqlarni tekshirganda reaksiyaning natijasi sezilarli daraja-da pasayadi; chechak guruhidagi har
xil viruslarni farqlashning iloji bo’lmaydi; hujayra elementlaridan virionlarni aniq farqlashning iloji yo’q (har- xolda tekshiruvchining saviyasi ancha yuqori bo’lishi kerak).
Do'stlaringiz bilan baham: |