Kultural xususiyatlari
.
Str. pneumoniae
37
o
C da aerob va anaerob sharoitlarda
o‘sadi.zardobli GPB da bir hilda loyqalanish,kamroq cho‘kma hosil bo‘ladi. zardobli
GPA da mayda shudringsimon koloniyalar, qonli agarda gemoliz zonasi bor koloniyalar
hosil qiladi.
Biokimyoviy xususiyatlari
.
Str. Pneumoniae
uglevodlar- glyukoza, laktoza,
saxaroza,salisin, inulin, maltozani parchalaydi. Jelatinani eritmaydi, indol hosil
qilmaydi, sutni ivitmaydi. Patogen pnevmokokklar o‘t suyuqligi, o‘t tuzlarida eriydi.
Chidamliligi
tuproq, go‘ng va molxonalarda streptokokklar 3-4 haftada
o‘ladi,quyosh nurlari va qurish ularga kuchli ta‘sir qiladi. Dezinfeksiolovchi eritmalar
ularni 1-2 daqiqada o‘ldiradi.
Patogenezi
. Virulentli diplokokklar respirator organlar, hazm trakti, bachadon
shilliq qavatlari yoki yelinga kirganda zaharli moddalar ajratadi va fagositozga salbiy
ta‘sir etadi. zaharli moddalar tomirlarning o‘tkazuvchanligini orttirishi natijasida
to‘qimalar shishadi va qon quyilishlar paydo bo‘ladi. Diplokokklar qonda ko‘payib
septisemiya paydo qiladi, yosh hayvonlarning o‘lishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |