Nomaxsus immunitet.
Tabiiy (tug‘ma, genetik) immunitet hayvonning ma‘lum
turiga bog‘liq. U evolyusiya davomida paydo bo‘lib, biologik belgilar singari nasldan
naslga o‘tadi. Bunda bir turdagi hayvonlar ikkinchi bir turdagi hayvonlarning yuqumli
kasalliklariga chidamli bo‘lishadi. Masalan, otlarda yirik shohli hayvonlar o‘lati,
cho‘chqa o‘latiga tabiiy, tug‘ma turiga xos immuniteti bo‘lganligi cababli ular bilan
kasallanmaydilar. Tabiiy tug‘ma absolyut immunitet absolyut va nisbiy bo‘lishi
mumkin. Absolyut immunitetda ma‘lum bir turdagi hayvonda hech qaysi sharoitda
zararli materialning hech qanday dozalarida kasallik paydo bo‘lmaydi. Nisbiy turga xos
immunitetda tashqi muhit sharoitining o‘zgarishi yoki qo‘zg‘atuvchi dozasining yuqori
bo‘lishi bilan paydo bo‘lgan immunitet uzilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |