Maxsus immunitet tabiiy yoki sun‘iy orttirilgan bo‘lishi mumkin. Tabiiy
orttirilgan immunitet odam yoki hayvonning ma‘lum bir infeksiyani boshidan kechirish
natijasida hosil bo‘ladi. Bunda organizm aynan kasallikni qo‘zg‘agan mikrobga qarshi
immunitet hosil qiladi. Sun‘iy orttirilgan immunitet organizmga maxsus biopreparatlar
–vaksina (mikrob yoki ularning toksinlari) yuborilgandan keyin hosil bo‘ladi. Tabiiy
orttirilgan immunitet uzoq muddat davom etadi. Orttirilgan immunitet o‘z navbatida
aktiv va passiv immunitetlarga bo‘lanadi.
Aktiv immunitet yuqumli kasallik yoki emlash natijasida paydo bo‘lib, bunda
organizm aktiv ishtrok etadi. Organizm qancha og‘ir kasallansa tabiiy aktiv immunitet
shuncha uzoq davom etadi. Shuning uchun ham suniy aktiv immunitet (emlashdan
so‘ng paydo bo‘lgan) uzoq davom etmaydi.