Antigen tuzilishi.
Saramas bakteriyasining ikkita antigeni bor: termolabil guruhli
va termostabil turiga oid. Serologik tekshirishlar (PR,AR, GAR) asosida ikkita serovari
aniqlangan. Serovar
A
va
B
.
Immuniteti.
Kasallanib, tuzalgan cho‘chqalar, mustahkam immunitet paydo qiladi.
Diagnozi.
Bakteriologik diagnoz bakterioskopiya, toza kultura ajratish va
biosinov qo‘yishdan iborat. Laboratoriyaga tekshirish uchun taloq, jigar bo‘laklari,
buyrak, ilik suyagi, teri bo‘lakchasi (toshmalar paydo bo‘lganda), yurak (endokarditda),
ochilmagan bo‘g‘inlar (artritlarda) yuboriladi. Material yangi olingan holda, 30-40%
gliserin yoki NaClning to‘yingan eritmasida konservasiya qilinadi. Ilik suyagi
go‘shtidan tozalanib 2% li fenol bilan ho‘llangan dokaga o‘rab yuboriladi.
Yangi patmaterialdan surtmalar tayyorlanib Gram usulida bo‘yaladi va
mikroskopda ko‘riladi. Oziqa muhitlar GPA, GPB larga ekiladi. Patmateri aldan
fiziologik eritma bilan suspenziya tayyorlab 16-18 g vaznli oq sichqonlar terisi ostiga
0,1-0,2 ml yuboriladi. Bu maqsadda kabutarni ham qo‘llash mumkin. Ijobiy natijada
biosinovdagi hayvonlar 2-4 sutkada o‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |