Veterinariya m I k r o b I o L o g I y asi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/120
Sana20.06.2023
Hajmi0,82 Mb.
#952640
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120
Bog'liq
Veterinariya m I k r o b I o L o g I y asi

Kultural xususiyatlari
. Salmonellalar aerob yoki fakultativ aeroblar bo‘lib, oddiy 
oziq muhitlarda 37
o
C da, pH 7,2 – 7,6 da yaxshi o‘sadi. Differensial diagnostik - Endo
Levin, Ploskirev muhitlarida salmonellalar rangsiz yoki kulrang – ko‘kish koloniyalar, 
vismut – sulfit agarda qora koloniyalar hosil qiladi. 
Biokimyoviy xususiyatlari.
Salmonellalar glyukoza, mannitni, maltozani 
parchalab kislota va gaz hosil qiladi
, laktoza, saharozani parchalamaydi,
jelatinani 
eritmaydi, indol hosil qilmaydi, ko‘pchiligi vodorod sulfid hosil qiladi. Metilrot bilan 
musbat, Foges – Proskauera bilan manfiy natija beradi. 
Chidamliligi
. Salmonellalar 60
o
C da 1 soatda , 100
o
C da shu onda o‘ladi. 
Tuzlangan, dudlangan mahsulotlarda qaynatilgan go‘shtda (2 – 2,5 soat qaynatish 
kerak) bir necha oy saqlanadi. To‘g‘ri tushgan quyosh nurlari ta‘sirida bir necha 
daqiqada o‘ladi. Tashqi muhitda, tuproqda 20 dan 120 kungacha, hayvon o‘ligida 100 
kungacha saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar ularni o‘ldiradi.Antibiotiklar, 
nitrofuran, sulfanilamid preparatlariga sezuvchan. 
Patogenligi.
Tabiiy sharoitlarda salmonellalar buzoq, qo‘zi, cho‘chqa bolalarini 
zararlaydi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar ko‘proq moyildir.
Patogenezi.
Hazm kanali orqali, aerogen, ona qornida, transvorial (parrandalar) 
zararlanishi mumkin.
Kasallik o‘tkir va yarim o‘tkir kechganda salmonellalar avval ichakda rivojlanadi, 
keyin ichak vorsinkalari orqali ichak limfa tugunlariga o‘tadi va bakteriyalar intensiv 
rivojlanadi va birinchi yallig‘lanish jarayonlari rivojlanadi. Bundan keyin bakteriyalar 
umumiy limfa va qon oqimiga tushib bakteremiya paydo bo‘ladi, parenximatoz 


54 
diffuziya (salmonellalarning limfa tugunlari, o‘pka, ba‘zan ilikda joylashib, rivojlanishi) 
bilan davom etadi. Bo‘g‘oz hayvonlarda (qo‘y, biya va h.k.) salmonellalar asosan 
bachadonida joylashib unda va plasentada yallig‘lanish jarayonlarini, homilada sepsis, 
homila tashlashni paydo qiladi. 
Salmonellalar ichak massasi, tug‘ish yo‘llari (homila tashlash va undan keyingi 
davrda), burun shilimshig‘i bilan (pnevmoniyada) ko‘p miqdorda ajraladi.Bu davrda 
antitelolar ko‘payib, RES- retikuloendotelial sistema birdan faollashadi. 
Salmonellaning ko‘payishi natijasida juda ko‘p biomassa to‘planadi va 
bakteriyalarning parchalanishi bilan endotoksin ajraladi. Endotoksin organlar 
to‘qimasida qator yallig‘lanish, distrofik, nekrobiotik va granulomatoz o‘zgarishlar, qon 
quyilishlar paydo qiladi. Klinik sog‘aygandan keyin hayvonlar bir necha hafta, oylar 
davomida salmonella tashuvchi bo‘lib qoladilar. 
Parranda salmonellyozlarida sepsis, kataral enterit, jigar va tuxumdonlari da 
distrofik o‘zgarishlar, qon quyilishlar paydo bo‘ladi. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish