91
Sog’lom hayvonlar qonida eritrositlar va leykositlar miqdori.
Hayvonlarning
turi
Eritrositlar,
mln/mkl
Leykositlar,
ming/mkl
Gemoglobin,
g%
Qoramollar
5,0-7,5
4,5-12,0
9,9-12,9
Qo’ylar
7,0-12,0
6,0-14,0
7,9-11,9
Echkilar
12,0-17,0
6,0-12,0
10-15
Cho’chqalar
6,0-7,5
8,0-16,0
9,9-11,9
Otlar
6,0-9,0
7,0-12,0
9,0-14,9
Parradalar
3,0-4,0
20,0-40,0
-
Itlar
5,8-8,4
3,5-10,5
11,0-18,0
Mushuklar
6,6-9,4
10,0-15,0
10,0-14,0
Qonda eritrositlar miqdorining ko’payishi (polisitimiya, eritrositoz)
diareya, ileuslar, dengiz sathidan 1400-2000 m balandlikka ko’tarilgan
paytlarda kuzatiladi.
Patologik leykositoz, yiringli yallig’lanish jarayonlarida, leykoz,
limfogranulositozlar va ba’zi xirurgik infeksiyalarda kuzatiladi.
Leykositemiya organizm reaktivligining pasayganligi va qon ishlab
chiqaruvchi a’zolar faoliyatining buzilshidan dalolat beradi.
Qondan surtma tayyorlash va leykoformulani aniqlash.
Buyum
oynasini bir uchining har ikala tomonidan o’ng qo’lning bosh va
ko’rsatkich barmoqlari bilan oynaning uchi qonga sekinlik bilan
yaqinlashtiriladi. Qon tomchisining diametri 2-3 mm bo’lsa oynachaning
1
/
2
-
3
/
4
qismiga surtishga yetishi mumkin. Silliqlangan yopqich oynachasi
30-45
0
burchak ostida predmet oynachasidagi qon tomchisiga tegiziladi.
Qon predmet oynasi bilan yopqich oynacha o’rtasiga bir tekisda
joylashgach, yopqich oynacha chaqqonlik bilan oldinga suriladi. Surtma
qancha yupqa bo’lsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Quritilgan
surtmani
fiksatsiya
qilish,
ya’ni
oqsillarning
denaturasiya-lanishi va hayotiy strukturasini saqlashi hamda qon
xujayralarining predmet oynachasiga mahkam yopishtirish maqsadida
metil spirtda 3-5 daqiqa, denaturat spirtda 10-15 daqiqa, etil spirtida 20-
30 daqiqagacha saqlanadi.
Fiksatsiya qilingan surtma Ramanovskiy-Gimza buyog’ining ishchi
eritmasida 20-30 daqiqa saqlanadi. Ishchi eritmani tayyorlash uchun
asosiy eritmaning har bir tomchisi 1 ml distillangan suv bilan
aralashtiriladi.
92
Keyin surtma yuviladi, quritiladi va mikroskop ostida immersion
sistemada leykoformula aniqlanadi. Buning uchun 200 ta leykosit
sanalib, ular turlarining foizdagi nisbati aniqlanadi.
Leykogrammada yosh neytrofillar hamda degenerativ shakllarining
paydo bo’lishi, neytrofillar yadrosining siljishi yuqumli va yallig’lanish
jarayonlarida kuzatiladi.
Regenerativ siljishda tayoqchayadroli va yosh neytrofillar ko’payadi
va yallig’lanish hamda yiringli-septik jarayonlar paytida kuzatiladi.
Degenerativ siljishda xujayralardagi degenerativ o’zgarishlar bilan bir
qatorda tayoqchayadroli va segmentoyadroli neytrofillar ko’payadi. Bu
siljish qizil ilik faoliyatini to’xtaganligini bildiradi va salmonellyoz,
o’tkir peritonit, uremik va diabetik komalar oqibatida kelib chiqadigan
intoksikasiyalar paytida kuzatiladi. Leykemoid siljish turli xil kasalliklar
paytida organizm reaktivligini ko’rsatadi va shakllanmagan leykositlar
(miyelosit, perimiyelosit, miyeloblastlar) ning paydo bo’lishi bilan
xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |