Rivojlanishi.
Rasionda temir va shuningdek, kobalt, mis, rux
elementlarining yetishmasligi gemoglobin, muskullar mioglobini, gem
178
saqlovchi fermentlar: sitoxromoksidazalar, sitoxrom, peroksidazalar va
boshqalar
sintezining
kamayishi,
oksidlanish
-
qaytarilish
jarayonlarining susayishi bilan kechadi. Eritropoezning jadalligi
pasayadi, to’qima va a’zolarning kislorod bilan ta’minlanishi
yomonlashadi va oqibatda gipoxrom anemiya rivojlanadi, moddalar
almashinuvi izdan chiqadi.
Temir yetishmaganda birinchi navbatda qizil ilikda qon shaklli
elementlarining hosil bo’lishi jarayoni buziladi. gemoglobin sintezi
susayadi va uning eritrositlar tarkibidagi konsentrasiyasi pasayadi.
Eritropoezning susayishi oqibatida gipoxrom anemiya, oksidlanish va
qaytarilish jarayonlarining chuqur buzilishlari kelib chiqadi. Kislorod
tanqisligi rivojlanadi. qonda to’liq oksidlanmagan mahsulotlarning
to’planib qolishi oqibatida asab, yurak qon tomir va boshqa tizimlarning
funksiyasi
buziladi.
Umumiy
gipoksiya
jarayonining
kompensasiyalanishi sifatida pul’s tezlashadi, yurakning daqiqalik hajmi
ortadi va yurak muskullarining gipertofiyasi rivojlanadi. To’yimli
moddalarning hazmlanishi buziladi.
Belgilari.
Klinik belgilar cho’chqa bolalarining 7 - 15 kunligida,
buzoqlarda esa keyinroq namoyon bo’ladi. Shilliq pardalarning oqarishi,
terining quruqlashishi va oqarishi, teri qoplamasi yaltiroqligining
pasayishi, hurpayishi, sinuvchan va tushuvchan bo’lishi kasallikning
xarakterli belgilari hisoblanadi. Ishtaha o’zgargan bo’lib, kasallangan
yosh hayvonlar devorlarni yalaydi, oxirlarni kemiradi, to’planib qolgan
siydikni ichishga harakat qiladi, qo’zilar onasining junlarini yalmaydi.
Ich qotishi yoki ich ketishi kuzatilishi mumkin. Qonda gipoxrom
anemiya, ya’ni eritrositlar sonining biroz kamayishi, tarkibidagi
gemoglabin konsentrasiyasining esa keskin kamayishi, qonning rang
ko’rsatkichining 0,8 dan past bo’lishi qayd etiladi. Qondagi
gemoglobinning miqdori cho’chqa bolalarida 40 - 50 g/l, qo’zilarda - 54,
buzoqlarda - 75 g/l gacha kamayadi. Eritrositlar soni cho’chqa bolalarida
3 mln/mkl, qo’zilarda - 4 mln/mkl, buzoqlarda - 5 mln/mkl gacha
kamayadi. Qon zardobidagi temirning miqdori 100 mkg% dan past
bo’ladi.
Kasallangan
cho’chqa
bolalarida
holsizlanish,
umirtqa
pog’onasining bukchayishi (kifoz), harakatlanganda gandiraklash
kuzatiladi, hayvonning ishtahasi yo’qolib, gipotrofik bo’lib qoladi. Ko’p
yotadi, ich ketishi, ich qotishi bilan almashinib turadi. Tezak to’q
qo’ng’ir rangli, qo’lansa hidli, tarkibida hazm bo’lmagan oziqalar va
shilimshiq suyuqlik bo’ladi. Tana xarorati normal yoki subnormal, pul’s
179
va nafas tinch turganda normal holda va kuchsiz mexanik ta’sirotlar
oqibatida juda tezlashgan bo’ladi. Kasallik rivojlanib borgan sari pul’s
kichrayadi, sust to’lishadi. Yurak tonlari, asosan birinchi ton, ko’chayib,
ba’zan endokardial shovqinlar paydo bo’ladi.
Alimentar anemiya bilan kasallangan buzoqlarda ishtahaning
pasayishi, shilliq pardalarning oqarishi, jigarning kattalashuvi, o’sish va
rivojlanishidan qolish belgilari xarakterli bo’ladi. Diareya va
pnevmoniya kuzatilishi mumkin. Anemiya ko’pincha dispepsiya va
boshqa kasalliklarning oqibatida ikkilamchi kasallik sifatida kelib
chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |