«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

Mashg’ulotning maqsadi:
talabalarga dispepsiyani davolash va 
dispepsiyaga qarshi preparatlarni kasal hayvonga qo’llashni o’rgatish. 
Kerakli jihoz, reaktiv va asbob-uskunalar:
dispepsiyaga qarshi 
preparatlar namunalari, steril shpris va ignalar, klinik tekshirish 
asboblari, klinik sog’lom va kasal buzoqlar.
Mashg’ulotning borishi: Yurak qon - tomir va nafas 
tizimlarining o’ziga xos xususiyatlari
. Tug’ilish paytida kindikning 
uzilishi bilan qondagi kislorodning miqdori keskin kamayadi hamda 
karbonat angidrid gazining konsentrasiyasi ortadi, ya’ni metabolitik 
asidoz rivojlanadi va oqibatda nafas markazi qitiqlanib, mustaqil nafas 
boshlanadi, o’pka parenximasi ochilib alveolalarga havo kiradi, kichik 
qon aylanish doirasiga qon o’tadi va manfiy bosimni vujudga keltiradi. 
Bu o’z navbatida qonning Batalov teshigini aylanib o’tib, o’ng 
qorinchaga tushishini yengillashtiradi. Batalov teshigining torayishi, 
keyinchalik, butunlay yopilishi va obliterasiyasi ko’zatiladi. Shunday 
qilib, qonning kichik qon aylanish doirasi orqali aylanib o’tib chap 
bo’lmachaga tushishi va qon bosimining ko’tarilishi, yurakning o’ng va 
chap qismlarining funksional va keyinchalik, morfologik mustaqilligi 
ta’minlanadi. Bu jarayon buzoqlarning 15-20 kunligida to’liq 
tugallanadi.
Hayvonning tug’ilishi bilan homila orqali qon aylanish to’xtaydi, 
natijada kindik venasida qon bosimi pasayadi va Aransev (venoz) teshigi 
yopiladi. Homila davrida qon homila yo’ldoshidan darvoza venasi orqali 
kavak venaga o’tib turgan bo’ladi. Aransev teshigi va kindik venasi 


147 
torayib, keyinchalik, so’rilib ketishi tufayli jigarning detoksikasiyalash 
funksiyasi boshlanadi.
Yangi tug’ilgan hayvonlarda o’ng qorincha devorining qalinligi 
chap qorincha qalinligiga nisbati 1:1 yoki 2:3 ni (katta yoshdagi 
hayvonlarda 1:3) tashkil etadi. Yangi tug’ilgan hayvonlarda yurak 
muskul tolalari nisbatan kalta va ingichka, yurak klapanlarining elastik 
tolalari juda nozik bo’ladi. 
Vegetativ asab tizimi simpatik tarmog’ining maromlashmaganligi 
tufayli yangi tug’ilgan hayvonlarda yurak urishining chastotasi juda 
yuqori bo’ladi. Masalan, yangi tug’ilgan buzoqda 1 daqiqadagi yurak 
o’rishi 123 martagacha bo’ladi. Qoramollarda yurakning o’rishi 12 oylik 
yoshda maromlashadi va o’rtacha 1 daqiqada 60 - 80 martaga teng 
bo’ladi.
Arterial qon bosimi yangi tug’ilgan hayvonlarda juda past bo’ladi, 
masalan, buzoqlarda hayotning birinchi kunlarida maksimal va minimal 
qon bosimi 105 va 51,5 mm. simob ustunini tashkil etadi. Keyinchalik, 2 
oylikkacha ko’tarilib borib, 8 oylikda maromlashadi. Yangi tug’ilgan 
hayvonlarda venoz qon bosimi ham juda past darajada, qon tomirlar 
tizimi kapilyarlar to’riga boyligi bilan xarakterlanadi.
Gipotrofik holatda tug’ilgan hayvonlarda nafas markazining 
yetishmovchiliklari tufayli o’pka juda sekin ko’tariladi, oqibatda 
atelektazlar paydo bo’lishi mumkin. Shuningdek, bunday hayvonlarda 
qonning aylanishida ham yetishmovchiliklar kuzatiladi. Batalov 
teshigining yopilmasdan qolishi, ya’ni yurak paroklari kuzatilishi 
mumkin. . Sog’lom holatda to’g’ilgan buzoqlarning tana vazni o’rtacha 
20-35 kg, toylarda - 26-50, qo’zi va uloqlarda - 2-4, cho’chqa bolalarida 
- 1-1,5 kilogrammni tashkil etadi. 
Yangi tug’ilgan hayvonlarda nafas tizimida ham xarakterli 
o’zgarishlar kuzatiladi. O’pkaning funksional holati homilaning 
rivojlanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Fiziologik jihatdan to’liq 
rivojlanmagan yangi tug’ilgan hayvonda nafas markazining antinatal 
alterasiyasi tufayli nafas amplitudasi kichik bo’ladi. O’pka juda sekin 
ochiladi, uning to’liq ishga tushmasligi (ochilmasligi) atilektazga sabab 
bo’ladi. 
Nafas markazining ta’sirlanishi va metabolitik asidoz nafas 
harakatlarining tezlashishini ta’minlaydi. Yangi tug’ilgan hayvonlarda 
nafas qorin tipida, yuzaki va aritmik tarzda bo’ladi, chunki nafas 
markazlari hali turg’unlashmagan bo’ladi. Ularda katta yoshdagi 
hayvonlarga nisbatan kislorodga bo’lgan talab yuqori bo’ladi.


148 
Kollogen tolalarining nozikligi tufayli yangi tug’ilgan hayvonlarda 
o’pka to’qimasining elastiklik darajasi juda past bo’ladi. Yuqori nafas 
yo’llarining shilliq pardasi ham juda nozik, epiteliysi juda tez 
jarohatlanuvchan bo’ladi. Yosh hayvonlarda alveolalar soni ham 
nisbatan kam bo’lib, asosan bir kamerali alveolalardan iborat ekanligi 
nafas yuzasining kichik bo’lishiga sabab bo’ladi. Lekin yosh 
hayvonlarda nafas harakatlari katta yoshdagi hayvonlarga nisbatan 
jadalroq bo’ladi. Nafas harakatlari buzoqlar hayotining 6 - oyiga kelib 
maromlashadi. 
Havodagi kislorodning gemoglobin bilan birikishi ularda alveolalar 
devorining juda yupqa ekanligi tufayli nisbatan tezroq amalga oshadi. 
Ko’krak yuzasi auskultasiya qilinganda kuchaygan vezikulyar nafas 
tovush eshitiladi. Yangi tug’ilgan qo’zilarda mukosilyar to’qima to’liq 
shakllanmagan, immuno-komponent elementlar, membrana osti va 
membranal to’qimalar to’liq takomillashmagan bo’ladi. Shuning uchun 
qo’zilar o’pkaning kasalliklariga tez beriluvchan bo’ladi. Strukturaviy 
immun himoya elementlarining to’liq shakllanishi qo’zilarning 3-4 
oyligida kuzatiladi. 
Me’yorda rivojlangan buzoqlarda kindik o’simtasining qurishi 3-4 
kunlikda, cho’chqa bolasida 5-7 kunlikda kuzatiladi 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish