«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma


Organizmning immun himoyasi va tabiiy rezistentlik



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

Organizmning immun himoyasi va tabiiy rezistentlik. 
Hayvonlar 
organizmi, shu jumladan yangi tug’ilgan hayvonlar organizmi tashqi 
muhitning noqulay ta’siriga nisbatan tashqi va ichki himoya omillariga 
ega bo’ladi.
Tashqi himoya omillariga mexanik baryerlar va mikroorganizmlarga 
nisbatan sterillovchi xususiyatga ega bo’lgan teri va shilliq pardalar, 
ichki 
himoya 
vositalariga 
anatomik 
a’zolarning 
baryerlik 
funksiyalaridan tashqari gumoral va hujayraviy nospesifik rezistentlik 
elementlari kiradi. Qon va qon zardobining bakteriostatik va 
bakteriosidlik xususiyati gumoral omillarni tashkil etadi. Ular orasida 
lizosim katta axamiyatga ega. Lizosim - mukopolitlik, fermentlik 
xususiyatiga ega bo’lgan oqsillar bo’lib, unga sezuvchan bo’lgan 
mikroblar hujayrasining spesifik mukopolisaxaridli po’stlog’ini eritib 
yuborish xususiyatiga ega. Bundan tashqari lizasim fagositozni 
faollashtiradi.
Komplement qonning summar bakterisidlik xususiyatida muhim 
o’rinni egallaydi. Komplement homila rivojlanishining dastlabki 
bosqichlaridayoq hosil bo’ladi. Uning mikroorganizmlarga nisbatan 
ta’siri immun gemoliz, bakterioliz va sitoliz ko’rinishda bo’ladi. 
Qon zardobining bakterisidlik xususiyatini ta’minlashda yuqori 
molekulali oqsil modda - properdin ham muhim ahamiyatga ega. Uning 
qon zardobida paydo bo’lishi shunga parallel ravishda organizm 
umumiy rezistentligining pasayishini ko’rsatadi, shuning uchun uni 
organizmning chidamlilik ko’rsatkichi deb hisoblash mumkin.
Presipitasiya, agglyutinasiya, komplementning birikishi va fagositoz 
jarayonlarini faollashtiruvchi xususiyatga ega bo’lgan S-faol oqsil, 
nospesifik antivirus xususiyatli - interferon, organizmga tushgan 
mikroblarga va viruslarga nisbatan rezistentlikni ta’minlovchi - 
antitelalar, mikroorganizmlar hujayrasining ichki substansiyalariga ta’sir 
qiluvchi - bakteridin kabilar ham ta’biiy chidamlilikni ta’minlovchi 
gumoral omillar hisoblanadi. 
Xo’jayraviy himoya makro - va mikrofaglarning fagositar faolligi 
hisobiga ta’minlanib, ularning funksiyalari o’zaro aloqadorlikda bo’ladi. 
Fagositar reaksiya uch bosqichda amalga oshadi: 1. Fagosit va 
zarrachalarning o’zaro yaqinlashishi; 2. Yot zarrachani yutilishi va 
hazmlanishi; 3. Bakteriyalarni hazmlanishi (tugallangan fagositoz), 
mikroorganizmlarning hazmlanmasdan balki ko’paya boshlashi 


152 
(tugallanmagan fagositoz) yoki mikroorganizmlarni fagositning ichida 
latent holatga o’tishi.
Fagositlar himoyaning nospesifik omillari hisoblanib, antigenlarga 
ham ta’sir ko’rsatadi ya’ni, organizmning immun javobini 
ta’minlaydigan T va V limfositlarni stimullashda ham qatnashadi. 
Fiziologik chidamlilik mexanizmlarining shakllanishi nisbiy 
chidamlilik va uning to’liq shakllanishi bosqichlariga bo’linadi. 
Postnatal 
taraqqiyotning 
boshlarida 
lizosim, 
bakterisidlik 
va 
agglyutininlovchi faollik juda past darajada bo’lib, 2 - 3 haftalikda 
agglyutininlar titrining keskin ortishi, 6 - oylik yoshda esa nisbatan 
yaxshi va 11 - 12 oylikda to’liq turg’unlashuvi ta’minlanadi.
Buzoq 
hayotining 
birinchi 
haftasida 
qon 
zardobidagi 
gammaglobulinlarning darajasi keskin ortadi va juda past darajada 
bo’lgan gumoral rezistentlikning o’rnini qoplaydi. Buzoq hayotining 
dastlabki oylarida hujayraviy omillar asosiy ahamiyatga ega bo’lib, 
gumoral immunitetning shakllana boshlashi bilan xo’jayraviy 
elementlarning faolligi pasayib boradi. Gumoral immunitetning to’liq 
shakllanishi buzoqning 6 oyligiga to’g’ri keladi.
Yangi tug’ilgan hayvonlarda tabiiy rezitentlik mexanizmlarining 
shakllanishiga yilning fasllari, molxonalardagi mikroklimat, ona 
hayvonlarni va yangi tug’ilgan hayvonlarni oziqlantirish darajasi ham 
ta’sir ko’rsatadi.
Yangi tug’ilgan hayvonlarning immun tizimi antigenlarga mustaqil 
ravishda javob berish qobiliyatiga ega bo’lmaydi. Immunoglobulinlar 
yo’ldosh orqali homila organizmiga juda kam miqdorda o’tadi, homila 
organizmi o’zining xususiy immunoglobulinlarni ishlab chiqarmaydi. 
Shuning uchun uviz suti qabo’l qilgunga qadar yangi tug’ilgan 
hayvonning qon zardobida antitelalar deyarli bo’lmaydi. Kolostral 
antitelalar yangi tug’ilan organizmga faqatgina uviz suti bilan tushadi va 
kolostral immunitetni ta’minlaydi. Keyinchalik, kolostral immunitetning 
yo’qolib borishi bilan organizmning xususiy immun tizimi shakllanib 
boradi. 
Patologik jarayonning alohida a’zo va tizimlarda lokalizasiyasiga 
ko’ra hazm tiziminiing kasalliklari, respirator kasalliklar, modda 
almashinuvi buzilishlari bilan o’tadigan yetishmovchilik kasalliklari 
kabi guruhlarga bo’linadi. Darslikning ushbu bo’limida aynan yosh 
hayvonlarga xos bo’lgan kasalliklar yoritilgan bo’lib, qolganlari oldingi 
bo’limlarda bayon qilingan. 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish