«veterinariya farmatsevtikasi» kafedrasi



Download 302,98 Kb.
bet71/120
Sana13.06.2022
Hajmi302,98 Kb.
#666319
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   120
Bog'liq
Dorilarni o\'zaro ta\'sir xususiyatlari Majmua 2021

LIDOKAIN
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita, anesteziyaning barcha: terminal, infiltratsion, o‘tkazuvchan turlarini chaqiradi. Shuningdek, yaqqol antiaritmik ta’sirga ega. Asosiy natriy oqimining kamayishi va kaliy oqimini ko‘payishi natijasida spontan diastolik depolyarizatsiya tezligining kamayishi preparatning antiaritmik ta’sir mexanizmida muhim rol o‘ynaydi.
Farmakokinetika
Preparatning 70% jigardan birinchi o‘tishidayoq faolsizlanadi. Organizmda katta hajmdagi suyuqlikda tarqaladi. Plazmada terapevtik konsentratsiyasi 1,5-6 mkg/ml ni tashkil etadi, bundan yuqori konsentratsiyasi toksik hisoblanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi 60-80% ni tashkil etadi. Yo‘ldoshga, bosh va orqa miya suyuqligiga oson o‘tadi. Qisqa vaqt ta’sir etadi. Uzoq vaqt infuziya qilinganda yarim chiqarilish davri 90 minutni tashkil etadi. Jigar kasalliklarida yarim chiqarilish davri 2-3 marta uzayishi mumkin. Jigarda gidroliz yo‘li bilan parchalanadi. Metabolitlar ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.
 Infiltratsion anesteziya uchun 0,5% li eritma ishlatiladi. Periferik nervlar anesteziyasi uchun 2% li eritma ishlatiladi; Shilliq qavatlarning terminal anesteziyasi uchun (stomatologiyada) 2 ml 10% li lidokain eritmasi ishlatiladi.
Preparat ta’sirini uzaytirish maqsadida adrenalin gidroxloridining 0,1% li eritmasidan qo‘shish mumkin (5-10 ml preparat eritmasiga 1 tomchidan, ammo eritmaning umumiy miqdoriga 5 tomchidan ko‘p emas). Oftalmologiyada 2% li eritmalar ishlatiladi:
Nojo‘ya ta’sirlari. Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, lekin ba’zan preparat vena ichiga tez yuborilganda arterial qon bosimi keskin pasayib ketishi va kollaps holati rivojlanishi mumkin. Tizimli qo‘llanilganda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, bezovtalik, quloq shang‘illashi, tilni va og‘iz shilliq pardasini uvishib qolishi, ko‘rish qobiliyatining susayishi, arterial qon bosimini pasayishi, qaltirash holatlari kuzatiladi.
Dorilarning o‘zaro ta’siri
Preparat organizmda metabolizmga uchraganda paraaminobenzoy kislotasi hosil bo‘lmagani uchun u antisulfanilamid ta’sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun uni sulfanilamid preparatlar bilan davolanayotganlarda qo‘llash mumkin.
Preparat boshqa antiaritmik dori vositalari bilan birga qo‘llanilganda ularning antiaritmik va toksik ta’sirlarining yig‘ilishi (kardiodepressiv ta’siri, MNT qo‘zg‘alishi,) natijalari kuzatiladi.
Agar preparat simetidin, beta-adrenoblokatorlar va MAO ingibitorlari bilan majmuada qo‘llanilsa, preparatning toksikligi oshadi, bunday birgalikda qo‘llash zarurati bo‘lganida uning dozasini kamaytirish lozim.



Download 302,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish