Iqtisodiy zarar. Kasallik paytida sigirlarda sut mahsuldorligining 50-60% ga kamayishi, vaginal shaklida sigirlarning sezilarli foizning qisir qolishi, yosh hayyvonlarning sekin rivojlanish va buzoqlar ko’r bo’lib qolishi tufayli erta brak qilinishidan keladi.
Klinik belgilari va patalogo anatomiyasi.
Kasallikning beshta shakli mavjud: yuqori nafas yo’llarining jarohatlanishi, vaginitlar, ensefalitlar, kon’yuktivit va artritlar.
Bundan tashqari buzoqlarda pnevmoniya rivojlanadi va 20% gacha buzoqlar o’lishi mumkin. Yuqumli rinotraxeit qo’zg’atuvchisining uzatilish yo’llariga qarab ko’proq yuqori nafas yo’llarining yoki jinsiy organlarning zararlanishi, sigirlarda bola tashlash, buzoqlarda ensefalit va keratokon’yuktivitlar bilan kechadi. Genital shaklida tashki jinsiy a’zolarning zararlanishi, sigirlarda Endometrit, buqalarda orxit belgilari kuzatiladi. Xomilaning nobud bo’lishi va bola tashlash zararlanishning 3-haftasida amalga oshadi.
Respirator shaklida haroratning keskin ko’tarilishi (41-42°C gacha) burun, tomoq, hiqildoq shilliq pardasining giperemiyasi, holsizlik, quruq, ogriqli yo’tal, burundan ko’p miqdorda seroz-shilimshiq suyuqlik oqishi va ko’piksimon so’lak ajralishi bilan harakterlanadi.
Yorib ko’rilganda burun shilliq pardalarida sianoz, burun yo’lida yiringli ekssudatlar to’plangan, kon’yuktiva giperemiyalangan, shishgan, mayda toshmalar toshgan: O’pka kattalashgchn, yuqori bo’laklarida atelaktaz, limfa tugunlari shishgan, kattalashgan, kesib ko’rilganda qon qo’yilishlari kuzatiladi.
Oshqozon, yo’g’on va ingichka ichaklarning shillik qavati biroz shishgan, giperemiyalangan.
Virus virionlarining 80% i qobiqqa ega emas. Kapsid geksogonal shaklda, diametri 102-104 nm, 162 ta kopsomerdan tashkil topgan.
Virus polietilenglikolda oson konsentrasiyalanadi va tozalanadi. Uni metanol, aseton, magniy sulfat, ammoniy sulfat bilan cho’ktirish mumkin.
Fizik-kimyoviy ta’sirlarga chidamliligi.
Yuqumli rinotraxeit virusi -60-70°C haroratda 7-9 oygacha, +56°C da 20 daqiqagacha, 37°C da 4-10 kungacha, 22°C da 50 kungacha yashaydi. Liofilizasiya virusning faolligini deyarli pasaytirmaydi. Formalinning 1:500 nisbatdagi eritmasi virusni 24 soatda inaktivasiyalaydi. Aseton, efir va etil spirti virusni darhol inaktivasiyalaydi.
Virus kislotali muhitda tezda faolligini yo’qotadi. pH 6,0-9,0 ga teng bo’lganda 4°C da uzoq; vaqt (9 oygacha) faolligini saqlaydi.
Antigen faolligi.
Tabiiy va eksperimental zararlashda virus virus neytrallovchi, komplement bog’lovchi va presipatsiyalovchi antitelolar hosil bo’lishini induksiyalaydi.
Kasallanib sog’aygan va emlangan hayyvonlarning qon zardobida agglyutinasiyalovchi antitelolar mavjud bo’lib bilvosita gemagglyutinasiya (BGAR) reaksiyasida aniklanadi.
Tabiiy sharoitda kasallik bilan faqat yirik shoxli mollar kasallanadi. Bunda yosh hayvonlar kasallikka ko’proq moyil hisoblanadi va kasallik ularda og’ir o’tadi. Yirik bo’rdoqichilik komplekslarida virus bilan 80-90% buzoqlar zararlanadi.
Virusni nafas olish va ko’payish organlari hujayralarida tropizmi hosdir.
Kasallik manbayi kasal hayvonlar va latent virus tashuvchi hayvonlar. Ayniksa naslli buqalar virusni tarqalishida xavfli hisoblanadi. Moyil hayvonlar nosog’lom xo’jalikka keltirilganda, odatda 10-15 sutkada kasallanadi.
Kasalikka diagnoz YSHM ning buyrak, o’pka, urug’donidan tayyorlangan hujayra kulturasida virusni ajratish va identifikasiyalash orqali qo’yiladi.
Kasallanib sog’aygan hayvonlarda immunitet 1,5-2 yilgacha davom etadi. Kasallikni oldini olish uchun tirik va inaktivasiyalangan vaksinalar qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |