Tozalangan gaz
Changli gaz
3
2-rasm. Batareyali siklon:
1–changli gaz kamerasi; 2–tozalangan gaz kamerasi; 3–chang yig‘adigan bunker.
2-rasmda ko‘rsatilgan batareyali siklon (BSU) yupqa devorli qobiqdan iborat bo‘lib, changli va tozalangan gazlar uchun kameralar 1,2 va chang yig‘uvchi bunkerlar (3) dan tashkil topgan. Siklon elementlari tegishli to‘siqlarga shunday qilib joylashtirilganki, bunda elementlarning tangensial patrubkalari changli gaz kamerasi bilan, markaziy chiqarish quvurlari tozalangan gaz kameralari bilan, chang chiqaruvchi teshiklari esa chang yig‘adigan bunker bilan bog‘langan.
Siklon elementlarida gaz oqimiga aylanma harakat beruvchi tangensial yoki o‘q bo‘yicha uyurma hosil qiluvchilar ishlatiladi. Tangensial uyurma hosil qiluvchilar qatoriga qisqa va torayuvchi patrubkalar va spiralsimon naychalar kiradi. O‘q bo‘yicha uyurma hosil qiluvchilar ishlatilgan paytda siklon elementlarining qopqog‘i bo‘lmaydi va changli gaz qobiq va tozalangan gaz chiqadigan quvur oralig‘iga beriladi, ushbu oraliqda «vint» (3-rasm, a) yoki «rozetka» ko‘rinishidagi (3-rasm, b) uyurma hosil qiluvchilar o‘rnatilgan bo‘ladi. «Vint» ko‘rinishidagi uyurma hosil qiluvchida changlar kam darajada tiqilib qoladi va uning gidravlik qarshiligi nisbatan kam.
Tozalangan gaz
Tozalangan gaz
Chang
b
Chang
а
Changli gaz
Changli gaz
|
3-rasm. Batareyali siklonlarning elementlari:
a – «vint» rusumidagi yo‘naltiruvchi parrakli uyurma hosil qiluvchilar; b – «rozetka» rusumidagi yo‘naltiruchi parrakli uyurma hosil qiluvchilar.
Siklonlarning sanoatda ko‘p ishlatilishidan qat’i nazar, ularda yuz beradigan turli jinsli sistemalarni ajratish jarayoni to‘la tadqiqot qilinmagan, chunki uskunadagi gidrodinamik holat ancha murakkab. Shu sababdan siklonlarni tanlash asosan emprik yo‘l bilan olingan natijalarga asoslanadi. Gidravlika nuqtayi nazaridan, siklon qandaydir mahalliy qarshilik, deb olinishi mumkin. Bunday holatda siklonning gidravlik qarshiligi gaz oqimining tezlik naporiga teng bo‘ladi:
, (5)
bu yerda, ξ – siklonning qarshilik koeffitsiyenti; – siklondan o‘tayotgan gazning zichligi, kg/m3; WM – siklon silindrsimon qismining to‘la ko‘ndalang kesimga nisbatan olingan gazning mavhum tezligi, m/s, ( =2,5÷4 m/s).
Siklonning gidravlik qarshiligi uskunaning turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, NIIOgaz konstruksiyali siklonlar uchun: SN-24 ξ=60; SN-15 ξ=160; SN-11 ξ=250.
Gazning mavhum tezligi quyidagi tenglama orqali aniqlanishi mumkin:
WM = , (6)
ξ va ΔΡ/ρ ning qiymatlari turli konstruksiyali siklonlar uchun maxsus adabiyotlarda berilgan bo‘ladi. Siklon silindr qismining diametri sarf tenglamasi yordamida topiladi:
D = , (7)
bu yerda, V – siklondan o‘tayotgan gazning hajmiy sarfi, m3/s.
Siklonning qolgan hamma o‘lchamlari D ga nisbatan standartlashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |