Qovurg‘alar – costae. Qovurg‘alar bir-biriga qo‘shilib ketgan ikki qismdan iborat, ya’ni yuqorigi – qovurg‘a suyagi va pastki – qovurg‘a tog‘ayi. Turli xil
qishloq xo‘jalik va uy hayvonlarida qovurg‘alar soni har xil, ko‘krak umurtqalari soniga teng va juft bo‘ladi. Masalan, qoramollarda – 13, cho‘chqalarda – 14-17, qo‘ylarda – 13, otlarda – 18 (17-19) itlarda – 13, tuyalarda – 12 juft bo‘ladi.
Qovurg‘alar 2 xil bo‘ladi: chin qovurg‘a – o‘zining tog‘ayi bilan bevosita to‘sh suyagiga birlashadi; yolg‘on (etim) qovurg‘a – bularning tog‘ayi to‘sh
suyagigacha etib bormaydi, balki o‘zidan oldinda turgan qovurg‘a tog‘ayiga birlashadi va oxirgi qovurg‘alar bilan birgalikda qovurg‘alar yoyi - arcus costarum ni hosil qiladi. Qovurg‘alarda umurtqalarga qaragan va to‘shga qaragan tomonlari farqlanadi. Umurtqaga qaragan tomonida qovurg‘a boshi - sapitulum costae va bo‘yni – sollum costae mavjud.
Qovurg‘ada umurtqaning ko‘ndalang o‘simtasi bo‘g‘im yuzasiga birlashib turadigan do‘ngligi – tuberculum costae bo‘ladi. Qovurg‘a do‘ngligining orqarog‘ida qovurg‘a burchagi – angulus costae yaqqol ko‘rinadi hamda bu
burchakka muskullar birlashadi. Qovurg‘a tanasi – sorpus costae keng, qovurg‘alararo bo‘shliq tor bo‘ladi. Qovurg‘a tanasining ichki botiq va tashqi
qavariq yuzalari bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |