Gaplarni ko‘chiring, ravishlarni aniqlab, ularga izoh bering.
Kamtarlik haqida fikrlashing.
1. Dushmaningiz bilan tortishayotganingizda ham ochiq-
chasiga va mardlarcha fikr bildiring. (A. Abdullayev) 2. Barcha
maqtanchoqlarning birdan bir qismati shuki, ular ertami-kechmi
pand yeyishadi. (V. Shekspir) 3. Kishi o‘z fazilatlari haqida
qancha kam bilsa, bizga shuncha yoqadi. (R. Emerson) 4. Xalq
ahvolidan doimo boxabar bo‘l. (Amir Temur) 5. Birdan
koridorning narigi chetida kimningdir tez yurib kelayotgani
eshitildi. (P. Qodirov) 6. Olmaxon yerdan ko‘ra daraxtda tezroq
yugurar ekan. (S. Maxsumov)
31-mashq.
Uyga vazifa. «Buyuk allomalar yurti» mavzusida matn tu-
zing. Unda son va ravish so‘z turkumiga oid so‘zlardan foydalaning.
?
14
Do'stlaringiz bilan baham: |